Vyacheslav Sergeyevich Karavayev ( 1995-yil 20-mayda tugʻilgan) — Rossiyalik professional futbolchi, Rossiya Premer-ligasida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Karavaev 2013-yilning 2-dekabrida „Rostov“ ga qarshi oʻyinda CSKA jamoasi tarkibida Rossiya Premer-ligasida debyut qilgan.
Karavaev 2014-yilning yozida Chexiya Birinchi Ligasining „Dukla Praga“ klubiga bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan.
2016-yil 16-avgustda u Chexiyaga qaytib keldi va Praganing Sparta klubi bilan doimiy asosda shartnoma imzolagan.
2018-yilning 31-yanvarida u Eredivizionning " Vitess " klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi va u uchun 2,5 million yevro toʻlangan.
2019-yilning 2-sentabrida u Rossiya Premer-ligasi chempioni Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati 2019-yil 11-mart kuni u Rossiya terma jamoasiga, 2019-yilning 21-martida Belgiyaga, 2019-yilning 24-martida esa Qozogʻistonga qarshi Yevro-2020 saralash oʻyinlariga chaqirilgan. U 2019-yilning 13-oktabr kuni Yevro—2020 saralashida Kiprga qarshi oʻyinda debyut qilgan. U 38-daqiqada Petrovning jarohati tufayli Sergey Petrovning oʻrniga zahiradan maydonga tushgan.
2020-yil 3-sentabrda u Rossiya terma jamoasi safidagi ilk golini UEFA Millatlar ligasi 2020-21 oʻyinida Serbiya darvozasiga kiritgan.
2021-yil 11-may kuni u UEFA Yevvro-2020 uchun kengaytirilgan 30 kishilik dastlabki tarkibga kiritilgan. 2021-yil 2-iyunda u yakuniy tarkibga kiritilgan. 2021-yil 12-iyun kuni Rossiyaning Belgiyaga qarshi dastlabki oʻyinida u birinchi boʻlim oxirida jarohat olgan Yuriy Jirkovning oʻrniga maydonga tushgan. Rossiya 0:3 hisobida magʻlub boʻlgan. 16-iyun kuni Finlandiyaga qarshi kechgan ikkinchi oʻyinda u yana birinchi boʻlimda jarohat olgan jamoadoshi oʻrniga maydonga tushishga majbur boʻlgan, bu safar Rossiyaliklar oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. U 21-iyun kuni Daniyaga qarshi guruhdagi soʻnggi oʻyinda ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan, Rossiya 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan va musobaqani tark etgan.
Faoliyat statistikasi
thumb|250x250px
thumb|250x250px
thumb|250x250px thumb|250x250px Klub KlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolCSKA Moscow2013-14RPL2010100040Dukla Prague (Ijara)2014-15Checiya birinchi ligasi29000——290Jablonec (Ijara)2015-162937040—403Sparta Prague2016-172731091—3742017-18302020—70Jami30330111—444Vitesse2017-18Eredivisie110——401502018-193314040404512019-2051———51Jami492404080652Zenit St. Petersburg2019-20RPL2015060—3112020-212531050103232021-22170105010240Jami6247016020874Karyerada jami2011222036110026913
Xalqaro maydondagi gollar Raq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.03.09.2020 VTB Arena, Moskva, Rossiya 2 — 0 3-1 2020-21 UEFA Millatlar ligasi B 2.01.06.2021 Stadion Miejski, Vrotslav, Polsha 1 — 1 1-1Oʻrtoqlik
Yutuqlar
Klub
CSKA Moskva
Rossiya Premer-ligasi : 2013-14
Zenit Sankt-Peterburg
Rossiya Premer-ligasi : 2019-20 2020-21 2021-22 Rossiya kubogi : 2019-20 Rossiya Superkubogi : 2020 2021
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:PFK SSKA Moskva futbolchilari Turkum:FK Dukla Prague futbolchilari Turkum:FK Jablonec futbolchilari Turkum:AC Sparta Prague futbolchilari Turkum:SBV Vitesse futbolchilari Turkum:FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Chexiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari