Guilherme Alvim Marinato ( 1985-yil 12- dekabrda tugʻilgan) – Braziliyalik professional futbolchi, Moskvaning „Lokomotiv“ klubida darvozabon sifatida oʻynaydi. Braziliyada tugʻilgan Guilherme Rossiya fuqaroligini olgan va Rossiya milliy futbol jamoasi vakili hisoblanadi.
Jamoalardagi faoliyati
Atletiko Paranaense U 2005-yil 13-fevralda Campeonato Paranaenseda Nacional Atletico Clube mehmoni boʻlib, 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan tarzda Atletiko Paranaense uchun professional debyutini oʻtkazgan. Gilyerme Marinato klub safidan yuqoriga koʻtarilib, 2007-yilgi mavsumda 18 liga oʻyinlari va Braziliya kubogida uchta oʻyin oʻtkazgan.
2007-yilning avgustida Giyerme Marinato Moskvaning Lokomotiv klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan va Rossiya futbolidagi birinchi braziliyalik darvozabonga aylangan. Unga 85-raqamli futbolka topshirilgan. 2007-yilda u asosiy tarkibda birorta ham oʻyin oʻtkazmagan, oʻrinbosarlar safida bor-yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazgan.
Gilerme Marinato 2009-yil 12-iyulda Rossiya Premer-ligasida Tomskga qarshi oʻyinda (0:0) oʻzining rasmiy debyutini oʻtkazgan, oʻshandan beri "Lokomotiv"ning asosiy darvozaboni boʻlib kelmoqda. 2010-yilda Giyerme forma raqamini 85 dan 1 ga oʻzgartirgan. Bu mavsumda u liganing barcha 30 uchrashuvida maydonga tushgan. 2010-yil 19-avgustda Giyerme UEFA Yevropa ligasidagi debyutini " Lozanna-Sport „ga qarshi oʻtkazgan.
2013-yilning fevral oyida Kiprdagi qishki lagerda Giyerme Marinato bosh murabbiy Slaven Bilich tomonidan “Lokomotiv " sardori etib tayinlangan. 2013-yil iyul oyida Giyerme Marinato „Lokomotiv“ muxlislari oʻrtasidagi oylik tanlovida gʻolib chiqdi va oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. U 2014-yil 28-iyulda CSKAga qarshi oʻyinda xoch boylamlari jarohatidan keyin olti oyni oʻtkazib yuborgan va keyingi yilning bahorida asosiy jamoaga qaytgan. Bu mavsum Gilerme uchun Lokomotivda eng muvaffaqiyatli boʻlgan, Loko bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
2015-yil mart oyida uning oʻyinlari unga yana bir bor „Lokomotiv“ jamoasining oyning eng yaxshi futbolchisi unvonini taqdim etgan.
2022-yilning 23-may kuni Giyerme „Lokomotiv“ bilan 2024-yilning iyuniga qadar yangi shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati Guilherme Marinato Braziliyada tugʻilib oʻsgan. U Rossiya fuqaroligini olgan va 2015-yilning 22-noyabr kuni futbol boʻyicha Rossiya milliy terma jamoasi safida Litva va Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirilgan. U 2016-yilning 26-martida Otkrytiye Arenada debyutini oʻtkazgan va oʻyinda hamkasbi Stanislav Kritsyuk oʻrniga ikkinchi boʻlimda maydonga tushgan Rossiya terma jamoasi 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. U UEFA Yevro-2016da Rossiya terma jamoasiga kiritilgan, biroq birorta ham oʻyin oʻtkazmagan.
2018-yilning 11-may kuni u Rossiya terma jamoasining 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatining kengaytirilgan tarkibiga zaxira 5-darvozabon sifatida kiritilgan. U jahon chempionatining yakuniy tarkibiga kiritilmagan. Igor Akinfeev jahon chempionatidan keyin terma jamoadagi faoliyatini tugatgandan soʻng, Giyerme Andrey Lunyov bilan raqobatlashib, jamoaning birinchi darvozaboniga aylangan.. Yevro-2020 saralashining 10 ta oʻyinidan 6 taoʻyin oʻtkazib, atigi 8 ta gol oʻtkazib yuborgan.
Shaxsiy hayot Marinato rus tilini yaxshi biladi. 2015-yil 22-noyabrda Gilerme Rossiya fuqaroligini olgan va Rossiyani xalqaro miqyosda himoya qilish huquqini olgan.
Faoliyat statistikasi
Klub KlubMavsumLigaKubokBoshqaContinentalJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAtlético Paranaense2005A Seriya0000?000?0200600?0?0—?0200718030?0—210Jami18030 ?00021+0Lokomotiv Moscow2007RPL0000——0020080000——00200917000——170201030010—203302011-1240020—805002012-1311000——1102013-146000——602014-1519040—202502015-163000010803902016-1729040——3302017-182300010703102018-193005010604202019-202400010503002020-212504010603602021-22190001040240Jami3030200604803770Kareyerada jami31702306+0480394+0
Yutuqlar
Atletiko Paranaense
Kampeonato Paranaense : 2005-yil
Lokomotiv Moskva
Rossiya kubogi : 2014-15, 2016-17, 2018-19 2020-21 Rossiya Premer-ligasi : 2017-18 Rossiya Superkubogi : 2019
Shaxsiy yutuqlar
Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi darvozaboni: 2020-21
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:CA Paranaense futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Moskva futbolchilari Turkum:Serie A (Braziliya) futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Mahalliylashtirilgan futbolchilar