Och tutun rangli albatrosБёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 15. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0. () — albatrossimonlar oilasiga mansub dengiz qushi.

Tavsif Och tutun rangli albatros uzunligi 80 sm gacha boʻlgan tutun rangli albatros. Bosh, tomoq, qanot va dumining patlari toʻq jigarrang, tanasining qolgan qismi kulrang, pastki qismlari jigarrang-kulrang. Tumshugʻi uzunligi 105 mm, rangi qora. Yosh qushlarda boʻyin va orqa tomon jigarrang, koʻz atrofida oq, kulrang doiralar va tumshugʻida kulrang-sariq chiziq oʻrniga jigarrang mavjud. Qushlarning vazni 2,5 dan 3,7 kg gacha. Qanotlari 1,8 dan 2,2 m gacha. Oʻrtacha umr koʻrishi 40 yil.

Tarqalish Ushbu qushlar Janubiy Okean orollarida joylashgan: Shahzoda Eduard, Amsterdam, SentPol, Heard oroli va Makdonald orollari, Kempbell, Oklend, Antipod orollari, Janubiy Jorjiya, Krozet, Kerguelen, Makquari.

Koʻpayish Ushbu tur boʻshashgan koloniyalarda yoki kichik guruhlarda koʻpayadi, baʼzan esa yolgʻiz holatda koʻpayishi mumkinBirdLife International (2008). Uyasini gʻarbiy shamollardan himoyalangan oʻsimliklar bilan qoplangan jar yoqasida yoki tik qiyalikda quradi. Tuqizlishi jihatdan u torf va loydan iborat boʻlgan past tepalik boʻlib, balandligi 15–30 sm (5,9–11,8 dyuym) va tagida eni 45–55 sm (18–22 dyuym) boʻlib, tepasida chashka oʻralgan chuqurchaga ega boʻladi. U oʻsimlik tanalari va oʻt qoplamasidan quriladi. Ular taxminan oktabr yoki noyabr oylarida bitta tuxum qoʻyadi. Ikkala jins ham navbatma-navbat inkubatsiya jarayonida tuxumni bosib yotadi. Inkubatsiya jarayoni 65 dan 72 kungacha davot etadiRobertson, C. J. R. (2003). Joʻjalar tuxumdan chiqganidan keyin 20 kun davomida navbatma-navbat boqiladi, shundan soʻng ular uyalarida yolgʻiz qoladilar, kattalar esa joʻjalarni boqish uchun ozuqa izlab ketishadi. Juftliklar bir juft boʻlib yashashi oʻnlab yillar davom etishi mumkin, ular naslchilik joyida murakkab uchrashish namoyishlari orqali yangilanadi. Qushlar oʻrtacha 8—15 yoshida koʻpayishni boshlaydilar, shundan soʻng ular ikki yilda bir marta koʻpayib, har besh yilda bir joʻja chiqaradiKerkove, B. & Lindsay, A. (2008).

Oziqlanish Ularning asosiy ozuqasi boshoyoqli molyuskalar va qisqichbaqalar, shuningdek, boshqa qisqichbaqasimonlar va baliqlardir.

Manbalar

Turkum:Qushlar Turkum:Alifbo boʻyicha hayvonlar Turkum:Albatroslar