Robin Simone Givens (1964-yil 27-noyabrda tugʻilgan)— amerikalik aktrisa, model va rejissor. U, shuningdek, Sarah Lawrence kollejining bitiruvchisidir.

Givens 1986-yilda ABC telekanali efirga uzatgan sitkom Head of the Classda Darlene Merriman rolini 5 yil davomida ijro etgan. Uning 1988-yilgi bokschi Mike Tyson bilan boʻlgan muammoli turmushi, shuningdek, ularning keskin ravishda ajralishlari ham ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortdi. Keyinchalik, Robin bir necha yil davomida AQSh Milliy xonadonlardagi zoʻravonlik boʻyicha ishonch telefonining matbuot kotibi sifatida xizmat qildi.

Yoshligi Givens New York shahrida Ruth Roper () va Reuben Givens oilasida tugʻilgan. U ikki yoshligida ota-onasi ajrashishgan. Onasi Givens va uning singlisi Stephanieni Vernon togʻida va New Yorkdagi New Rochelleda tarbiyalagan. Aktrisa katolik diniga eʼtiqod qiladi. U oʻsmirlik davrrida vaqti-vaqti bilan modellik bilan shugʻullanib turgan. Model sifatida Seventeen va Mademoiselle kabi jurnallarda paydo boʻlgan. Filmlardagi debyutini 14 yoshida The Wiz (1978) filmida Emma xolaning ziyofatida qatnashgan mehmon sifatida amalga oshirgan.

Faoliyati 2017-yilda aktrisa avvalgi bir necha yillardagi kabi San-Diegodagi qora filmlar festivaliga mezbonlik qildi. 2021-yilda Givens Batwoman teleserialining uchinchi mavsumida Jeturian Industries kompaniyasining bosh direktori Jada Jet (Jezebel Jet) – Ryan Wilderning biologik onasi rolini oʻynagan. 2022-yilda Givens He's Not Worth Dying For filmidaRachel Wade va Sarah Ludemanning adovati tasvirlangan „Ripped from the Headlines – Sarlavhalardan yirtilgan“ nomli qismda koʻrinish beradi. Aktrisa ushbu filmda Ludemann bilan bogʻliq rolni ijro etgan holda Grace Heinemannning onasi Cher Heinemann obrazni gavdalantirgan. Shaxsiy hayoti Givens bokschi Mike Tyson bilan 1987-yilda uchrasha boshlagan. Aktrisaning soʻzlariga koʻra, 1988-yil 7-fevralda ular turmush qurishlaridan oldin Tyson unga nisbatan jismoniy zoʻravonlik qilgan.

2004-yilning yanvar oyida Givens Florida shtatining Miami chorrahasida piyodani urib yuboradi. Aktrisa piyodalar oʻtish joyida piyodaga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlmagani uchun jarimaga tortildi, ammo keyinchalik ayblovlar bekor qilindi. 2004-yil iyun oyida esa jabrlangan tomon Givensga nisbatan nomaʼlum summani talab qilib, fuqarolik daʼvosi bilan sudga murojaat qilgan. Forbes jurnalining 2009-yil 7-maydagi maqolasida aytilishicha, Ichki daromad xizmati Givensdan toʻlanmagan federal daromad soligʻi uchun jami 292 000 AQSh dollari (inflyatsiyani hisobga olgan holda 369,000 AQSh dollari) undirish maqsadida sudga daʼvo qilgan. Hukumat Florida shtatidagi federal suddan sakkiz yilni ichida boʻlib oʻtgan 39 ta ayblov boʻyicha unga qarshi hukm chiqarishni soʻragan.

Filmografiyasi Yil Sarlavha Rol Izohlar 1978 Emma xola ziyofatidagi mehmon 1991 Imabelle 1992 Boomerang Jacqueline Broyer 1994 Foreign Student April Blankman Kimberly Jonz 1995 Dangerous Intentions Kaye Ferrar 1998 Secrets qisqa metrajli film 2000 Everythingʻs Jake Publisher 2001 Ashe 2002 Book of Love Iyanna Antibody Dr. Rachel Saverini Video 2003 Head of State Kim A Good Night to Die Dana Love Chronicles Monifa Burly 2005 Flip The Script Rain Jones 2006 Restraining Order Diane McNeil 2008 The Family That Preys Abigail „Abby“ Dexter 2009 God Send Me a Man Kim Little Hercules In 3-D Dana Sounds of Poetry Eleanor qisqa metrajli film Preaching to the Pastor Dr. Leslie Williams Brenda Video 2010 Enemies Among Us Gloria 2011 Church Girl Cat (ism) Should’ve Put a Ring on It Sherri Breathe hamshira Nancy Queen of Media Wendy Williams 2012 Waiting for Angels Jackning qizi Video 2013 JeʼCaryous Johnsonʼs Marriage Material Shauna Will a Man Rob God? Video JK’s House xonim Amber Jenkins 2014 Airplane Vs Volcano Lisa Whitmore Video Four Seasons Helen Unspoken Words xonim Lewis 2015 A Christmas to Remember Veronica 2016 Definitely Divorcing April The Perfect Match Geneva God's Not Dead 2 Principal Kinney 2017 Dreams I Never Had Prosecuting Attorney Hernandez 2018 The Products of the American Ghetto Penny God Bless the Broken Road Kareena Williams Never Heard Shala Davis 2019 Gully Irma Mina Tobias: Shoes qisqa metrajli film 2020 The Sin Choice 2022 Kimi Angelaning onasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Afroamerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar