Jessica Alice Cave LloydThe Medical Register, 2002, part 3, pg 2572 (5-may, 1987-yil, Londonda tugʻilgan) – britaniyalik aktrisa va qiziqchi. Harry Potter filmlari seriyasida Lavender Brown roli hamda London va Edinburg Fringedagi namoyishlari bilan tanilgan. U, shuningdek, Love Sick deb nomlangan multfilm dudllari kitobini nashr etgan hamda ularning baʼzi dizaynlari tabriknomalarda paydo boʻlgan. Aktrisaning hayoti va munosabatlariga asoslangan komedik spektakl boʻlmish Sunrise birinchi marta 2019-yilda namoyish etilgan. Cavening birinchi romani Sunset 2021-yilda nashr etilgan.
Yoshligi Jessica 1987-yilning 5-may sanasida, Londonda, oilasidagi 5ta farzandning ikkinchisi sifatida dunyoga kelgan. Uning otasi umumiy amaliyot shifokori boʻlib ishlardi. Onasi Debora esa Hong Kongning sobiq bosh kotibi, tasmaniyalik ser Charles Philip Haddon-Cavening qizi boʻlgan. Uning kenja singlisi Bebe Cave ham aktrisadir.
Faoliyati Cave oʻzining aktrisalik debyutini 2008-yilning boshida CBBC telekanalida namoyish etilgan Summerhill dramatik teleserialida amalga oshirgan. U 2007-yil 1-iyul sanasida boʻlib oʻtgan ochiq kastingda Garri Potter va yarim qonli shahzoda filmidagi Lavender Brown rolini qoʻlga kiritadi. Cave tinglovga kelgan 7000 dan ortiq qizlarni yengib ushbu rolni qoʻlga kiritadi. Aktrisa, shuningdek, Harry Potter va tilsim shahzodasi va Harry Potter va ajal tuhfalari: Part 2 videooʻyinlarini moslashtirishda Lavanda ovozini ijro etgan.
2009-yil iyun oyida u West Enddagi debyutini Duke of York teatrida Tom Stoppardning Arcadia asari jonlantirilishida Thomasina obrazini gavdalantiradi. Oʻsha yilning dekabrida Cave 2009-yilgi Inkheart filmi suratga olish jarayonida suv nimfasi obrazida kichik rol oʻynagan.
Shaxsiy hayoti Cave bastakor Steve Brown va impressionist Jan Ravensning oʻgʻli qiziqchi Alfie Brown ishqiy bilan munosabatda boʻlgan. Ularning toʻrt farzandi bor: 2014-yil oktyabrda tugʻilgan oʻgʻil, 2016-yil iyulda tugʻilgan qizi, 2020-yil oktyabrda tugʻilgan ikkinchi oʻgʻli va 2022-yil mart oyida tugʻilgan uchinchi oʻgʻil farzandi.
2021-yil yanvar oyida Cavening uchinchi farzandi va ikkinchi oʻgʻli COVID-19 uchun testdan ijobiy oʻtgandan soʻng, kasalxonada davolanishadi. 2022-yilning fevral oyida Cave toʻrtinchi farzandiga homilador boʻlganida COVID-19 uchun testdan musbat natija oladi. Oʻsha yilning mart oyida u kasalxonaga yotqizilgan va u yerda, keyinchalik, toʻrtinchi farzandini dunyoga keltirgan.
Filmografiyasi
Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar2007CranfordVillagerEpizod: „April 1843“; uncredited2008SummerhillStellaTV film2011Sadie JHermioneEpizod: „Slumberlicious“2012Grandmaʼs HouseZazzyEpizod: „The Day Simon and his Family Opened the Door to Acceptance“2013PramfaceAngelaEpizod: „The Edge of Hell“Coming UpDeniseEpizod: „Burger Van Champion“BBC Comedy FeedsVariousEpizod: „The Cariad Show“Daniʼs Castlexonim SteffyWizards vs AliensAlicia Ferguson2ta epizod: „The Thirteenth Floor, Part One & Part Two“MedicsMillieTV film2014Cardinal BurnsTurli xil1ta epizod (2-mavsum)The Job LotAnne-Marie BonnerEpizod: „MP“Glue OnlineAnnie MaddocksEpizod: „Glue: One Day Before“; uncreditedGlueAnnie MaddocksBosh rol, 8ta epizodGive Out GirlsGeorgeEpizod: „The Truth“2015High & Dry BlapSusanTelevizion qisqa metrajli film2015-2018TrolliedHeatherBosh rol (seasons 5-7)2016Call the MidwifeConnie Manley1ta epizod (5-mavsum)2017LoadedRachel CooperEpizod: „The Red List“PorridgeKarenEpizod: „The Listener“The RebelStephEpizod: „Death“Black MirrorEdnaEpizod: „Hang the DJ“2018Father BrownPandora PottEpizod: „The Kembleford Dragon“2020IndustryBobbyEpizod: „Quiet and Nice“2021Richard Osmanʼs House of GamesOʻzi5ta epizod (3-mavsum)The Stand Up Sketch ShowOʻzi1ta epizod (3-mavsum)BufferingRosieBosh rol; 6ta epizod2022The BabyAmyEpizod: „The Bulldozer“
Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar2009InkheartSuv nimfasiAkkreditivsiz rolHarry Potter and the Half-Blood PrinceLavender Brown2010Harry Potter and the Deathly Hallows – Part 1Kichik rol2011Harry Potter and the Deathly Hallows – Part 22012Great ExpectationsBiddy2013KnightmareTheodora SnitchQisqa metrajli film2014PrideZoe2015Tale of TalesFeniziaAnna, IslandLouQisqa metrajli film2016The Baby ShowerLeelaQisqa metrajli film2017Modern Life Is RubbishKerry2018BenjaminMartha
Videooʻyinlarda YilSarlavhaRolIzohlar2009Harry Potter and the Half-Blood PrinceLavender Brown (ovozli)2011Harry Potter and the Deathly Hallows – Part 2
Manbalar
Havolalar
Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar