Hofiz Koʻhakiy mahallasi — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Olmazor tumanidagi mahalla. Tumandagi Abu Bakr Shoshiy, Hastimom, Eski shahar, Qoʻshtut mahallalari hamda Shayxontohur tumanining Gulbozor mahallasi bilan chegaradosh. 1996-yigacha Kommuna deb atalgan, 1996-yidan mashhur alloma Hofiz Koʻhakiy sharafiga shunday atalgan. Mahallada 2 614 kishi istiqomat qiladi, aholining etnik tarkibi asosan oʻzbeklar. Mahalla hududida Hofiz Koʻhakiy majmuasi joylashgan. Mahallada Oʻzbekiston xalq hofizi Muhammadjon Karimov, sharqshunos Laziz Azizzodalar yashab oʻtishgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Olmazor tumanidagi mahallalar