Sven Henrik Lindman (1942-yil 19-aprelda tugʻilgan) — shvetsiyalik sobiq futbolchi, asosan Djurgårdens IF jamoasida oʻynagan. U 1965—1980-yillar oraligʻida u yerda oʻynagan va Allsvenskanda 312 oʻyin oʻtkazgan, bu klub uchun rekord hisoblanadi. Klubdagi faoliyati davomida u 49 ta gol urgan. U Shvetsiya terma jamoasi safida 21 marta maydonga tushgan va 1 ta gol muallifiga aylangan.

Klubdagi faoliyati Sven Lindman oʻz faoliyatini mahalliy Ormsjö jamoasi Ormsjö IF Uvenda boshlagan. 1961-yilda u Lycksele IF jamoasiga qoʻshilgan va keyinchalik Shvetsiya futbol 2-divizionining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 1965-yilda Lindman Djurgårdens IFda faoliyatini davom ettirgan va 1966 Allsvenskan gʻolib jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan va IFK Norrköpingga qarshi final oʻyinida gʻalaba keltirgan golni urgan. 1968-yilda u SK Rapid Venaga koʻchib oʻtgan va u yerda Bir mavsum davomida qolgan. U shartnomasini tugatgan va Djurgårdenga qaytgan. 1980-yilgi mavsumda u yerda faoliyatini yakunlagan. U 1970—1977-yillar oraligʻida Djurgårdens IF tarkibida 175 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Xalqaro faoliyati Lindman xalqaro Shvetsiya terma jmaosi safida debyutini 1967-yilda oʻtkazdi va Shvetsiya terma jamoasida 21 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. U Shvetsiyaning 1974-yilgi FIFA Jahon kubogi tarkibiga kiritilgan, ammo u turnirda birota oʻyinda maydonga tushmagan.

Murabbiylik faoliyati Oʻzining futbolchilik faoliyatidan soʻng Sven Lindman Karlstads BKni besh mavsumga, keyinroq Norrstrands IFni yana besh mavsumga murabbiy sifatida qabul qilib olgan.

Shaxsiy hayoti Sven Lindman Djurgården futbolchisi Yorgen Lindmanning ukasi.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaKubokYevropaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolDjurgården1965Allsvenskan21—2119662212—20241219672262020266196811800118Jami572720406327SK Rapid Vienna1968-69Nationalliga1414232215Jami1414232215Djurgården1969Allsvenskan112001121970202202197122620246197222322319732662661974260403001975261202811976261202811977180180197825025019792312311980102102Jami255240010026524Karyerada jami326526217234956

Yutuqlar

Djurgårdens IF

Allsvenskanhttp://www.difarkivet.se/dif_sm_guld_seniorer.pdf 1966-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar