„Turfa gullar“ („Bu turfa gullar“, „Bu turfa gullar, ayting“, „Bu turfa gullar, ayting, muhabbat bogʻidanmi?“, „Muhabbat bogʻidanmi?“ deb ham nomlanadi) — tojikistonlik oʻzbek sanʼatkor Abdurauf Olimov ijro etgan qoʻshiq. Ashula 1986-yil yozilgan boʻlib, Olimov shuhratini keskin oshirishga yordam bergan taronalardan biridir. Qoʻshiq musiqasini Olimovning shoir Vosit Saʼdulla yozgan sheʼrga bastalagan.
Olimovning soʻzlariga koʻra, qoʻshiqni 1986-yilda „Yamaha“ rusumidagi sintezatorni xarid qilganidan keyin yozgan. Qoʻshiqning yozilishi tarixi haqida Olimov shunday degan:
Qoʻshiq Olimovning eng taniqli taronalaridan biri boʻlib, bir necha sanʼatkor, jumladan, Dilshod Rahmonov, Shohruhxon, tomonidan kaver qilingan. Rahmonov ijrosidagi versiya uchun ikki klip suratga olingan. Shohruhxon ijrosidagi versiya uchun esa 2019-yilda olingan klip YouTubeda ommalashgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Abdurauf Olimov qoʻshiqlari Turkum:1986-yil qoʻshiqlari