alt="Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasini logotipi|thumb|"Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasini logotipiSamarqand davlat birlashgan tarixiy-meʼmoriy va badiiy muzey-qoʻriqxonasi Samarqand shahrida joylashgan (Oʻzbekiston).

1982-yilda tashkil topgan. Muzey-qoʻriqxona fondida mingdan ortiq eksponatlar mavjud.

2018-yil Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan „Samarqand davlat birlashgan tarixiy-meʼmoriy va badiiy muzey-qoʻriqxonasi“ — „Samarqand“ davlat muzey-qoʻriqxonasi etib qayta nomlandi.

Tarixi thumb|Ushbu binoda Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi bilan birga „Samarqand“ davlat muzey-qoʻriqxonasining maʼmuriyati joylashgan Samarqand muzeyi Markaziy Osiyoda tashkil etilgan dastlabki muzeylardan biri hisoblanadi. Muzey avvalo, oʻsha vaqtda mustamlakachi Rossiya imperiyasi maʼmurlari uchun oʻlkani chuqurroq oʻrganish uchun tashkil etilgan boʻlsa, Turkistondagi mahalliy ziyolilar va yevropalik aholining bir qismi uchun qadimiy asori-atiqalarning chetga chiqib ketmasligini taʼminlovchi, ularni bir joyga toʻplovchi vosita hisoblangan.

1868-yilda Samarqand ruslar tomonidan istilo etilgach, 1874-yilda qurib bitkazilgan Zarafshon okrugi boshqaruvi binosi(hozirgi Samarqand shahar hokimiyati binosi)da arxeologik muzey tashkil etildi. Qisqa fursatda muzeyda 5 mingdan ziyod arxeologik, numizmatik ashyolar va qoʻlyozmalar toʻplandi.

Samarqand muzeyi ashyolari 1876-yilda Moskvadagi koʻrgazmada, 1878-yilda Toshkentdagi koʻrgazmalarda namoyish etildi. 1882-1883-yillarda Samarqand muzeyining jamgʻarmasi ham Toshkent muzeyiga olib ketildi.

Shundan keyin ham okrug kanselyariyasida qolgan baʼzi arxeologik ashyolar asosida muzey kolleksiyasi boyishda davom etdi. 1894-yilda Samarqandda oʻtkazilgan koʻrgazmada Samarqand muzeyi ashyolari qatnashganligi buning dalilidir.

1896-yilda kapitan Barshyevskiy kolleksiyasini 1-gildiya savdogari Reshetnikov sotib oldi va Samarqand muzeyiga sovgʻa qildi. Shu yil 21-iyulda Georgiy cherkovi (hozirgi Xalqlar doʻstligi va diniy bagʻrikenglik koʻrgazmalar zali (Oʻzbekiston madaniyat tarixi davlat muzeyi) joylashgan) binosida Samarqand muzeyi rasmiy ravishda qaytadan ochildi.

1911-yilda muzey uchun alohida bino qurildi (hozirgi Abu Rayhon Beruniy nomidagi yoshlar kutubxonasi binosi) va muzey shu binoga koʻchib oʻtdi.

1933-yilda muzey kolleksiyasining bir qismi Registon ansamblidagi Ulugʻbek madrasasi ichiga koʻchirildi.

1939-yilda savdogar Avram Kalontarovning uyi (hozirgi viloyat oʻlkashunoslik muzeyi binosi) muzey uchun foydalanishga topshirildi va muzey shu joyda faoliyat boshladi.

1979-yilda Registon maydonining sharqiy tomonida Samarqand muzeyi uchun yangi bino qurib bitkazildi va ushbu binoda 2009-yilgacha Samarqand muzeyi faoliyat olib bordi.

1982-yilda uning negizida Samarqand davlat birlashgan tarixiy-meʼmorchilik va sanʼat muzey-qoʻriqxonasi tashkil etildi va viloyatdagi barcha yodgorliklar hamda muzeylar ushbu tuzilma tarkibiga kiritildi.

2009-yildan Samarqand muzeyi Samarqand shahridagi Mirzo Ulugʻbek koʻchasi 148-uyda faoliyatini olib bormoqda.

+Turli davrlarda muzey quyidagicha nomlarda faoliyat koʻrsatib kelgan:YillarNomlanishi1896-1911Samarqand statistika qoʻmitasi muzeyi1911-1918Samarqand shahar muzeyi1918-1930Samarqand viloyat muzeyi1930-1937Oʻzbekiston Davlat markaziy muzeyi1937-1945Samarqand viloyat tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi1945-1955Oʻzbek xalqi madaniyati Respublika muzeyi1955-1969Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi Respublika muzeyi1969-1982Akmal Ikromov nomidagi Oʻzbekiston madaniyati tarixi Samarqand Davlat muzeyi

Muzey-qoʻriqxonaning tarkibi Muzey-qoʻriqxona tarkibiga 11 ta muzey va 2 ta koʻrgazma, 3 ta tarixiy obidalar kiradi. :

Oʻzbekiston madaniyat tarixi davlat muzeyi — Buyuk Ipak yoʻli koʻrgazmalar zali (Oʻzbekiston madaniyat tarixi davlat muzeyi);

— Xalqlar doʻstligi va diniy bagʻrikenglik koʻrgazmalar zali (Oʻzbekiston madaniyat tarixi davlat muzeyi).

Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi Samarqand shahar tarixi Afrosiyob muzey Mirzo Ulugʻbek muzey-majmuasi Sadriddin Ayniy memorial uy-muzeyi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyi Kattaqoʻrgʻon shahar tarixiy oʻlkashunoslik muzeyi Ishtixon tumani tarixi muzeyi Paxtachi tumani tarixi muzeyi Ergash Jumanbulbul oʻgʻli yodgorligi muzeyi Amir Temur maqbarasi Amir Temur(Bibixonim) majmuasi Nodir Devonbegi madrasasi Manbalar

Yana qarang YUNUSOV Mahmudxon, „Markaziy Osiyoning dastlabki muzeyi Samarqandda tashkil etilgan“. zarnews.uz „Samarqand“ davlat muzey-qoʻriqxonasi Rasmiy veb sayti

Turkum:Muzeylar Turkum:Tarix Turkum:Madaniy meros Turkum:Koʻrgazma Turkum:Oʻzbekistondagi muzeylar Turkum:Samarqand muzeylari