Rustam Toʻxtamurodovich Mirsodiqov (; 1955-yil 19-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va futbolchi. 2008—2017-yillarda Bekobodning „Metallurg“ klubini boshqargan. Oʻzbekiston Superligasida eng koʻp oʻyinda bosh murabbiylik qilgan futbol mutaxassislardan biri hisoblanadi.

Biografiyasi Futbolchilik faoliyati

Rustam Mirsodiqov futbolga ilk qadamlarini Toshkentdagi „Titov“ nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida murabbiylar I.Toshmuxamedov, V.Yatchenko va Y.Aranovichlar rahbarligida qoʻygan.

1972-yilda "Paxtakor" futbol jamoasiga tavsiya etilgan va bu jamoada 1975-yilgacha oʻynagan. Keyin esa Toshkentning „Traktor“ jamoasi sharafini himoya qilgan. Faoliyati davomida „Boʻston“, „Dinamo Samarqand“ va „Sohibkor“ klublarida toʻp surgan. Rustam Mirsodiqov futbolchi sifatidagi professional faoliyatini 1989-yilda Andijonning „Spartak“ klubida yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

1991-yildan boshlab Mirsodiqov murabbiylik faoliyati bilan shugʻullana boshlagan. 1992-yilda „Paxtakor“ jamoasi bosh murabbiyi Axrol Inoyatovning yordamchisi vazifasini bajargan. 1995-1996-yillarda "Doʻstlik" klubida klub rahbari va bosh murabbiy lavozimlarida ishlagan.

1996—1998-yillarda Toshkentning „MHSK“ klubiga rahbarlik qilgan. 1997-yilda uning boshchiligida „MHSK“ Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan. Oʻsha mavsum yakunida Rustam Mirsodiqov O‘zbekistonda "Yilning eng yaxshi murabbiyi" deb topilgan.

1997-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganUzbekistan International Matches – Details 1992-1999 – RSSSF. Mirsodiqov oldidagi masala klubni 1998-yilgi jahon chempionatiga olib chiqish edi. Ammo jamoa saralash turnirida yomon natija koʻrsatadi va Mirsodiqov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etiladi.

1999-yilda yana „Doʻstlik“ klubiga murabbiy etib tayinlanadi va oʻsha mavsumda klubni mamlakat chempionligiga olib chiqadi. Mavsum yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ nominatsiyasi uchun soʻrovnomada uchinchi oʻrinni egallaydi.

Shundan soʻng Toshkentning „Lokomotiv“ va „Qizilqum“ klublarida faoliyatini davom ettirgan. 2008—2017-yillarda Bekobodning „Metallurg“ klubini boshqargan.

2021-yildan Bunyodkor klubi akademiyasida yoshlar boʻyicha murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

Yutuqlari 1997, 1999-yillar – Oʻzbekiston chempioni. 1997-yil – Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi.

Manbalar

Havolalar Oʻzbekistonni ifodalovchi statistik maʼlumotlar Rustam Mirsodiqov Soccerpunter saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Doʻstlik Toshkent viloyati klubi bosh murabbiylari Turkum:Metallurg Bekobod klubi bosh murabbiylari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi murabbiylari Turkum:MHSK futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Qizilqum futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Navbahor klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiylari