Baxtiyor Hamidullayev (1978-yil 7-martda tugʻilgan, Andijon, SSSR (hozirgi Oʻzbekiston) — sobiq Oʻzbek futbolchisi. Hozir „Andijon“ klubini boshqarib kelmoqda.
Faoliyati Faoliyatining eng koʻp vaqtini „Andijon“ futbol jamoasida yuqori saviyali oʻyin koʻrsatib oʻtkazgan va „Andijon“ futbol klubida oʻsha davrda faoliyat yuritgan futbolchilar ichida zamonaviy davrdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri deb topilgan. Hamidullayev 1999/2002 va 2006-yilgi mavsumlarda klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan, shuningdek, 1999-yilda 24 gol va 2002-yilda 22 gol bilan futbol boʻyicha Oʻzbekiston Ligasi toʻpurariligida yakka peshqadamlik qilganhttps://www.pfl.uz/ru/players/28. U Oʻzbekiston Ligasi, Kubogi va milliy terma jamoasi safida 190 dan ortiq gol urgan, Gennadiy Krasnitskiy klubining oʻzbek toʻpurarlari klubi aʼzosi. U futbolchilik faoliyatini 2011-yilda yakunlagan va oxirgi mavsumda „Andijon“ jamoasida oʻynagan.
Xalqaro Baxtiyor Hamidullayev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 8 ta oʻyin asosiy tarkibda maydonga tushib, 3 bora raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan. Uning xalqaro maydondagi Terma jamoa safida ishtirok etgan oʻyinlari orasida 2001-yilda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan Merdeka turniri alohida ajralib turadi, unda Oʻzbekiston terma jamoasi birinchi marta gʻolib chiqqan edi. Hamidullayev 3 ta uchrashuvda ham asosiy tarkibda maydonga tushib 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Uning Bosniya va Gersegovinaga qarshi kechgan final bahsida qoʻshimcha vaqtda kiritgan oltin goli Oʻzbekiston terma jamoasiga 2:1 hisobida gʻalabasiga sabab boʻlib, Oʻzbekistonga chempionlikni olib kelgan.
Yutuqlari
Milliy terma jamoa
Merdeka turniri : 2001-yil
Shaxsiy yutuqlar
Oʻzbekiston Oliy ligasi toʻpurari (2): 1999, 2002 Gennadiy Krasnitskiy klubi : 191 gol
Karyera statistikasi
Xalqaro Kattalar terma jamoasi tarkibida urilgan gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.22.06.2001 Kuala-Lumpur, Tailand 1 — 0 1-0 2001-yil Merdeka turniri 2.26.06.2001 Kuala-Lumpur, Tailand 1 — 0 2-1 2001-yil Merdeka turniri 3.30.06.2001 Kuala-Lumpur, Tailand 2 — 1 2-1 2001-yil Merdeka turniri Manbalar
Havolalar
Baxtiyor Hamidullayev FootballFacts.ru saytida Baxtiyor Hamidullayev Transfermarkt (murabbiy) Baxtiyor Hamidullayev Transfermarkt (futbolchi) Baxtiyor Hamidullayev Soccerway Baxtiyor Hamidullayev NFT saytidagi profili
Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Shahrixonda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Shahrixon klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Andijon futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2002 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari