Maria Elena Bello (1967-yil 18-aprelda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa, produser va yozuvchi. Uning filmdagi rollari orasida Permanent Midnight (1998), Payback (1999), Coyote Ugly (2000), The Cooler (2003), A History of Violence (2005), The Mummy: Tomb of the Dragon Emperor (2008), Grown Ups (2010), Prisoners (2013) hamda Lights Out (2016) kabi filmlari mavjud. Televideniyeda Bello ER (1997—1998)nomli tibbiyotga aloqador serialda Dr. Anna Del Amico rolida, 2013-yilda „Touch“ serialidagi Lucy Robbins rolida, 2016-yilda „Goliath“ serialining birinchi mavsumida Michelle McBride rolida bosh rollarni ijro etgan. 2017-yildan 2021-yilgacha NCIS serialida maxsus agent Jacqueline „Jack“ Sloane sifatida ham rol ijro etgan.
Yoshligi Bello 1967-yil 18-aprelda Pennsylvania shtatining Norristown shahrida maktab hamshirasi va oʻqituvchisi Kathy hamda pudratchi Joe Bello oilasida tugʻilgan. Uning otasi italyan amerikalik boʻlib, ildizlari Italiyaning Montella shahrida joylashgan va onasi polshalik amerikalik. U ishchi, katolik oilasida oʻsgan va Pennsylvania shtatining Radnor shahridagi arxiyepiskop John Carroll oʻrta maktabini tamomlagan. Villanova universitetida siyosatshunoslik boʻyicha ixtisoslashgan. Oʻqishni tamomlagandan soʻng Bello New Yorkdagi bir qator teatr spektakllarida aktyorlik mahoratini oshiradi„Maria Bello“, NYTimes.com.
Faoliyati right|thumb| Bello, 2010-yil 5-martda Los-Angelesdagi Independent Spirit mukofotlash marosimida Belloning ilk telekoʻrsatuvlari qatoriga The Commish (1991), Due South (1994), Nowhere Man (1995), Misery Loves Company (1995) va ER (1997—1998) epizodlari ham kiradi. Uning yutugʻi Missis Smith roli orqali Mr. & Mrs. Smith teleserialida sodir boʻladi. Keyin u ERning uchinchi mavsumining soʻnggi uchta epizodida pediatr doktor Anna Del Amico sifatida paydo boʻladi va tibbiy dramaning toʻrtinchi mavsumida doimiy aktyor sifatida ishtirok etadi.
2010-yilda Bello „Law & Order: Special Victims Unit“ filmining ikkita epizodida rol oʻynaydi. Keyingi yili u 13 epizoddan soʻng bekor qilingan „Prime Suspect“ serialida rol oʻynaydi. 2011-yilda u CQ Matrix kompaniyasining taʼsischilar kengashi aʼzosi boʻladi, kompaniya oʻzining oʻsha paytdagi hamkori Clare Munn tomonidan mijozlarga „oʻzgaruvchan hayot va aqlli almashinuv kuchi“ ga erishishda yordam berish uchun, ularning aloqa koeffitsientini oshiradi. 2014-yilda u James Wan tomonidan ishlab chiqarilgan „Demonic“ trillerida Frank Grillo bilan birga rol oʻynaydi.
Gumanitar faolligi 2010-yildagi Gaiti zilzilasidan keyin Bello Aleda Frishman, Alison Thompson va Barbara Guillaume bilan birgalikda WE ADVANCE kompaniyasiga asos soladi. Bu gaitilik ayollarni sogʻliqni saqlashni ustuvor yoʻnalishga aylantirish va oʻz jamoalarida oilaviy zoʻravonlikka chek qoʻyishda hamkorlik qilishga undaydigan tashkilotdir. Hozir tashkilot Cité Soleil shahridagi sogʻliqni saqlash klinikasi va jamoatchilik bilan aloqa markazida joylashgan. Bello, shuningdek, Darfurdagi mojaroda genotsid qurbonlari nomidan faollik koʻrsatuvchi NNT Darfur Ayollar harakat guruhining boshqaruv aʼzosi hisoblanadi.
Shaxsiy hayoti Belloning sobiq sevgilisi Den McDermottdan Jackson ismli oʻgʻli bor. 2013-yil noyabr oyida u oʻsha paytdagi sherigi Clare Munn bilan bir jinsli munosabatlar haqida yozgan. U " Whatever, Love Is Love: Questioning the Labels We Give Ourselves (Dey Street Books, 2015-yil 28-aprel).
2020-yil fevral oyida 92-Oskar mukofotlari marosimida er-xotin sifatida birinchi marta omma oldida chiqish qilishda Bello oshpaz Dominique Crenn bilan 2019-yil 29-dekabrda Parijda (Fransiya) taʼtil paytida unashtirilganini eʼlon qiladi.
Filmografiyasi +FilmlardaYilSarlavhaRolIzohlar1992MaintenanceEddie1994MorphosisBoss1995Nowhere Man (American TV series)Emily Noonan1998Permanent MidnightKitty1999PaybackRosie2000Coyote UglyLil LovellDuetsSuzi Loomis2001China: The Panda AdventureRuth HarknessSam the ManAnastasia Powell2002Auto FocusPatricia Olson / Patricia Crane / Sigrid Valdis100 Mile RuleMonica2003Natalie Belisario2004Silver CityNora AllardyceSecret WindowAmy Rainey2005Assault on Precinct 13Alex SabianEdie StallAdélle2006Thank You for SmokingPolly BaileyMarcia Prior GlassFlickaNell McLaughlinWorld Trade CenterDonna McLoughlin2007JocelynTowelheadGail MonahanButterfly on a WheelAbby RandallYana bir nomi: Shattered2008MayDownloading NancyNancy StockwellThe Mummy: Tomb of the Dragon EmperorEvelyn OʻConnell2009Suky2010Sally WilcoxGrown UpsSally Lamonsoff2011Beautiful BoyKate CarrollAbductionMara HarperCarjackedLorraine2013Grown Ups 2Sally LamonsoffPrisonersGrace DoverThird PersonTheresa2014Big DriverTess Thorne2015McFarland, USACheryl WhiteDemonicDr. Elizabeth KleinBravetownMartha2016The 5th WaveSergeant ReznikThe ConfirmationBonnieLights OutSophieThe Late BloomerBrenda NewmansMax SteelMolly McGrathWait Till Helen ComesJeanYana bir video: Little Girl’s Secret2017In Search of FelliniClaire2018Every DayLindseyBetter Start RunningAgent McFaddenGiant Little OnesCarly Winter2020The Water ManSheriff Goodwin2022The Woman King Produser +Televizion rollariYilSarlavhaRolIzohlar1995Nowhere ManEmily Noonan1ta epizod1996Mr. & Mrs. SmithMrs. Smith13ta epizod1997-1998ERDr. Anna Del AmicoBosh rol (4-mavsum)2010Law & Order: Special Victims UnitVivian Arliss2ta epizod2011-2012Prime SuspectJane Timoney13ta epizod2012-2013TouchLucy Robbins13ta epizod2016GoliathMichelle McBride8ta epizod2017-2021NCISJacqueline „Jack“ SloaneBosh rol (15-18-mavsum)2017XQ Super School LiveOʻzi1ta epizodTBABeefJordanTakroriy rol, kelgusi seriya
Mukofotlar va nominatsiyalar YilMukofotKategoriyaNomzod filmNatija1997Screen Actors Guild AwardOutstanding Performance by an Ensemble in a Drama Series 2000Blockbuster Entertainment AwardsFavorite Supporting Actress — Comedy/Romance 2003Golden Globe AwardBest Supporting Actress — Motion PictureThe Cooler National Society of Film Critics AwardBest Supporting Actress Online Film Critics Society AwardBest Supporting Actress Screen Actors Guild AwardOutstanding Performance by a Female Actor in a Supporting Role Satellite AwardBest Supporting Actress — Motion Picture 2005Broadcast Film Critics Association AwardBest Supporting ActressA History of Violence Central Ohio Film Critics Association AwardBest Supporting Performance Chicago Film Critics Association AwardBest Supporting Actress Golden Globe AwardBest Actress Motion Picture — Drama Kansas City Film Critics Circle AwardBest Supporting Actress London Film Critics Circle AwardsActress of the Year New York Film Critics Circle AwardBest Supporting Actress Online Film Critics Society AwardBest Supporting Actress Satellite AwardBest Supporting Actress — Motion Picture Village Voice Film Poll AwardBest Supporting Performance 2006RiverRun International Film Festivalʼs Jury PrizeBest Actress Dixie Film Festival PrizeOutstanding Actress in a Film 2009Independent Spirit AwardBest Female Lead 2013National Board of Review AwardBest Cast
Manbalar
Havolalar
Maria Bello Twitterda Maria Bello Instagramda
Turkum:1967-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar