Uilbur Skovil ( 1865-yil 22-yanvar, Bridjport, Konnektikut, AQShda tugʻilgan - 1942-yil 10-mart, Geynsvill, Florida, AQShda vafot etgan) - amerikalik kimyogar . 1912-yilda u sabzavotli qalampirlarning (Capsicum) oʻtkirligini oʻlchash uchun sinovni taklif qildi, unga Skovil (Scoville) nomini berdi. U oʻzining oʻtkirlik boʻyicha qalampir va tabiiy kimyoviy moddalar roʻyxatini koʻrsatadigan "Hotness Chart" ( Scoville's Hotness Scale - Skovil oʻtkirlik jadvali) bilan mashhur boʻdi. Tajrimai hol Uilbur Skovil Bridjportda tugʻilgan () Konnektikutda. 1891-yil 1-sentyabrda u Vollastonda turmushga chiqdi (), Massachusets shtatidagi Kora B. Upham (). Ularning ikkita farzandi boʻlgan: Emi Avgusta (), 1892-yil 21-avgustda tugʻilgan va Rut Upham () 1897-yil 21-oktyabrda tugʻilgan.

Skovil retsept boʻlimida taqsil oluvchi talabalar uchun darslik va farmatsevtlar uchun ma'lumotnoma oʻrnida ishlatilishi koʻzda tutilgan "Birlashtirmalar san'ati (aralash)" nomli kitobni yozgan ( ). Birinchi marta 1895-yilda nashr etilgan kitob kamida 8 ta nashrdan oʻtgan. 1960-yillarga qadar farmakologik ma'lumotnoma sifatida ishlatilgan. Uilbur Skovil, shuningdek, yuzlab aralashmalar formulalarini oʻz ichiga olgan "Extracts and parfumes" kitobini ham yozgan. Bir muncha vaqt u Massachusets farmatsevtika va sogʻliqni saqlash kollejida professor boʻlib ishlagan. 1912-yilda Parke-Davis farmatsevtika kompaniyasida ishlaganda u "Scoville Sensor Test" deb nomlanuvchi testni ishlab chiqdi ( ) va oʻtkirlik shkalasini ham yaratdi. Ushbu test turli xil chili qalampirlarining achchiqligini yoki "oʻtkirligini" oʻlchash uchun xizmat qilar edi. Oʻtkirlik testi va jadvali endi standartlashtirilgan va Scoville Hotness Scale deb nomlanadi.

1922-yilda Skovil Amerika farmatsevtika assotsiatsiyasining Ebert mukofotiga sazovor boʻldi va 1929-yilda Remington faxriy medalini oldi. Scoville, shuningdek, 1929-yilda Kolumbiya universitetining faxriy doktori unvonini oldi .

Mukofotlari Uilbur Scoville Amerika farmatsevtika assotsiatsiyasining (APHA) quyidagi mukofotlarini oldi:

1922-yil - Ebert mukofoti, giyohvand moddalarni oʻrganish sohasidagi eng yaxshi hisobot uchun. 1929-yil - Remington medali - APHAning eng yuqori mukofoti.

Manbalar

Turkum:Amerikalik kimyogarlar Turkum:1942-yilda vafot etganlar Turkum:10-martda vafot etganlar Turkum:1865-yilda tugʻilganlar Turkum:22-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Terminologiya