Hojimuqon Munaitpasov nomidagi markaziy stadion – Chimkentdagi futbol stadioni. Stadion sigʻimi 20 000 kishi.
Tarix 1969-yilda qurib bitkazilgan. Sovet davrida u „Oktyabrning 50 yilligi“ deb nomlangan. Chimkentning „Meliorator“ klubi SSSR chempionatlarida stadiondan uy arena sifatida foydalangan. Keyinchalik „Ordabasi“ klubi stadionning asosiy uy jamoasi aylangan. Stadion kattaligi boʻyicha respublikada uchinchi oʻrinda turadi. 2007-yilda birinchi xalqaro musobaqa – „Olma-TV“ turniri boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon futbol jamoalari ishtirok etishganhttp://www.fcordabasy.kz/rus/stadion . Qozogʻistondagi boshqa stadionlardan farqli oʻlaroq, bu stadiondagi tribunalar aylana xolatida joylashgan. Tribunalar qisman yangilangan va plastik oʻrindiqlar qoʻshilgan. Uy uchrashuvlarini Chimkentning „Ordabasi“ jamoasi oʻtkazadi.
2018-yilda stadionga yoritish ustunlari oʻrnatilgan. Stadion yunon-rum kurashi boʻyicha bir necha karra jahon chempioni, qozogʻistonlik kurashchi Qojimuqan Munaitpasov (1871—1948) nomi bilan atalgan.
Manbalar
Havolalar
Jahon stadionlaridagi stadion haqida maʼlumot . worldstadiums.com
Turkum:Qozogʻiston stadionlari Turkum:Chimkentdagi bino va inshootlar Turkum:Chimkentda sport