Zamira Shamiliyevna Amirova (1979-yil 11-iyunda tugʻilgan) - nafaqadagi oʻzbekistonlik oʻrta masofaga yuguruvchi sportchi. Toshkentda tugʻilgan, 800 metrga yugurish ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan. U oʻz shaxsiy eng yaxshi rekordi - 2:02.30 daqiqa, 2002-yil iyun oyida Toshkentda erishgan.
Faoliyati 1999-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. Olmaotada (Qozogʻiston) Gusman Kosanov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnirda 800 metrga 2:05,35 natija bilan birinchi oʻrinni egallaydi.
2000-yilda Sidneyda (Avstraliya) boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida u 4 × 400 metrga estafetada qatnashdi, ammo saralashdan oʻta olmaydiSydney2000 Results. web.archive.org (11 сентября 2005). Дата обращения: 23 августа 2021.. Oʻsha yili Olmaotada 800 metrga yugurishda u yana birinchi oʻrinni egalladi. 2001-yilda Bishkek, Olma-Ota va Bangkok shaharlarida oʻtkazilgan xalqaro musobaqalarda gʻolib chiqdiZamira AMIROVA | Profile | World Athletics. www.worldathletics.org. Дата обращения: 23 августа 2021. Архивировано 23 августа 2021 года..
2002-yilda Kolomboda (Shri-Lanka) yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 400 metrga yugurishda kumush, 800 metrga yugurishda esa bronza medalini qoʻlga kiritdi. Pusan shahrida (Janubiy Koreya) boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 800 metr masofaga 2:05.05 natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2003-yilda Manilada (Filippin) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida u 800 metrga yugurishda bronza medalini qoʻlga kiritdi, ammo 400 metrga yugurish saralashiga erisha olmadi. Dushanbe (Tojikiston) shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo oʻyinlarida 800 metr masofaga yugurishda kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2004-yili Oʻzbekiston kubogida 400 metr masofaga 52,23 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi. Afinada (Gretsiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 400 metr masofada u 54,43 natija koʻrsatdi, ammo bu turnirning final qismiga borish uchun yetarli emas edi.
2005-yilda Incheonda (Koreya Respublikasi) yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 800 metr masofaga yugurishda bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Toshkentda oʻtkazilgan Oʻzbekiston kubogida birinchi oʻrinni egalladi. 2006-yilda Dohada (Qatar) boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 800 metr masofaga yugurishda bronza medalini qoʻlga kiritdi15th Asian Games Doha 2006. web.archive.org (10 декабря 2006). Дата обращения: 23 августа 2021.. Pattaya (Tailand) shahrida oʻtkazilgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida 800 metr masofaga 2:07,01 natija qayd etib, chempionatning oltin medalini qoʻlga kiritdi.
2012-yilda 400 metr masofaga oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi va shundan soʻng sportdagi faoliyatini yakunladi.
2021-yildan Toshkent shahridagi oʻsmirlar sport maktabida murabbiy boʻlib ishlaydi.
Yutuqlari Representing 2000Olimpiya oʻyinlariSidney, Avstraliya21-oʻrin (h)4 × 400 m estafeta3:43.962002Osiyo ChempionatiKolombo, Shri-Lanka 2-oʻrin400 m53.87 3-oʻrin800 m2:04.48Osiyo oʻyinlariPusan, Janubiy Koreya 3-oʻrin800 m2:05.052003Osiyo ChempionatiManila, Filippin12-oʻrin (h)400 m55.65 3-oʻrin800 m2:02.84Afro-Osiyo oʻyinlariHaydarobad, Hindiston7-oʻrin800 m2:09.002004Yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatiTehron, Eron7-oʻrin (h)400 m58.16Olimpiya oʻyinlariAfina, Gretsiya37-oʻrin (h)400 m54.432005Osiyo chempionatiIncheon, Janubiy Koreya 3-oʻrin800 m2:04.222006Yopiq inshootlardagi yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatiPattaya, Tayland 1-oʻrin800 m2:07.01Asian GamesDoha, Qatar 3-oʻrin800 m2:03.59
Manbalar
Zamira Amirova at World Athletics Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Osiya oʻyinlari medalistlari Turkum:20-asr oʻzbek ayollari Turkum:21-asr oʻzbek ayollari Turkum:Wiki ayollar