Oleg Nikolaevich Mednyx (1966-yil 17-martPo dannim lichnoy stranichki v sotsseti, rodilsya 21 yanvarya 1966 v Fergane) — sovet va oʻzbek futbolchisi, hujumchisi va yarim himoyachisi.

Biografiyasi Oleg 1982-yili „Shahrixonchi“ (Shahrixon) klubi tarkibida kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda debyut qilib, jamoa bilan ikki mavsum ikkinchi ligada oʻynagan. 1983-yili Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida ham bitta oʻyin oʻtkazgan. Keyinchalik ikkinchi ligada „Neftchi“ (Fargʻona) va „Zarafshon“ (Navoiy) klublarida toʻp surgan. 1989-yilda tanaffusdan soʻng yana kattalar musobaqasiga qaytib bir yarim mavsumni Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida oʻtkazgan.

1990-yillar boshida SSSR ikkinchi quyi ligasining „Drujba“ (Budyonnovsk), Rossiya birinchi ligasining „Atommash“ (Volgodonsk) jamoalarida oʻynagan.

Markaziy Osiyoga qaytganidan soʻng Qirgʻiziston oliy ligasida „Oq-Maral“ (Toʻqmoq), Oʻzbekiston oliy ligasida „Atlaschi“ (Margʻilon) safida toʻp surgan. 1997-yilda „Temiryoʻlchi“ tarkibida Oʻzbekiston birinchi ligasi gʻolibiga aylangan boʻlsa, keyingi yili ushbu klub safida oliy ligada bitta oʻyin oʻtkazgan.

Shaxsiy hayoti Otasi Nikolay Vasilyevich (1938—1989) ham futbolchi boʻlgan, „Neftchi“ (Fargʻona) va boshqa bir qator klublarda oʻynagan. Keyinchalik murabbiylik faoliyati bilan shugʻullangan.

Manbalar

Havolalar

Profil na sayte FootballFacts.ru

Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:17-martda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Shahrixon klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Atlaschi FC futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Budennovsk Jhemchujina FK futbolchilari Turkum:FC Atommash futbolchilari Turkum:Oq-Maral FK futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar