Shohruxbek Komil oʻgʻli Abdurahmonov (1999-yil 8-martda Oqqoʻrgʻonda (Oʻzbekiston) tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Navbahor“ klubi yarim himoyachisi.
Futbolchilik faoliyati „Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi.
Dinamo (Samarqand) 2019-yilning mart oyida Samarqandning „Dinamo“ klubiga ijaraga berildi. Klubdagi debyutini 2019-yil 30-mart kuni „Surxon“ga qarshi oʻtkazdi. 2018-yilning 5-may kuni boʻlib oʻtgan oʻyinda „Andijon“ga qarshi oʻyinda klub safidagi ilk golini urdi. 2019-yil 11-may kuni „AGMK“ga qarshi kechgan navbatdagi oʻyinda gʻalaba toʻpini kiritdi. 2019-yilning iyul oyida klub bilan shartnoma imzoladi. 2019-yilgi mavsumda – 23 ta oʻyin oʻtkazdi, 2 ta gol urdi va 2 ta golga olib keluvchi toʻpni urgan, ammo klub Pro-ligaga tushib ketdi. Umuman olganda, futbolchi Pro-ligada klub uchun 34 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golga olib keluvchi uzatmani amalga oshirdi.
Energetik-BGU 2022-yilning mart oyida Belarusiyaning „Energetik-BGU“ klubiga oʻtdiShoxruxbek Abduraxmanov v „Energetike“-BGU. Klubdagi debyutini 2022-yilning 19-martida „Vitebska“ga qarshi oʻtkazdi. 2022-yil 17-apreldagi oʻyinda penalti ishlab, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shu bilan birga, Brestning „Dinamo“siga qarshi penalti ishlab, natijada Brest klubini 2:1 hisobida magʻlub etgan. 2022-yilning 29-mayida Mozirning „Slaviya“ jamoasiga qarshi oʻyinda klub safidagi ilk golini urgan.
2024-yil yanvar oyida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati 2018-yilda Oʻzbekiston yoshlar olimpiya terma jamoasi safida toʻp surgan.
Manbalar
Havolalar Shohruxbek Abdurahmonov Transfermarkt (angl.) Shohruxbek Abdurahmonov Soccerway (angl.)
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Belarus Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Sportchilar