thumb|Marsel Efroimski Marsel Efroimski (1995-yil 13-fevralda tugʻilgan) — isroillik shaxmatchi. U 2021-yilda FIDE tomonidan Xalqaro shaxmat ustasi (IM) va ayol grossmeyster unvonlari bilan taqdirlangan„FIDE Chess Profile — Efroimski, Marsel“. U hozirda isroillik ayol shaxmatchilar orasida, xalqaro reytingi yuqori boʻlgan shaxmatchilardan biridir.
Faoliyati U shaxmat bilan ilk marta Kfar Saba sharida bobosi orqali tanishgan. Oʻsha paytdan beri Efroimski shaxmat bilan muntazam shugʻulanib keladi. U 2007-yildan beri xalqaro shaxmat musobaqalarida qatnashib keladi. Uning ota-onasi sobiq Sovet Ittifoqidan Isroilga koʻchib kelganDreams Into Lightning — Morning Report: November 30, 2007.
Efroimski ikki marta, 2007-yilda Kemer shahrida 12 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionati va 2009-yilda Antaliyada 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdiHaaretz.com — Chess for every child, shuningdek, Fermo shahridagi 14 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa yoshlar chempionatida gʻolib chiqdiChess-Results.com — European Youth Chess Championship 2009 Girls — 14ChessBase.com — Gil and Marsel — Schoolmates and Champions. 2011-yil Albena shahrida oʻtkazilgan 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida Efroimski 9 ochkodan 7 ochkoni toʻpladi va yakunda toʻrt nafar oʻyinchi bilan birinchi oʻrinni egalladi. Oʻshanda unga tay-breyklarda uchinchi uchinchi oʻrin berildi, shunday qilib turnirda katta gʻalabaga erishdi.
U 2008-yilda DrezdendaOlimpbase.org — 38th Chess Olympiad (women): Dresden 2008, 2010-yilda Xanti-Mansiyskda, 2012-yilda Istanbulda, 2016-yil Bokuda„Chess-Results.com — 42nd Olympiad Baku 2016 Women“, 2018-yil Batumida oʻtkazilgan shaxmat olimpiadalarida Isroil terma jamoasi sharafini himoya qilgan„Chess-Results.com — 43nd Olympiad Batumi 2018 Women“. U 2008-yilda Ayollar FIDE ustasi, 2011-yilda Ayollar xalqaro shaxmat ustasi, 2016-yilda esa ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga sazovor boʻlgan„FIDE Chess Profile — Efroimski, Marsel“.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Isroillik shaxmatchilar