Gochguli Xanglyjovich Gochguliyev (; 1977-yil 26-may, Nebit-Dag, Turkmaniston SSR, SSSR) — futbolchilik faoliyatini yakunlagan turkman futbolchisi, himoyachi sifatida oʻynagan, hozir „Oltin Asr“ klubida bosh murabbiy4 ýyldan soň 4-nji çempionlyk .
Tarjimai holi Balkanobod shahridagi Yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Oʻz faoliyatini 1994-yilda „Arkach”da boshlagan. Keyinchalik Turkmanistonning „Balkan“, „Byuzmeyin“, „Kopetdag“ kabi klublarida toʻp surgan. 2001-yilda Qozogʻistonning „Irtish“ klubida oʻynagan.
2002-yili Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibida Oʻzbekiston chempionatida debyut qilgan. „Paxtakor“da 4 karra Oʻzbekiston chempioni (2002, 2003, 2004, 2005) boʻlgan.
2006-yili Qozogʻistonning „Qayrat“ klubiga oʻtgan. U yerda bir mavsum oʻtkazdi va 2007-yilda ikkinchi davradan Oʻzbekistonga qaytib, 2010-yilgacha Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasida toʻp surdi.
2011-yilda vatani Balkanobodga qaytib, mahalliy „Gara Oltin“ futbolchisiga aylandi, 2012-yilda futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunladi.
Yutuqlari Jamoaviy Oʻzbekiston chempioni: 2002, 2003, 2004, 2005, 2008, 2009, 2010 Turkmaniston chempioni: 1998, 2000 Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2007 Turkmaniston kubogi sohibi: 2000 (finalda gol urgan) Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2008, 2010 Osiyo Chempionlar ligasining yarim finalchisi: 2002/03, 2004, 2008 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2007, 2009
Shaxsiy Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (2-son): 2002
Manbalar
Havolalar
Gochguli Gochguliyev Transfermarkt saytida
Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Bolqonobodda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Bolqonobod kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:FC Irtish Pavlodar klubi futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:FK Nebitchi futbolchilari Turkum:FC Buzmeyin futbolchilari Turkum:FC Dagdan futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2004 futbolchilari Turkum:Turkmaniston futbol murabbiylari