Bragi – qadimgi nors tilida yaratilgan manbalarda bilimdon shoir sifatida tasvirlangan afsonaviy personaj.

Tarixi Odinning Valhalladagi zalida þulr (Thool-ur deb oʻqiladi) deya chaqiriladi. Etimologiyasi Vikinglarning Braga-man va Braga-woman soʻzlaridan kelib chiqqan. Bu ikki soʻz shoir degan maʼnoni bildiradi. Bragi Skandinav xalqlarining mifologiyasiga koʻra, sheʼr hamda musiqa xudosi sifatida bilinadi. Xudo Odin va dev Gunnlod (Gunnlöð)ning farzandidir. Vikinglar davridan qolgan qoʻshiqlarda uning Einherjarlar bilan birga vaqt oʻtkazishi aytib oʻtiladi. Bundan tashqari halok boʻlgan qahramonlarni Valhallada kutib oladiJohn Lindow, „Narrative worlds, human environments, and poets: The case of Bragi“, in Old Norse Religion in Long-Term Perspectives: Origins, Changes, and Interactions, ed. Anders Andrén, Kristina Jennbert and Catharina Raudvere, Vägar till Midgård 8, Lund: Nordic Academic Press, 2012, , pp. 21—25, p. 21..

Qadimgi nors tilidagi manbalarda Bragi haqida unchalik ham koʻp maʼlumot uchramaydi. Bizga maʼlum manbalarda uzun soqolli sifatida taʼriflanadi. Skandinav xalqlariga oid „Eddic“ sheʼrida aytilganidek, goʻzal misralar yozib, uni oʻzi ijro etadi. Bragi Vikinglar davridagi juda koʻplab insonlarga ilhom manbai boʻlib xizmat qilgan. Shuning uchun ham u davrda Bragi taxallusi ostida koʻplab insonlar ijod qilgan. Shulardan biri Ragnar Lothbrokga xizmat qilgan Bragi Boddasondir. Yoshlik ilohasi Idunn (Iðunn) Bragining xotini sifatida manbalarda qayd etilgan. U Aesir bilan Asgardda yashaydi. Odin qahramonlarni Valhallada madh qilish uchun Bragi tanlab olinganligi tasavvur qilingan.

Manbalar

Qoʻshimcha adabiyotlar