Asperger sindromi – ( „keng, chuqur, keng tarqalgan“ maʼnolarni anglatadi) psixik rivojlanishning buzilishi, ijtimoiy, jamoaviy munosabatlardagi jiddiy qiyinchiliklar, shuningdek, cheklangan, stereotipik, takrorlanadigan qiziqishlar va faoliyat repertuari bilan keng tarqalgan sindrom hisoblanadi. U, birinchi navbatda, bolalik autizmidan (Kanner sindromi) nutq va kognitiv qobiliyatlarning saqlanib qolishi bilan farq qiladi. Sindrom sezilarli noqulaylik bilan ham tavsiflanishi mumkin.
Kasallik tarixi Sindrom avstriyalik pediat va psixiatr Xans Asperger dastlab tavsiflagani uchun uning sharafiga nomlangan boʻlib , u 1944 – yilda novebral muloqot qobiliyatlari boʻlmaganligi, tengdoshlari uchun cheklangan hamdardlik va jismoniy noqulaylik bilan tavsiflangan bolalarni tasvirlab bergan. Aspergerning oʻzi "otistik psixopatiya " atamasini ishlatgan. ICD-10 tasnifida „bolalikning shizoid buzilishi“ atamasi Asperger sindromi bilan ham sinonim boʻla oladi. Ushbu tasniflash mezonlariga koʻra, erta bolalikdan Asperger sindromi, kech bolalik yoki oʻsmirlik davridan esa shizoid shaxsning buzilishi namoyon boʻladi. Ingliz tilida Asperger sindromi termini Asperger syndrome, Asperger’s syndrome, Asperger (yoki Asperger’s)buzilishi va oddiygina Asperger (syndrome – sindrom, buzilish – kasallik, parchalanish) deb ataladi. Nomning sindrom yoki buzilish bilan tugashi kerakligi haqida maxsus konsensus hozirgi kunda yoʻq.
„Asperger sindromi“ atamasini ingliz psixiatri Lorna Ving tomonidan1981-yil nashrida taklif qilingan (). 1981-yilda sindromning zamonaviy kontseptsiyasi paydo boʻldi va 1990-yillarning boshida ommaboplik davridan soʻng diagnostika standartlari ishlab chiqila boshlandi. Sindromning turli belgilari haqida hali ham koʻplab savollar javobsiz qolib ketmoqda. Shunday qilib, bu sindromning yuqori funktsional autizmdan farq qilishi nomaʼlum qolmoqda; shu sababli uning tarqalishi aniqlanmagan. Amerikalik tadqiqotchilar „Asperger sindromi“ tashxisini qoʻyishdan butunlay voz kechdi, uni „autizm spektrining buzilishi“ ogʻirlik darajasini koʻrsatadigan tashxisi bilan almashtirishni taklif qilishdi. Amerika ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoʻllanmasining soʻnggi 5-nashrida Asperger sindromi tashxisi oʻrniga, autizm spektrining buzilishi bilan almashtirilib ushbu taklif amalda qoʻllanila boshlandi. Xuddi shunday, ICD-11 kasalliklarni tasniflash dasturida Asperger sindromini autizm spektrining buzilishi sifatida tashxis qoʻyiladigan boʻldiː 6A02.0.
Tasniflanishi Asperger sindromi umumiy rivojlanishning buzilishi yoki autizm spektrini buzilishiga olib keladigan kasallikka shubxa qilinib, bu shaxsning ijtimoiy faoliyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan ijtimoiy oʻzaro taʼsir va muloqotdagi buzilishlar, shuningdek, cheklangan va takrorli qiziqishlar, shuningdek xatti-harakatlar bilan tavsiflangan holatiga aytiladi. Sindrom goʻdaklik yoki erta bolalik davridan ruhiy rivojlanishning boshqa xildagi buzilishlari sifatida boshlanadi. Remissiyalarsiz barqaror davolash kurs bilan tavsiflanadi va markaziy asab tizimini bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan funktsiyalarning buzilishiga olib keladiICD-10 Version:2010. Asperger sindromi kengroq autistik fenotipning quyi toʻplami boʻlib, u ijtimoiy nuqsonlar kabi taniqli autistik xususiyatlarga ega boʻlgan har qanday odamda klinik belgilar aniqlanishi mumkin. Boshqa toʻrtta autizm spektrining buzilishidan bolalik autizmi simptomatikasi va aniqlanishi mumkin boʻlgan sabablari boʻyicha Asperger kasalligiga eng yaqin hisoblanadi. Ammo unga tashxis qoʻyilishi aloqa buzilishlariga sabab boʻladi va aqliy zaiflikni keltirib chiqaradigan; Rett sindromi va bolalikdagi parchalanishga oid buzilishlari bolalik autizmi bilan bir nechta xususiyatlarni yaqinlashtiradi, ammo baʼzi asoratlarga olib kelishi ham mumkin. Boshqacha koʻrsatilmagan rivojlanishning keng tarqalgan buzilishli diagnostikasi boshqa tashxislash mezonlari bajarilmagan holatlarda qoʻyiladi.
Epidemiologiyasi Tarqalishi boʻyicha taxminlar 2003 – yilda bolalik davridagi bemorlar bilan oʻtkazilgan tadqiqotlar tahlili shuni koʻrsatdiki, bolalik autizmining tarqalishi 1000 kishiga 0,03 dan 4,84 gacha, Asperger sindromi tarqalishiga nisbati esa 1,5:1 dan 16:1 gacha boʻlgan. Asperger sindromining tarqalishini oʻrtacha 5:1 geometrik nisbatni 1000 kishiga 1,3 bolalik autizmining tarqalishining konservativ bahosi bilan birlashtirgan holda, har 1000 kishiga 0,26 deb hisoblash mumkin boʻladi. ICD-10 mezoniga koʻra – 1000 kishiga 2,9 bola; Piter Satmari va Gillberg mezoniga koʻra – 1000 kishiga 2,7 bola; DSM-IV mezoniga koʻra – 1000 kishiga 2,5 bola; Shatmari va hammualliflar mezoniga koʻra – 1000 kishiga 1,6 bola; toʻrtta mezondan birortasiga koʻra – 1000 kishiga 4,3 bola. Asperger sindromning aniq sababi nomaʼlum boʻlib qolmoqda. Tadqiqotlar genetik bazaning mavjudligini koʻrsatsa-da, maʼlum genetik etiologiya haqida maʼlumotlar mavjud emas va neyrovizualizatsiyada mazkur sindrom aniq umumiy patologiyani aniqlamaydi.
Kasallikning geografik tarqalishi Asperger sindromi Shimoliy mintaqaga qaraganda janubiy mintaqada koʻproq uchraydi. Kasallik Amerika Qoʻshma Shtatlarida boshqa mamlakatlarga qaraganda Asperger bilan ogʻrigan bemorlar koʻpchilikni tashkil qiladi. 2006 – yilda Asperger sindromi Silikon vodiysidagi bolalar orasida eng tez rivojlanayotgan psixiatrik tashxisot boʻlgani maʼlum boʻlganOsborne L. American Normal: The Hidden World of Asperger’s Syndrome. New York, NY: Copernicus Books/Springer-Verlag; 2002.. Ammo, 2010 – yilda Kaliforniyada autizm tashxisini tahlil qilish uchun axborot texnologiyalari biznesiga boy hududlarda autizmning asosiy kontsentratsiyasini aniqlash oʻrniga, ota-onalari qoʻshni hududlardagiga qaraganda yoshi kattaroq boʻlgan hududlarda autistik klasterlar kuzatildiVan Meter, K. C. et al. (2010) Geographic distribution of autism in California: a retrospective birth cohort analysis. Autism Res. 3, 19-29 easy to understand article.
Diagnostika Kasallik belgilari kuzatilganda yoki shubha tugʻilganda bemorlardan anamnez yigʻishdan tashqari Klinik-biokimyoviy tekshiruv usullari, radiologik va qoʻshimcha sifatida instrumental tekshiruv usullari qoʻllanadi. Kristofer Gillberg oʻzining „Asperger sindromi qoʻllanmasi“ asarida, shuningdek, DSMda „klinik jihatdan muhim kechikish yoʻq“ iboralarini va kamroq darajada boshqalarni tanqid qiladi va bu iboralar sindromni notoʻgʻri tushunish yoki haddan tashqari soddalashtirishni koʻrsatishini taʼkidlab oʻtgan.
Diagnostika mezonlarining yangi toʻplami Piter Szatmari va boshqalar va Gillberg tomonidan boshqa ikkita toʻplami taklif qilishdi va 1989–yilda ushbu ikkala toʻplam nashrdan chiqgan.
Tashxis qoʻyish Tashxis koʻpincha 4 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bemor bolalarga qoʻyiladi. Tekshiruv tor doira sohalardagi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi NIH Publication No. 05-5624. va turli xil kuzatuvlarni oʻz ichiga olib, shu jumladan genetik tekshiruv, psixomotor faoliyat, nevrologik tekshiruv, aql, ogʻzaki va yozma testlari yordamida amalga oshiriladi. Va ularning zaif tomonlari bor boʻlib, uslubni oʻrganish va mustaqil yashash qobiliyatini oshirishni talab qiladi. Diagnostikaning oltin standartiga koʻra klinik tajribalar, ota-onalar bilan tuzilgan suhbatga va oʻyinlarga asoslangan bola bilan Autizm diagnostik kuzatuv jadvali (ADOS) ishlab chiqildi. Notoʻgʻri yoki juda kech tashxis aniq tashxis bemor va uning oilasi uchun ruhan travma etkazishi mumkin; masalan, notoʻgʻri tashxis tekshirishni, bemor ahvolini va xatti-harakatni yomonlashtiradigan dorilarni qabul qilishga olib kelishi mumkin. Asperger sindromi boʻlgan koʻplab bolalarga birinchi navbatda diqqat etishmasligi giperaktivlik buzilishi (DEHB) tashxisi qoʻyiladi.
Differensial diagnostika ICD-10 kasalliklar tasnifiga koʻra, Asperger sindromiga tashxis qoʻyish uchun boshqa umumiy rivojlanish buzilishlari, oddiy turdagi shizofreniya (), shizotipal buzuqlik (), obsesif-kompulsiv buzuqlik () kabilar bilan differensial diagnostika qilinishi kerak. Anankastik shaxsiyat buzilishi (F60. 5), reaktiv yoki ingibirlangan bolalik davridagi bogʻlanish buzilishi (, ).
Differensial diagnostika uchun autizm spektrining boshqa kasalliklari, shizofreniya spektrining buzilishi, obsesif-kompulsiv buzuqlik, diqqat etishmasligi giperaktivligi buzilishi (DEHB), ijtimoiy (pragmatik) aloqa buzilishi, asosiy depressiv buzuqlik, ichiga olishi kerak, Tourette sindromi, stereotipli harakatlar buzilishlari, bipolyar affektiv buzilish va alkogolizmdan miya shikastlanishi tufayli ijtimoiy-kognitiv nuqsonlar. kabi
Baʼzida qoldiq shizofreniya yoki shizotipal buzuqlik bilan kasallangan katta yoshli bemorlarni Asperger sindrom bilan farqlashda qiyinchilik boʻlishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, erta bolalikdan gʻalati xatti-harakatlar va ijtimoiy oʻzaro munosabatlarning buzilishi ushbu sindrom yoki boshqa umumiy rivojlanish buzilishlari boʻlgan odamlarda mavjudligini taʼkidlaydi. DSM-5 Ruhiy kasalliklar tashxislash va statistika qoʻllanmasining (DSM-5) yangi navbatdagi beshinchi nashrida Asperger sindromi tashxisi olib tashlandi. U oldingi DSM-IV-TR da tavsiflangan autizm buzilishi (autizm), Asperger sindromi oʻrniga bolalikdagi parchalanish buzilishi va keng tarqalgan rivojlanish buzilishini birlashtirilgan „autizm spektrining buzilishi“ bilan almashtirildi
Kasallikni aniqlash Asperger sindromiga duchor boʻlgan bolalarning ota-onalari odatda 30 oylik boʻlganda bolalarda rivojlanish buzilishlarini aniqlashlari mumkin. Oila shifokori yoki pediatr tomonidan fizikal tekshiruv vaqtida skriningi qoʻshimcha tekshirishni talab qiladigan hollarda rivojlanish belgilarni aniqlashi mumkin NIH Publication No. 05-5624.. Asperger sindromi diagnostikasi bir nechta turli skrining tekshiruv vositalaridan foydalanish zarurati tufayli qiyinchilik tugʻdiradi, jumladan Asperger sindromi diagnostik shkalasi (ASDS), Gilliam Aspergerning buzilish shkalasi (GADS) bolalik davridagi Asperger sindromi testi (CAST), autizm spektri skrining soʻrovnomasi (ASSQ), Krug Aspergerning buzilish indeksi (KADI) va Autizm spektri koeffitsienti (AQ; bolalar, oʻsmirlar va kattalar uchun versiyalari bilan). Ushbu vositalarning hech biri Asperger sindromini boshqa autizm spektrining buzilishidan ishonchli tarzda ajrata olmagan.
Davolash usullari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d1/Autism-stacking-cans_2nd_edit.jpg/220px-Autism-stacking-cans_2nd_edit.jpg|alt=Vidno, kak malchik skladivaet neskolko raznotsvetnix banok drug na druga|thumb| Asperger sindromi boʻlgan odamlar koʻpincha cheklangan yoki ixtisoslashgan qiziqishlarni namoyon etadilar, masalan, bu bolaning bankalarni yigʻishga qiziqishi. Hozirgi vaqtda davolash usullari haqida hech qanday isbotlangan maʼlumotlar hali topilmagan va mavjud qoʻllab-quvvatlash usullarining samaradorligini isbotlovchi dalillar cheklanib qolgan. Yordamchi simptomlar bemor ahvolini yaxshilashga qaratilgan boʻlib, xulq-atvor terapiyasiga, oʻziga xos kamchiliklarga eʼtibor qaratishga majburiy yoki takroriy tartiblarga, yomon aloqa koʻnikmalariga va jismoniy noqulayliklarga NIH Publication No. 05-5624. murojaat qiladi. Aksariyat bolalar yoshi ulgʻaygan sari ahvoli yaxshilanadi, lekin ijtimoiy aloqa muammolari saqlanib qolishi mumkin. Baʼzi tadqiqotchilar va kasallik alomatlari boʻlgan bemorlar Asperger sindromini davolash jarayonida nogironlikka sabab boʻlmasdan, balki sindromning atipik shakli sifatida toʻgʻri koʻrinishi deb hisoblaydilar A preliminary, freely readable draft, with slightly different wording in the quoted text, is in: .
Ijtimoiy davolash