Choi Soo-young (; 1990-yil 10-fevralda tugʻilgan) – Sooyoung nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi, aktrisa va qoʻshiq muallifi.

Faoliyati U 2002-yilda Yaponiyada Route 0 nomli koreys-yapon guruhi aʼzosi edi. 2004-yilda Janubiy Koreyaga qaytgach, 2007-yilda Girls' Generation qizlar guruhining aʼzosiga aylangan, u butun dunyo boʻylab Janubiy Koreyaning eng mashhur qizlar guruhining aʼzosidan biriga aylangan. Guruh faoliyatidan tashqari Sooyoung „The Third Hispital“ (2012), „Dating Agency: Cyrano“ (2013), „My Spring Days“ (2014), „Squad 38“ (2016), "Man in the Kitchen" (2017) kabi turli teledasturlarda rol ijro etgan. 2017-yil oktyabr oyida garchi Sooyoung Girls' Generation aʼzosi boʻlib qolsa ham SM Entertainmentni tark etgan. U Echo Global guruhiga qoʻshilgan va 2019-yilda Saram Entertainmentga oʻtishdan oldin 2018-yilda oʻzining birinchi yakkaxon „Winter Breath“ singlini chiqargan.link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1f/Choi_Soo-young_at_Party_Showcase_on_July_2015_03.jpg/200px-Choi_Soo-young_at_Party_Showcase_on_July_2015_03.jpg|left|thumb|276x276px| Choi 2015-yil iyul oyida sahnada chiqish qilmoqda 2020-yilda Suyoung JTBC telekanalining Run On romantik dramasida suratga tushgan. 2021-yilda u Choy Tae-Jun bilan manhvaga asoslangan Naver TV romantik komediya serialida „So I Married the Anti-fan“ filmida rol ijro etgan va Netflixning „Move to Heaven“ asl serialida paydo boʻlgan. 2022-yilda u KBS2ning „If You Wish Upon Me“ dramasida hospisda hamshira rolida suratga tushadi.

Shaxsiy hayoti 2015-yildan beri Sooyoung retinit pigmentoza kasaliga uchraganlarni davolash uchun pul yigʻish maqsadida „Beaming Effect“ nomli har yili oʻtkaziladigan xayriya auktsion tadbirini oʻtkazadi.. Sooyoung 2009-yilda JeongShin ayollar oʻrta maktabini tamomlagan.. U kinoshunoslik boʻyicha taʼlimini davom ettirgan va 2016-yil fevral oyida Chung-Ang universitetini tamomlab, bitiruv marosimida Lifetime achievement mukofotini olgan. Uning hamkasbi Girls' Generation aʼzosi Kwon Yuri ham xuddi shu universitetda tahsil olgan .Sooyoung 2013-yildan beri Jung Kyung-ho bilan ishqiy munosabatda.

Diskografiyasi Singllari NomYilPeak chartAlbomKOR"Winter Breath" 2018—Albomsiz singl"Feeling Only You" 2009—The Blue — The First Memories"Letʼs Get Away" 2018—The Light"Be Yourself" 2020—Albomsiz singl"I Am"2005—Inuyasha OST"Kkok" 2008—Working Mom OST"Wind Flower" 2014—My Spring Days OST

Filmografiyasi Film YilNomRolIzohlar2003SilmidoSoo YoungIkkinchi darajali rol2008Hello, SchoolgirlJeong Da-jeong2012I AM.Oʻzi2015SMTown: The StageOʻzi2019The Poem, My Old MotherNarrationAsosiy rolMemories of a Dead EndYumiBosh rolGirl CopsJang-miIkkinchi darajali rolA Little PrincessAdult GongjuMaxsus koʻrinish2021New Year BluesOh WolAsosiy rol

Manbalar

Havolalar

Choi Soo-young on YouTube

Choi Soo-young at HanCinema .

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:МАМ aviakompaniyasi Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Aktrisalar