Simen Agdeshteyn ( norv.: Simen Agdeshteyn; 1967-yil 15-may)norvegiyalik shaxmatchi (grossmeyster) va futbolchi . Biografiyasi Simen bolaligidan shaxmat bilan shug'ullangan, 1982- yilda o‘n besh yoshida Norvegiya tarixidagi eng yosh shaxmat chempioniga aylandi (keyinchalik u yana yetti marta mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan, oxirgi marta 2022-yilda). O'sha yili u Shaxmat Olimpiadasida debyut qilib, to'rtinchi doskada eng yaxshi natijani qayd etgan. 1983-yilda Agdeshteyn Yeyovikdagi turnirda sobiq jahon chempioni Boris Spasskiyni mag'lub etdi. 1985-yilda u hududiy turnirda oltinchi o'rinni egalladi va Norvegiya tarixidagi birinchi grossmeysterga aylandi. 1986-yilda Agdeshteyn 20 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi shaxmat bo'yicha jahon chempionatida ikkinchi o'rinni egallagan).
1980-yillarning o'rtalaridan boshlab Agdeshteyn Norvegiyaning ikkinchi divizioni Lyun klubida futbol o'ynagan, u futbol va shaxmatni birlashtirdi (u turnirlarda qatnashish uchun jamoani tark etardi) va Oslo universitetida sotsiologiya bo'yicha tahsil oldi. 1988-1989-yillarda Agdeshteyn Norvegiya terma jamoasi safida 8 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. Shu bilan birga, 1989-yilda u jahon shaxmat reytingida o'n oltinchi o'rinni egallaydi. Agdeshteynning futbolchilik faoliyati 1992-yilda pay cho'zilishi va shikastlanishi tufayli yakunlangan. 1990-yillarda shaxmatdagi natijalari ham pasayib ketadi va ta'lim olishni uning ustuvor vazifasiga aylanadi (1995-yilda Agdestein Cand.polit darajasini old) .
1997-yilda Agdeshteyn shaxmat bo'yicha darslik nashr etadi. Keyingi yili u Berumda shaxmat maktabiga asos soladi. Agdeshteyn qo'l ostida Baerumda shug'ullangan shogirdlaridan biri bo'lajak jahon chempioni Magnus Karlsen edi. Keyinchalik Simenning ukasi Espen Karlsenning menejeri bo'ldi va Simen uning tarjimai holini yozdi.
1999-yilda Agdeshteyn Cappelle-la-Grand ochiq musobaqasida, 2003-yilda Men orolidagi turnirda g'olib chiqdi. 2014-yilda u Stavanger superturnirida ishtirok etib, oxirgi o'ninchi o'rinni egalladi .
Reyting oʻzgarishi
Futbol statistikasi
Klubdagi faoliyati Liga Kuboglar Jami Mavsum Klub Liga O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar Norvegiya Liga Norvegiya kubogi Jami 1984-yil Lyun 2 0 - 2 0 1985-yil 4 1 - 4 1 1986-yil 4 1 - 4 1 1987-yil 19 8 - 19 8 1988-yil 17 13 1 0 18 13 1989-yil 17 5 - 17 5 1990-yil 17 8 3 0 20 8 1991-yil Birinchi divizion 2 0 - 2 0 1992-yil 10 1 2 6 12 7 Jami Norvegiya 92 37 6 6 98 43 Karyerasi davomida 92 37 6 6 98 43
Adabiyot
Шахматы: энциклопедический словарь / гл. ред. А. Е. Карпов. — М.: Советская энциклопедия, 1990. — С. 277. — 621 с. — 100 000 экз. — ISBN 5-85270-005-3.
Manba
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Norvegiyalik erkak futbolchilar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Sportchilar