Sadriddin Nizomiddinovich Abdullayev (1986-yil 11-iyunda Toshkentda tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, yarimhimoyachi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynaganSadriddin Abdullaev // Transfermarkt.com (mn.) — 2000..
Klubdagi faoliyati Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini 2005-yilda aynan shu klubda boshlagan. „Paxtakor“ safida toʻrt mavsum toʻp surgan va shu vaqt ichida 32 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. 2007—2008-yillarda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida ijara asosida oʻynagan. 2009-yilda Xitoyning „Chanchun Yatay“ jamoasida ijara asosida oʻynagan亚泰截止日敲定俩外援:里卡多阿布正式加盟长春 . 2010-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga oʻtgan. 2011-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. 2012—2014-yillarda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida toʻp surgan va shu vaqt ichida 52 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. 2015-yildan Malayziyaning „T-Tim“ klubi futbolchisi hisoblanadi.
2019-yilgi mavsum boshida 10 yildan soʻng Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibiga qaytdi va jamoa bilan shartnoma imzolagan. 2021-yilgi mavsum avvalida sobiq jamoasi, Lokomotiv klubi tarkibiga qaytgan. 2021-yil Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida mavsumni yakunlaganidan soʻng, futbolchilik faoliiyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng Lokomotiv jamoasining U-18 jamoasining murabbiyi sifatida ishl boshlagan. 2022-yilda Lokomotiv U19 jamoasiga boshchilik qildi. Uning rahbarligida U19 jamoasi 2022-yilda 8-oʻrinni, 2023-yilda 4-oʻrinni va 2024-yilda 6-oʻrinni egalladi. 2025-yil yozida Lokomotiv jamoasida Mirko Jelicich boshchiligidagi murabbiylar shtabiga qoʻshildi.
Terma jamoadagi faoliyati Sadriddin Abdullayev 2008-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga taklif olgan Profil na sayte FIFA.com (angl.). Terma jamoadagi debyut oʻyinini oʻsha yilning 22-iyun kuni Jahon Chempionati-2010 saralash turniri doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Abdullayev terma jamoa safida jami uchta oʻyin oʻtkazdi.
Yutuqlari Oʻzbekiston chempioni: (8) 2005, 2006, 2007, 2016, 2017, 2018, 2019, 2020 Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: (3) 2008, 2013, 2014 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (8) 2005, 2006, 2007, 2014, 2016, 2017, 2019, 2020 Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: (2) 2008, 2014 Oʻzbekiston Liga kubogi sohibi: 2019 Oʻzbekiston Superkubogi ikkinchi oʻrin: 2014
Xitoy chempionatining kumush medali sovrindori: 2009 Manbalar
Havolalar
Sadriddin Abdullayev Transfermarkt saytida
Turkum:11-iyunda tugʻilganlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Toshkent sport kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Paxtakor-2 klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Changchun Yatai F.C. futbolchilari Turkum:Terengganu F.C. II futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Sportchilar