Hayratiy mahallasi — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi mahallalardan biri. Taqachi, Beshqayragʻoch, Abdulla Qodiriy va Latifguzar mahallalari bilan chegaradosh. 1992-yilda „Beshqayragʻoch“ mahallasidan ajralib chiqqan. Mahalla 19—20- asrlarda (1870-1964) yashab ijod etgan shahrixonlik shoir va huquqshunos Mulla Soli Xoshim oʻgʻli — Hayratiy nomi bilan ataladi. Aholisi 2 000 kishi, mahallada asosan oʻzbeklar istiqomat qiladi. Mahallada Oʻzbekiston xalq ustasi Mahmud Usmonov yashab oʻtgan.

Maydoni 16,6 gektar.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Uchtepa tumanidagi mahallalar