Mironshoh koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Mironshoh nomi bilan bogʻliq. Mironshoh (1368—1408) Amir Temurning uchinchi oʻgʻli boʻlib, Eron, Iroq, va Ozarbayjon hukmdori. Qoraquyunlilar davlati hukmdori Qora Yusuf bilan boʻlgan janglarda halok boʻlgan. Jasadi avval Tabrizga, keyinchalik Shahrisabzga, undan soʻngra esa Goʻri Amirga qoʻyilgan.
Manbalar
Turkum:Buxoro koʻchalari