Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi(kelgusida BQ) – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi bojxona maʼmuriyatchiligi soxasida vakolatli huquqni muhofaza etuvchi organ. Asosiy vazifalariga bojxona qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, tashqi savdo va trans-chegaraviy tovar aylanmasini statistikasini yuritish, kontrabandaga qarshi kurashish kiradi.

Tarixi Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qolga kiritgach, 1991-yil 24 oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni, Bojxona ishini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq meʼyorlari bilan uygʻunlashtirildi. 1997-yil 8-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Bojxona xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997-yil 29 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9 sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining „Boj tarifi toʻgʻrisida“, „Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida“gi Qonunlari, 1997-yil 26 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi (qarang Bojxona kodeksi). Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida bojxona xizmati boshqarmalari, qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlaridagi magistral yoʻllarda shu boshqarmalarga qarashli Bojxona postlari faoliyat koʻrsatadi.

BQ maxsus belgilari Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 630-son qaroriga asosan BQ quydagi farqlash belgisi va bayrogʻi tasdiqlandi:

Tashkiliy tuzilishi Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tashkiliy tuzilmasi

Raislar

+RaisUnvoniXizmat davriUraimjon AbdugʻaniyevGeneral-mayor01.08.1992-18.01.1994Sobit OlimboyevGeneral-mayor18.07.1994-15.07.1997Oʻtkir KomilovGeneral-mayor11.07.1997-27.01.2000 15.01.2001-24.04.2002Saidazim OripovGeneral-mayor16.02.2000-17.01.2001Ravshan HaydarovGeneral-mayor16.05.2002-30.11.2002Botir ParpiyevGeneral-leytenant03.12.2002-17.02.2004Bahodir MatlyubovGeneral-leytenant17.02.2004-05.01.2006Sodirxon NosirovGeneral-mayor05.01.2006-01.02.2011Zohid DusanovPolkovnik01.02.2011-20.12.2016Muidjon TohiriyGeneral-mayor20.12.2016-13.02.2018Murodjon AzimovGeneral-mayor13.02.2018-18.11.2021Akmalxoʻja MavlonovGeneral-mayor18.11.2021- h/v

Yana qarang Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

Manbalar

#Bojxona #Bojxona