Ayollarga nisbatan zoʻravonlik (en: VAW, inglizcha: Violence against women), shuningdek, genderga asoslangan zoʻravonlikSexual and Gender-based Violence (WHO), jinsiy va jinsga asoslangan zoʻravonlik (inglizcha: sexual and gender-based violence, SGBV) nomlari bilan ataluvchi, asosan, xotin-qizlarga nisbatan qilinajak zoʻravonlik harakatlari majmuidir. Ushbu toʻplamga kiruvchi jinoyatlar, ayollar va qizlarga, ularning jinsi uchun sodir etiladigan nafrat jinoyatiCitations:
boʻlib, ushbu holat turli shakllarda namoyon boʻladi.
Ayollarga nisbatan zoʻravonlik (qisqartma sifatida: ANZ) holatlari juda uzoq tarixga ega. Bunday zoʻravonlik hodisalari va ularning intensivligi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib borgan hamda bugungi kunda ham jamiyatlar orasida farqlanadi. Ushbu holatlarga, koʻpincha, jamiyatda yoki shaxslararo munosabatlarda ayollarni boʻysundirish mexanizmi sifatida qaraladi. Bu kabi jinoyatlar huquqbuzarlik, ustunlik, misoginiya yoki shunga oʻxshash munosabatlarda jinoyatchining ayollarga nisbatan zoʻravon tabiatini yuzaga keltirishi mumkin.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning „Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish to‘g‘risidagi deklaratsiyasi“da "ayollarga nisbatan zoʻravonlik – erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tarixan teng boʻlmagan kuch munosabatlarining koʻrinishi" va "ayollarni erkaklar bilan solishtirganda boʻysunuvchi mavqeʼga majburlashning muhim ijtimoiy mexanizmlaridan biri.", deya taʼkidlangan.
BMTning sobiq Bosh kotibi Kofi Annan tashkilotning Ayollar uchun Taraqqiyot Jamgʻarmasi (UNIFEM) vebsaytida eʼlon qilingan 2006-yilgi hisobotida shunday deydi:
Taʼrifi
Ayollarga nisbatan zoʻravonlik va oiladagi zoʻravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan bir qator xalqaro hujjatlar turli xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan. Ushbu hujjatlar, odatda, bu kabi amaliyotlarga qarshi kurashish maqsadida "zoʻravonlik tushunchasi" nima ekanligini taʼriflash bilan boshlanadi. Yevropa Kengashining Istanbul konvensiyasi (Yevropa Kengashining ayollarga nisbatan hamda oilalardagi zoʻravonlik holatlarining oldini olish va unga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi konvensiyasi) „ANZ“ni "inson huquqlarining buzilishi va ayollarga nisbatan kamsitishning bir shakli" sifatida tavsiflaydi hamda uning taʼrifini "xotin-qizlarga jismoniy, jinsiy, psixologik hamda iqtisodiy zarar yoki azob-uqubatlarga olib keladigan, genderga asoslangan zoʻravonlikning barcha harakatlari, shu jumladan, jamoat yoki shaxsiy hayotda sodir boʻlishidan qatʼi nazar, bunday harakatlar bilan tahdid qilish, majburlash yoki oʻzboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum qilish holati", deya izohlaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1979-yildagi Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiyasi (CEDAW)da ANZ boʻyicha tavsiyalar berilgan, General Recommendations 12 and 19, Vena deklaratsiyasi va Harakat dasturida esa ANZ haqida soʻz yuritilgan, paragraph 18. Biroq, 1993-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining „Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish borasidagi deklaratsiya“ toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasi ANZni aniq belgilab bergan va mavzuni batafsil bayon etgan birinchi xalqaro hujjat boʻlgan. „Ayollarga nisbatan zoʻravonlik“ning boshqa taʼriflari 1994-yildagi „Ayollarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, jazolash va yoʻq qilish toʻgʻrisidagi“ Amerikalararo konvensiyada va 2003-yil Maputo protokolida bayon etilgan.
Bundan tashqari, „genderga asoslangan zoʻravonlik“ atamasi "ayollarga jismoniy, jinsiy yoki ruhiy jihatdan zarar yetkazish va azoblash uchun moʻljallangan hamda ayollarga ular ayol jinsiga mansub boʻlgani uchun nomutanosib ravishda taʼsir qiladigan har qanday tahdidiy xatti-harakatlar"ni anglatadi. „Gender asosidagi zoʻravonlik“ koʻpincha „ayollarga nisbatan zoʻravonlik“ atamasi bilan almashtiriladi va u haqidagi baʼzi maqolalar ushbu zoʻravonlikning asosiy aybdorlari erkaklar ekanligini taʼkidlagan holda ushbu tushunchalarni takrorlaydi. Bundan tashqari, 19930yildagi „Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish toʻgʻrisidagi deklaratsiya“da koʻrsatilgan taʼrif zoʻravonlik atamasi genderga asoslangan atama bilan birgalikda ishlatilganda „zoʻravonlik jinoyati erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tengsizlikdan kelib chiqadi“, degan tushunchani ham qoʻllab-quvvatlaydi.
Yevropa Kengashi Vazirlar Qoʻmitasi aʼzo davlatlarning 5-Tavsiyasi (2002-yil)da ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha ANZ „quyidagilarni oʻz ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi“, deya belgilangan:
a. Oilada yoki maishiy birlikda sodir boʻlgan zoʻravonlik, shu jumladan, jismoniy va ruhiy tajovuz, hissiy va ruhiy zoʻravonlik, zoʻrlash va jinsiy zoʻravonlik, qarindosh-urugʻlar, turmush oʻrtoqlar, doimiy yoki vaqtinchalik sheriklar va birga yashovchilar oʻrtasidagi zoʻrlash, nomusga tajovuz jinoyatlari, ayol jinsiy aʼzolarini kesish va ayollar uchun zararli boʻlgan boshqa anʼanaviy amaliyotlar, masalan, majburiy nikoh;
b. Umumiy jamiyatda sodir boʻladigan zoʻravonlik, jumladan, zoʻrlash, jinsiy zoʻravonlik, jinsiy zoʻravonlik va ishda, muassasalarda yoki boshqa joylarda jinsiy ekspluatatsiya, iqtisodiy ekspluatatsiya va jinsiy turizm maqsadlarida ayollar savdosi;
c. Davlat yoki uning mansabdor shaxslari tomonidan sodir etiladigan zoʻravonliklar;
d. Qurolli mojaro holatlarida ayollarning xalqaro normalardagi inson huquqlarini buzish, xususan, garovga olish, majburiy koʻchirish, muntazam zoʻrlash, jinsiy qullik, majburiy homiladorlik va jinsiy ekspluatatsiya va iqtisodiy ekspluatatsiya maqsadlarida odam savdosi.
ANZning genderga asoslangan taʼriflari baʼzilar tomonidan qoniqarsiz va muammoli deb hisoblanadi. Ushbu taʼriflar jamiyatni patriarxal deb tushunish asosida konsepsiyalashtirilgan boʻlib, erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tengsiz munosabatlarni anglatadi. Bu kabi fikrlarning muxoliflari taʼriflar erkaklarga nisbatan zoʻravonlikni eʼtiborsiz qoldirishini va genderga asoslangan zoʻravonlikda qoʻllangan gender atamasi faqat ayollarni nazarda tutadi, deya ushbu atamani qoralashadi. Boshqa tanqidchilar gender atamasini bu tarzda qoʻllash ayol jinsiga mansublar uchun boʻysunish hamda erkaklar uchun ustunlik tushunchalarini keltirib chiqarishi mumkin, deb taʼkidlaydilar. Erkaklik va ayollik qarama-qarshiliklarini takrorlashga moyil boʻlgan, ayollar uchun emas, balki umumgenderga asoslangan zoʻravonlikning barcha oʻlchovlarini keng qamrovda qabul qiladigan taʼrif mavjud emas.
+ Inson huquqlari boʻyicha hujjatlardagi taʼriflarni solishtirish jadvali Hujjat Qabul qilgan tashkilot Sana Taʼrif 19-sonli Umumiy Tavsiya CEDAW qoʻmitasi 1992-yil „Diskriminatsiyaning taʼrifi jinsga asoslangan zoʻravonlikni, yaʼni ayol boʻlgani sababli unga qarshi qaratilgan yoki ayollarga nomutanosib taʼsir koʻrsatadigan zoʻravonlikni oʻz ichiga oladi.“" DEVAW BMT 1993-yil, 20-dekabr „…ayollarga nisbatan zoʻravonlik“ atamasi ayollarga jismoniy, jinsiy va/yoki ruhiy zarar hamda azob-uqubatlarga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan har qanday jinsga asoslangan zoʻravonlik harakatini anglatadi." Belém do Pará konvensiyasi Amerika Davlatlari Tashkiloti 1994-yil, 9-iyun „ …ayollarga nisbatan zoʻravonlik deganda jinsga asoslangan, jamoat yoki xususiy sohada ayollarning oʻlimiga yoki jismoniy, jinsiy va/yoki ruhiy zarar hamda azob-uqubatlarga olib keladigan har qanday xatti-harakatlar tushuniladi.“ Maputo protokoli Afrika birligi tashkiloti 2003-yil, 11-iyul „ANZlar ayollarga nisbatan sodir etilgan, ularga jismoniy, jinsiy, ruhiy va iqtisodiy zarar yetkazadigan yoki yetkazishi mumkin boʻlgan barcha harakatlar, shu jumladan, bunday xatti-harakatlar qilish bilan tahdid qilish; yoki tinchlik davrida, qurolli mojarolar yoki urush holatlarida shaxsiy yoki jamoat hayotida asosiy erkinliklarga oʻzboshimchalik bilan cheklovlar qoʻyish yoki ulardan mahrum qilishdir.“ Istanbul konvensiyasi Yevropa Kengashi 2011-yil, 11-may „…“ayollarga nisbatan zoʻravonlik" inson huquqlarining buzilishi va ayollarga nisbatan kamsitishning bir shakli sifatida tushuniladi va ayollarga jismoniy, jinsiy, psixologik yoki iqtisodiy zarar etkazish yoki azob-uqubatlarga olib keladigan barcha gender zoʻravonlik harakatlarini, shu jumladan ommaviy yoki shaxsiy hayotda sodir boʻlgan bunday harakatlar, majburlash yoki oʻzboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum qilish kabi tahdidlarni anglatadi; … „gender“ maʼlum bir jamiyat ayollar va erkaklar uchun mos deb hisoblaydigan ijtimoiy jihatdan qurilgan rollar, xatti-harakatlar, faoliyatlar va sifatlarni anglatadi; „Ayollarga nisbatan gender asosidagi zoʻravonlik“ ayol kishi boʻlgani uchun unga qarshi qaratilgan yoki ayollarga nomutanosib taʼsir koʻrsatadigan zoʻravonlikni anglatadi". Muqaddimada shunday deyilgan: „Ayollar va qizlarda erkaklarnikiga qaraganda gender asosidagi zoʻravonlik xavfi yuqori ekanligini tan olinadi; Oiladagi zoʻravonlik ayollarga nomutanosib ravishda taʼsir qilishini va erkaklar ham oilaviy zoʻravonlik qurboni boʻlishi mumkinligini ham eʼtirof etiladi.“.
Tarixi
Umumiy koʻrinish
Ayollarga nisbatan zoʻravonlik tarixi ilmiy adabiyotlarda noaniq boʻlib qolmoqda. Bu qisman ayollarga nisbatan zoʻravonlikning koʻp turlari (ayniqsa, zoʻrlash, jinsiy zoʻravonlik va oilaviy zoʻravonlik) kam xabar qilinganligi, koʻpincha ijtimoiy normalar, tabular, stigma hamda mavzuning nozik tabiati tufayli boʻlishi mumkin Also available as: . Bugungi kunda ham ishonchli va uzluksiz maʼlumotlarning yetishmasligi ayollarga nisbatan zoʻravonlik haqida aniq tasavvurni shakllantirishga toʻsqinlik qilayotgani keng eʼtirof etilgan.
Ayollarga nisbatan zoʻravonlik tarixini kuzatish qiyin boʻlsa-da, zoʻravonlikning katta qismi qabul qilingani, kechirilgani va hatto qonuniy ruxsat etilganligi olimlarga maʼlum. Masalan, Rim qonunchiligi erkaklarga oʻz xotinlarini hatto oʻlimgacha jazolash huquqini berganligi va jodugarlarni yoqish jazosi Also available at HeinOnline. Full text available here . ham cherkov, ham davlat tomonidan maʼqullangan (garchi bu faqat ayollarga nisbatan qoʻllanilmagan boʻlsa ham).
Ayollarga nisbatan zoʻravonlik tarixi ayollarning mulk sifatidagi tarixiy qarashlari va boʻysunishning gender roli bilan chambarchas bogʻliq. Ayollarga nisbatan zoʻravonlik koʻlami va tarixini tushuntirish uchun patriarxat va umumiy dunyo tizimi yoki gender tengsizliklari mavjud boʻlgan va davom etuvchi maqomlar haqidagi tushuntirishlar keltirilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi (1993)da shunday deyiladi:
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga koʻra: „dunyoda ayollarning zoʻravonlikka qarshi himoyalanishi taʼminlanmagan biror bir mamlakat va madaniyat yoʻq“. Zoʻravonlikning bir necha shakllari dunyoning ayrim qismlarida, koʻpincha rivojlanayotgan mamlakatlarda keng tarqalgan. Misol sifatida qaraydigan boʻlsak, sehr qilganligini uchun jazolash va kelin kuydirish „marosimlari“ Hindiston, Bangladesh va Nepal kabi davlatlarda, kislota sepish holatlari, asosan, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, jumladan Kambodjada, nomusga tajovvuz qilish Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo davlatlarida, ayol jinsiy aʼzolarini kesish jinoyati Afrika mamlakatlarida, Yaqin Sharq va Osiyoning boshqa qismlarida (nisbatan kamroq darajada) uchraydi. Oʻgʻirlab ketish yoʻli bilan turmush qurish Efiopiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarida kuzatiluvchi holatlardan biridir. Kelin uchun tovon toʻlash (kelinni sotish, qalin puli) bilan bogʻliq suiisteʼmollik (zoʻravonlik, odam savdosi va majburiy nikoh) holatlari Sahroi Kabir mamlakatlaridan to Janubiy Afrika va Okeaniya mintaqalarigacha boʻlgan hududlarda keng tarqalgan holatlar sanaladi.