Regina Theissl Pokorná (née Pokorná ; 1982-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — slovak — avstriyalik ayol shaxmatchi, ayol grossmeyster (WGM) unvoniga ega.
Shaxmatdagi faoliyati Pokornani grossmeyster Yan Plachetka tayyorlagan. Pokorna 1992-yilda 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan. Shuningdek, U 1996, 1997 va 1999-yillarda 18 yoshgacha boʻlgan Slovakiya qizlari chempionligini qoʻlga kiritganBig Database 2013, ChessBase GmbH. Bundan tashqari, 1999-yilda Gretsiyaning Patras shahrida shaxmat boʻyicha oʻsmir qizlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ham gʻoliblik shoxsupasiga koʻtarildi 2000-yilda u FIDEda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogida ishtirok etdi.
Pokorna 1998-yildan 2012-yilgacha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan sakkizta shaxmat Olimpiadasida Slovakiya shaʼnini himoya qilgan. Uning eng yaxshi natijasi 2006-yilda Turinda boʻlib oʻtgan 37-shaxmat Olimpiadasida boʻlib, u yerda 7/10 ball toʻpladi va 3-taxta oʻyinchilari orasida sakkizinchi oʻrinni egalladi..
Regina 1997-yildan 2001-yilgacha Ayollar oʻrtasidagi uchta Yevropa jamoaviy shaxmat chempionatida Slovakiya sharafini himoya qilgan va 1999-yilda Batumida jamoaviy oltin medal va shaxsiy bronza medalini qoʻlga kiritganRegina Pokorná European Womenʼs Team Championship results, www.olimpbase.org.
2009-yilda Pokorna ayollar shaxmati boʻyicha Slovakiya chempionatida gʻolib boʻldiGM Martin Mrva získal double! , www.sachnaorave.sk (Slovak). Shuningdek, u kuchli ayollar shaxmat turnirlarida, jumladan, 2001, 2002, 2005 va 2009-yillarda Riyekadagi Oʻrta yer dengizi gullari turnirlarida,Big Database 2013, ChessBase GmbH Jakartada 2007-yilda oʻtkazilgan EWS kubogida,Electric Woman Stars Brainy Beauties Anastasiya Karlovich, www.chessbase.com muvaffaqiyatli ishtirok etib gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. U yana 2008-yilgi Vrbnikdagi Oltin orol turnirida ham ishtirok etganKrk Women Chess Tournament , www.chessdom.comRegina Pokorna Theissl Individual Calculations, ratings.fide.com.
2015-yilda u Avstriya nufuzini himoya qilish uchun oʻz federatsiyasini alishtirdiPlayer transfers in 2015 FIDE.
Shaxsiy hayoti Uning singlisi Renata Pokorna ham FIDE reytingida shaxmatchi hisoblanadi.
Uning surati 2010-yilda Chadda chiqarilgan „Shaxmat ustalari“ deb nomlangan yetakchi ayol shaxmatchilar tasvirlangan toʻrtta pochta markasi varagʻida foydalanilganChad 2010: „Chess Masters“, www.marlen-stamps.com.
Mashhur oʻyinlar
Regina Pokorna vs Nona Gaprindashvili, 4-Yevropa chempionati (ayollar), (2003), Sitsiliya mudofaasi: Klassik Variatsiya (B57), 1-0
Manbalar
Havolalar
Regina Theissl Pokorna chess games at 365Chess.com
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar