Jinoyatchilik dinamikasi — muayyan vaqt (kun, oy, yil,) mobaynida jinoyatchilikning darajasi va tuzilishdagi oʻzgarishlarni aks ettiruvchi koʻrsatkich hisoblanib, ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida Jinoyatchilik dinamikasiga 2 guruhdagi omillar ta'sir koʻrsatadi.
Birinchisi, jinoyatchilikka taʼsir koʻrsatuvchi jinoyatchilikning sabab va shart-sharoitlari, aholining demografik tuzilishi va boshqa ijtimoiy jarayon hamda hodisalar hisoblansa, ikkinchisi esa, jinoyat va jazolar turini kengaytiradigan yoki toraytiradigan, jinoyatlar klassifikatsiyasini oʻzgartiruvchi jinoyat qonunlarining oʻzgarishi.Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi maqolalari Turkum:Huquqshunoslik Turkum:Huquqiy atamalar Turkum:Huquq