Toir Abduqahhorovich Vohidov (1963-yil 11-noyabrda  Samarqandda dunyoga keladi) — sovet va o‘zbek shaxmatchisi, grossmeyster (2009), hakam va murabbiy . O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida shaxmat bo‘yicha ikkita jamoaviy olimpiadada (1996 va 2002), ikkita jamoaviy jahon chempionatida (1993 va 2001) va uchta jamoaviy Osiyo chempionatlarida (1993, 1999, 2003) shaxmat surgan. 2014-yilda u FIDE hakami bo‘ladi.  

Shaxmatdagi faoliyati Sovet davrida Toir Vohidov kuchli raqobat tufayli terma jamoaga kira olmadi. 1983-yilda shaxmat bo‘yicha sport ustasi unvonini oldi. SSSR parchalanganidan keyin shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi bo‘ldi. 1992-yili Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda Grigoriy Serper bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib olgan. 1993-yilda O‘zbekiston vise-chempioni bo‘ldi. 1997-yilda Shverin shahrida (Germaniya) ochiq turnirda ikkinchi o‘rinni egalladi. 2000-yilda Abu-Dabida (BAA) shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan turnirda ikkinchi o‘rinni oladi. 2004-yili Madras (Hindiston) shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan turnirda Toir Vohidov birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2005-yilda Bandar-Seri-Begavan (Bruney) shahrida o‘tkazilgan ikkita turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 2005-yildan keyin u shaxmat turnirlarida kamdan-kam ishtirok etadi. 2019-yilda “Inarkiyev Cup” xalqaro shaxmat festivalida uchinchi o‘rinni egallaydi .

1993-yilda shaxmat bo‘yicha 10-jamoaviy Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida kumush medalni olishga musharraf bo‘ladi. 1999-yili shaxmat bo‘yicha 12-jamoaviy Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

2003-yil 1-yanvarda Toir Vohidov o‘z faoliyatidagi FIDE reytingida 2546 ball bilan maksimal reytingga erishib, o‘zbekistonlik shaxmatchilar ro‘yxatida ikkinchi bo‘ldi.

2015-yilda Chittagongdagi xalqaro turnirda g‘olib chiqdi (A.Al-Raqib bilan 1-2-o‘rinlarda).

Sport natijalari Yil Shahar Turnir + − = Natija Joy 1993-yil Kuala Lumpur 10-jamoaviy Osiyo chempionati1 21 4 dan 1½ 2 umumjamoa Lucerne 3- jamoaviy jahon chempionati 1 21 4 dan 1½ 1996-yil Yerevan 32-Olimpiada 2 24 8 dan 4 1999-yil Shenyang 12-jamoaviy Osiyo chempionati 01 5 6 dan 2½ 1 2001-yil Yerevan 5-jamoaviy jahon chempionati 01 3 4 dan 1½ 2002-yil Bled 35-Olimpiada 2 0 5 7 dan 4½ 2003-yil Jodxpur 13-jamoaviy Osiyo chempionati 31 0 3/4 3 shaxsiy.

Manbalar

Havolalar FIDE saytida Toir Vohidovning shaxsiy kartasi

Chessgames.com ma'lumotlar bazasida Toir Vohidov oʻyinlari

Turkum:Oʻzbekiston shaxmatchilari Turkum:Samarqandda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:11-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar