Andrey Andreyevich Mostovoy ( ; 1997-yil 5-noyabrda tugʻilgan) — Rossiyalik professional futbolchi, Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubida oʻynaydi. U asosan chap qanotda vinger vazifasini bajarishiga qaramay, oʻng qanotda ham bemalol oʻynay oladi.
Jamoalardagi faoliyati Mostovoy Rossiya Professional Futbol Ligasida 2016-yilning 10-aprelida FSK Dolgoprudniy jamoasida „Znamya Truda Orexovo-Zuyevo“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan va jamoasining 2:0 hisobidagi gʻalaba qozonilgan debyutida o'zining va jamoasining ilk golini kiritgan.
2019-yilning 19-iyulida u Sochi PFKga 2019-20-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida qoʻshilgan va Sochiliklar tarkibida o'ynay boshlagan.
Ijaradan qaytgach, 2020-yil 7-avgust kuni u Sankt-Peterburgning „Zenit“ jamoasi tarkibida „ Zenit“ gʻalaba qozongan Rossiya Superkubogi-2020 oʻyinida zahira oʻyinchisi sifatida debyut qilgan.
2021-yilning 5-mayida u „Zenit“ bilan shartnomasini 2023-24-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan.
Xalqaro karyera Mostovoy ilk bor Rossiya terma jamoasiga 2020-yil sentabr oyida UEFA Millatlar Ligasining Serbiya va Vengriyaga qarshi oʻyinlariga chaqirilgan. U 2020-yilning 8-oktabrida Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.
2021-yil 11-may kuni u UEFA Yevro-2020 uchun kengaytirilgan 30 kishilik dastlabki tarkibga kiritilgan. 2021-yil 2-iyunda u yakuniy tarkibga kiritilgan. 2021-yil 11-iyun kuni u COVID-19 testi ijobiy chiqqanidan soʻng tarkibdan chetlashtirilgan va uning oʻrniga Roman Yevgenyev tayinlangan.
U ilk xalqaro golini 2021-yilning 11-noyabrida Jahon chempionati saralashida Kipr terma jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan.
Karyera statistikasi
thumb|250x250px thumb|250x250px Klub + Klub Mavsum Liga KubokQitʼa Boshqa JamiDivizionOʻyin Gol OʻyinGolOʻyin GolOʻyin GolOʻyin Gol Dolgoprudniy 2015-16 PFL 10 2 - - - 10 2 Ximki 2016-17 FNL 29 1 2 0 - - 31 1 2017-18 34 3 1 0 - - 35 3 2018-19 20 0 2 0 - 2 0 24 0 Jami 83 4 5 0 0 0 2 0 90 4 Zenit-2 Sankt-Peterburg 2018-19 FNL 13 5 - - - 13 5 Sochi 2019-20 Rossiya Premer-ligasi 25 6 1 0 - - 26 6 Zenit Sankt-Peterburg 2020-21 26 6 1 0 5 0 1 0 33 6 2021-22 28 5 2 2 7 0 1 0 38 7 Jami 54 11 3 2 12 0 2 0 71 13 Karyera jami 185 28 9 2 12 0 4 0 210 30
Xalqaro
Xalqaro maydondagi gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.11.11.2021 Krestovskiy stadioni, Sankt-Peterburg, Rossiya 3 — 0 6-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
Yutuqlar
Klub Zenit Sankt-Peterburg
Rossiya Premer-ligasi : 2020-21 2021-22 Rossiya Superkubogi : 2020 2021 2022
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar