OPPO Electronics Corporation premium maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi hisoblanadi; BBK Electronics korporatsiyasining boʻlinmasi. 2001-yilda tashkil etilgan.

Brend dunyoning koʻplab mamlakatlarida roʻyxatdan oʻtgan. OPPO Digital Inc., AQShda joylashgan boʻlib, bir qator Hi-End Blu-ray pleyerlari, naushniklar va naushnik kuchaytirgichlari bilan AV mahsulotlarini loyihalashtiradi va ishlab chiqaradi.

2008-yilda OPPO portativ elektronika segmentiga kirib kelgan va oʻzining mobil telefonlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. OPPO smartfonlar olamidagi eng ishonchli va eng yaxshi 5 ta sotuvchidan biri hisoblanadi.

Tarixi

2005-yilda kompaniya Xitoy bozorida oʻzining birinchi MP3 pleyerini va AQShda birinchi Hi-End DVD pleerini ishga tushirgan; 2006-yil – portativ video pleyerlar toifasining ishga tushirilishi; 2008-yil – birinchi mobil telefonning ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan; 2009-yil – OPPO brendi Tailand bozoriga kirgan; 2011-yil – birinchi smartfonning chiqarilishi; OPPO kompaniyasining Android operatsion tizimiga asoslangan birinchi smartfoni chiqqan. 2012-yil – OPPO Finder ishlab chiqarilishi va sotilishi boʻyicha – dunyodagi eng nozik smartfon; 2013-yil – kompaniya AQSh, Angliya, Gonkong, Tayvan, Avstraliya, Rossiya, Vyetnam, Indoneziyadagi smartfon bozorlariga kirib borgan.

Yana qarang

Vivo One Plus Realme

Manbalar

Havolalar

www.oppo.com