Ignaz Philipp Semmelweis (; [ˈɪɡnaːts ˈzɛml̩vaɪs]) — Venger akusheri, professor, tugʻruq paytida isitma sabablarini aniqlagani uchun „onalarning qutqaruvchisi“ laqabini olgan. Aseptika asoschilaridan biri, qoʻl va tibbiyot jihozlarini xlorli suv bilan yuvish amaliyotini tibbiyotga kiritganNoakes, T. D., Borresen, J., Hew-Butler, T., Lambert, M. I., Jordaan E. Semmelweis and the Aetiology of Puerperal Sepsis 160 Years on: An Historical Review (angl.) // Epidemiology and Infection. — Cambridge: Cambridge University Press, 2007. — 18 April (vol. 136, no. 1). — P. 1—9.https://www.britannica.com/biography/Ignaz-Semmelweishttp://real.mtak.hu/25576/1/Semmelweis%20nyomdai%203_05_VEGLEGES.pdf. U tarixga taniqli jarroh ginekolog sifatida kirgan, Vengriyada birinchi tuxumdon operatsiyasini va kesarcha kesish amaliyotini amalga oshirganhttps://semmelweis.hu/english/the-university/ignac-semmelweis/.

Markaziy Vena shifoxonasi ishlagan tugʻruq vaqtidagi ayollar oʻlimini 0,85 % gacha kamaytirgan, bu vaqtgacha butun Yevropada tugʻruqdan keyingi kasalxona isitma epidemiyasi bemorlarning 60 % va ularning bolalarining hayotiga zomin boʻlgan. Semmelweisning kashfiyoti oʻsha paytdagi tibbiyotda keng tarqalgan qarashlarni darhol rad etgan, koʻpchilik hamkasblar uning kashfiyotini amalga oshirishni qatʼiyan rad etishdi va rasmiylar uni faqat oʻz pozitsiyalariga tahdid sifatida koʻrishdi.

Ilmiy hamjamiyatning qarshiliklari tufayli Semmelweis asabiy tushkunlikka tushib, depressiyani oʻzida rivojlantirgan. 1865-yilda qirq yetti yoshli Semmelweis, uning roziligisiz, aldanib, psixiatriya shifoxonasiga yotqizilgan va u yerda klinika xodimlari tomonidan kaltaklanganidan soʻng vafot etgan.

Bir necha oʻn yillar oʻtgach, Semmelweisning kashfiyotlari va uning aseptik ishlov berishni amaliy qoʻllash usuli keng eʼtirof etilgan, olimning nomi tarixga kirgan, bir qancha taʼlim muassasalari va tibbiyotdagi xizmatlari uchun mukofotlar uning nomi bilan ataldi.

Hayoti link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/88/Ignaz_Semmelweis_parents.jpg/220px-Ignaz_Semmelweis_parents.jpg|left|thumb| Ignazning ota-onasi — Tereziya Myuller va Jozef Semmelweis, 1873-yilgi rasmlar

Oila va yoshlik yillar Ignaz Semmelweis 1818-yil 1-iyulda Taban shahrida katolik oilasida tugʻilgan. Jozef (1778—1846) va Tereziya (1789—1844, sobiq Muller) Semmelweisning oʻn nafar farzandining beshinchisi boʻlgan. Uning otasi Eisenstadtda tugʻilgan, onasi esa Schwabenlik boʻlgan.

Taʼlim link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/48/Ignaz_Semmelweis_1830.jpg/220px-Ignaz_Semmelweis_1830.jpg|thumb|279x279px| Lenart Landau tomonidan chizilganSemmelweisning bolalikdagi portreti, 1830-yil 1837-yilda Ignaz Semmelweis katolik gimnaziyasini imtiyozli diplom bilan tugatgan va otasining maslahati bilan Vena universitetining huquq fakultetiga oʻqishga kirgan. Bir necha hafta oʻtgach unga bu soha yoqmasligini tushungan. Doʻsti tufayli u professor Christian Joseph Berres bilan anatomiya darsiga boradi va oʻz talabalari uchun koʻrgazmali autopsiyani amalga oshirganidan hamda inson tanasining tuzilishidan shunchalik hayratda qoladiki darhol fakultet va mutaxasislikni oʻzgartirishga qaror qilgan. Venada tibbiyot oliyogida birinchi kursini tugatgandan soʻng, u Vengriyaga qaytib keladi va ikki yil Pest universiteti qoshidagi tibbiyot fakultetida oʻqiydi. 1841-yilda Vena universitetida oʻqishni davom ettirgan, uning tibbiyot fakulteti oʻsha paytda Yevropadagi eng nufuzlisi hisoblangan.

Tibbiy qarashlarning shakllanishiga va Semmelweisning shifokor sifatida rivojlanishiga uchta olim hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgan: patanatom Carl von Rokitansky, dermatolog Ferdinand Ritter von Hebra va terapevt Joseph Škoda. Fan sifatida patologik anatomiyaning asosiy asoschilaridan biri boʻlgan fon Rokitanskiy Semmelweisga oʻlikxonada ishlash va tugʻruq vaqtidagi isitmadan vafot etganlarning hammasini autopsiya qilish imkoniyatini bergan. Von Hebra Semmelweisdan atigi ikki yosh katta edi va oʻzi oʻtmishda Škoda va von Rokitanskiy bilan tahsil olgan, keyinchalik u taniqli dermatolog boʻlib, oʻzining patoanatomik maktabiga asos solgan. Hebra Semmelweisning umr boʻyi eng yaqin doʻsti boʻlgan, u yillar oʻtib oʻgʻlining choʻqintirgan otasiga aylangan. 1844-yil 1-iyulda Ignaz Markaziy Vena shifoxonasiga malaka oshiruvchi sifatida kirgan. 1844-yil avgustda u akusherlik diplomini olgan, 1845-yil noyabrda esa jarrohlik diplomini egasiga aylangan.

Ignazning sevimli oʻqituvchisi professor Jakob Kolletschka boʻlgan, u ham fon Rokitanskiyning shogirdi edi. 1846-yil 1-iyulda Semmelweis akusherlik kafedrasi mudiri, professor Johann Klein bilan aspirantura yordamchisi sifatida ishlash uchun ikki yillik shartnoma imzolagan.

Semmelweis usuli link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c0/Yearly_mortality_rates_1833-1858.png/220px-Yearly_mortality_rates_1833-1858.png|thumb| Vena markaziy kasalxonasining 1 va 2-boʻlimlarida oʻlim grafigi, 1833—1858-yillar. Qizil toʻrtburchak — Semmelweis ishlagan davrni va uning amaliyotini joriy qilishdan keyingi holat. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/07/Monthly_mortality_rates_1841-1849.png/220px-Monthly_mortality_rates_1841-1849.png|thumb|220x220px| Vena markaziy kasalxonasining 1-boʻlimida tugʻruqdan keyingi oʻlim grafigi, 1841—1849-yillar. Qizil vertikal chiziq Semmelweis qoʻllarni xlorli suv bilan yuvish amaliyotini joriy qilgan paytdan keyingi holat. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/fe/Yearly_mortality_rates_1841-1846_two_clinics.png/220px-Yearly_mortality_rates_1841-1846_two_clinics.png|thumb|220x220px| 1 va 2-boʻlimlarda oʻrtacha yillik oʻlimning qiyosiy tahlili, 1841—1846-yillar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/cf/Yearly_mortality_rates_1784-1849.png/220px-Yearly_mortality_rates_1784-1849.png|thumb|220x220px| Vena va Dublin markaziy kasalxonalarida tugʻruqdan keyingi kasalxona isitma epidemiyasidan oʻlimlar holati 1784—1849-yillar Markaziy Vena shifoxonasiga 1763-yilda imperator Maria Theresa buyrugʻi bilan qurilgan va oʻsha vaqtdagi eng yirik shifoxonalardan biri hisoblangan.

Vena akusherlik maktabining asoschisi hisoblangan Johann Lucas Boër bir qator ayblovlardan soʻng ishdan boʻshatilgan va Johann Klein 1823-yil boshida Markaziy akusherlik boʻlimida professor va akusherlik kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan. 1823-yildan boshlab tibbiyot talabalari va shifokorlari anatomiya boʻlimiga kirish imkoniga ega boʻldilar va Autopsiyalarga, shu jumladan tugʻruq paytida vafot etgan ayollarning jasadlarini autopsiya qilishga jalb qilinganlar. Ular, shuningdek, tugʻruq paytida oʻlgan ayollarni vaginal tekshiruvdan oʻtkazganlar, shundan soʻng ular tugʻruqxonani tekshirish uchun akusherlik boʻlimiga borishgan. 1833-yil yanvar oyidan boshlab, bemorlarning koʻpligi tufayli, akusherlik boʻlimini ikkita klinikaga boʻlish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan va 1840-yilda Klein barcha talabalarni ikki guruhga ajratgan: shifokor sifatida oʻqigan erkaklar 1-klinikaga qabul qilingan. 2-klinikaga akusherlik boʻyicha oʻqitilgan ayollar qabul qilingan. Oʻsha paytda shifoxona yiliga olti mingdan sakkiz minggacha homilador ayollarni qabul qilgan. Kleinning oʻzi birinchi klinikaning bevosita rahbari boʻlgan, ikkinchisiga esa Zalsburgdan taklif etilgan professor Frans Bartsch tayinlangan.

1846-yil 1-iyulda Ignaz Semmelweis Markaziy Vena kasalxonasi 1-klinikasining birinchi yordamchisi (katta rezident) etib tayinlangan. Ishining dastlabki kunlarida u tugʻruq paytida ayollarning isitmadan oʻlim darajasining yuqoriligidan hayratda qolgan. Aynan bu vaqtga kelib Klein klinikasida bu koʻrsatkich Yevropadagi boshqa tugʻruqxonalardagidan yuqori boʻlgan. Kasalxona isitma epidemiyasi ayollar va yangi tugʻilgan chaqaloqlarning deyarli 20 foizini (baʼzi yillarda — 30 foizdan ortigʻini) oʻlimga sabab boʻlgan, Bartsch rahbarlik qiladigan 2-klinikada oʻlim kamdan-kam hollarda 4 foizdan oshgan. Bundan tashqari, 2-klinikada tugʻruqdan keyingi isitma epidemiyasi qaysidur bemorda sodir boʻlgan boʻlsa, unda ularga alohida palatalarga joylashtirrilgan. Bu haqiqat oddiy venaliklar orasida ham maʼlum boʻlgan homilador ayollar 1-klinikaga tushmaslik uchun har qanday holatda ham harakat qilishgan.

Epidemiya sabablari Oʻsha davrdagi Yevropa shifokorlarining koʻpchiligi gumoralizm va diskraziya gʻoyalariga tayangan. Bachadon sohasidagi yalligʻlanish ayoldagi ajralmaning notoʻgʻri yoʻnalishda oqishi yoki homiladorlik oylarida toʻplangan hayz qonidan kelib chiqadi degan nazariyalar ham mavjud boʻlgan. Yana bir nazariyaga koʻra, tugʻruq vaqtidagi isitma infeksiyalangan sperma tufayli yuzaga keladi deb hisoblashgan. Kasallikning sabablarini aniqlay olmagan koʻplab shifokorlar uni kurashish mumkin boʻlmagan kasallik deb hisoblashgan. Oʻlim darajasi boʻyicha tugʻruq isitmasi chechak va vaboni ortda qoldirgan: masalan, faqat Prussiyaning oʻzida 60-yil ichida ayol kasalxona istima epidemiyasidan vafot etgan. Praga va Parijdagi eng yirik kasalxonalarda bolalar isitmasi epidemiyasi yillar davomida yuqoriligicha qolgan. Angliyada vaziyat boshqacha boʻlgan: shtatdagi eng yirik kasalxonalarning hujjatlariga koʻra, uch asr davomida ayollarning 1,29 % dan koʻprogʻi kasalxona isitmasidan vafot etgan. Britaniyalik shifokorlar asboblarni, xodimlarning qoʻllarini va kiyimlarini, barcha shifoxona binolarini ideal tarzda tozalash va bemorlarni izolyatsiya qilish zarur deb hisoblashgan. Qitʼadagi hamkasblaridan farqli oʻlaroq, ular maʼlum bir yuqumli kasallik tibbiyot xodimlari orqali tarqaladi va kasallik kasal ayollardan sogʻlomlarga oʻtadi, degan nazariyaga amal qilishgan. Biroq, ular tugʻruqdan keyingi isitmaning haqiqiy sabablari haqida hech qanday tasavvurga ega emasdilar, chunki bu chechak yoki bezgak kabi mustaqil kasallik hisobangan. Hatto Shotlandiya akusherlik jarrohi Alexander Gordon, bu yechimga yaqinroq kelgan va Aberdindagi tugʻruq isitmasi bilan muvaffaqiyatli kurashgan. Ammo Gordon ham patogenni aniqlay olmagan.

Semmelweis tugʻilish isitmasi sirini hal qilish bilan mashgʻul boʻlgan. Biograflar bu lahzaga 1850-yillarda olimda paydo boʻlgan depressiyaga tashlangan birinchi qadamlar deb qarashadi. U 1 va 2-klinikaga yotqizilgan bemorlar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni yigʻib, batafsil jadval tuzib, soʻnggi olti yil ichida birinchi boʻlimda 2000 ga yaqin, ikkinchi boʻlimda esa 700 nafar ayol vafot etganini aniqlagan. 1-klinikadagi sharoitlarni 2-klinikaga oʻxhsatishga harakat qilgan va u yerda qoʻllaniladigan texnikani eng kichik qismlarigacha nusxalashni boshlagan: ayollarga orqa tomonida emas, balki yon tomonida yotgan holda tugʻishlariga ruxsat bergan. Semmelweis, shuningdek, palatalarni shamollatish ustidan nazoratni kuchaytirgan va dori-darmonlarni tarqatish usulini oʻzgartirgan. Lekin bu urinishlarning barchasi besamar ketgan.

Tugʻruq vaqtidagi isitma muammosini hal qilish yoʻlidagi birinchi muvaffaqiyat uning epidemiologik emas, balki endemik ekanligini anglatgan. Semmelweis 300 yildan ortiq vaqt davomida bir nechta mamlakatlardan olingan materiallarni tahlil qilib, aniq xulosaga keldiki, kasallik faqat tugʻruqxonalarda va eng materialistik, ilmiy yondashuv qoʻllaniladigan joylardan (shu jumladan anatomik boʻlim va talabalar autopsiya qilganda) paydo boʻlgan.

Oʻsha paytda keng tarqalgan tugʻruqdagi isitma tugʻruq paytida ayolda hissiy shokdan kelib chiqadi degan nazariyani sinab koʻrmoqchi boʻlgan Semmelweis har kuni qoʻngʻiroq bilan palatalarni aylanib chiqadigan ruhoniyni taklif qilgan. Palatalarda yotgan ayollar dahshatga tushishdi, ammo bu oʻlimga hech qanday taʼsir koʻrsatmagan.