Gerhard „Gerd“ Müller () – Olmoniyalik futbolchi. Jahon, Yevropa va 3 karra Yevropa Chempionlar kubogi gʻolibi.

1945-yil 3-noyabrda Germaniyaning AQSH armiyasi egallab turgan qismi – Bavariyaning Nyordlingen hududida tavallud topgan."Bavariya" va Olmoniya terma jamoasida hujumchisi boʻlgan. Futbol tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biri.

Terma jamoa tarkibida xalqaro miqyosda 62 ta oʻyinda 68 ta gol urgan. „Bavariya“ safida 15 yil davomida milliy chempionatda 427 ta oʻyinda 365 ta gol urdi. Yevrokuboklarda 74 ta oʻyinda 65 ta gol urdi. Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida 21-oʻrinni egallaydi. Eng yaxshi toʻpurarlar orasida har bir oʻyinda gol urish boʻyicha uchinchi oʻrinni egallaydi.

1970-yil Müller Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. „Bavariya“dagi muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, 1970-yilgi Jahon chempionatida 10 ta gol urib, musobaqaning eng yaxshi toʻpurari sifatida „Oltin butsa“ni qoʻlga kiritgan. 1972-yilgi Yevropa chempionati finalida 2 ta gol urib eng yaxshi toʻpurarga aylangan. Ikki yil oʻtgach Jahon chempionatida 4 ta gol urgan.

Mundiallarda 14 ta gol urgan Müller 32 yil davom etgan rekordni oʻrnatgan. Uning rekordi avval braziliyalik Ronaldo tomonidan, keyin esa hamyurti Miroslav Klose tomonidan rekord yangilangan. 1999-yilda Yevropaning „Asrning eng yaxshi futbolchisi“ reytingida 9-oʻrinni egalladi. Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) „Asrning eng yaxshi futbolchisi“ reytingida 13-oʻrinni egalladi. 2004-yilda Pele Müllerni FIFA 100 roʻyxatiga kiritgan.

Tarjimai holi Gerd Müllerning otasi Heinrich Müller yuk mashinasi haydovchisi boʻlib ishlagan, onasi Karolina uy bekasi edi. Gerd oilada olti farzandning eng kichigi edi.

Müller olti yoshidan futbol oʻynashni boshlagan va futbolga juda qiziqib qolgan. 15 yoshida otasi vafotidan keyin maktabni tashlab paxta zavodida ishlashga majbur boʻldi. Ammo Gerd barcha boʻsh vaqtini sevimli mashgʻuloti futbolga bagʻishlaganGerd Myuller „Ya bombardir iz Nyordlingena“.

Klubdagi faoliyati thumb|221x221px| 1967-yilda toʻpga dastxat qoʻymoqda. Uning oʻng tomonida Franz Beckenbauer va Werner Olk Müller professional futbolchilik faoliyatini 1960-yilda „TSV-1861“ klubida boshlagan. 1964-yilda Myunxenning „Bavariya“ klubiga koʻchib oʻtgan. Müller quyi ligada oʻynashga ham rozi boʻlgan. Gerdning jamoadoshlari boʻlajak nemis futbol yulduzlari Franz Beckenbauer va Sepp Mayer edi. Bir mavsum oʻtgach, klub Bundesliga oʻynashni boshlagan.

Müller 1960—1970-yillarda Yevropa futbolining deyarli barcha sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Gerd bu gʻalabalarga munosib hissa qoʻshgan. Bundesligada 427 ta oʻyinda 365 ta gol (oʻzidan keyingi hujumchi Klaus Fischerdan 97 ta koʻp) urgan. 1971/72-yilgi mavsumda 40 ta gol urdi va bir mavsumda gol urish boʻyicha Bundesliga rekordini oʻrnatgan. Robert Lewandowski 2020/2021-yilgi mavsumda 41 ta gol urganiga qadar bu rekord saqlanib qolgan. Bundan tashqari Müller Yevrokuboklardagi urilgan gollar boʻyicha rekordchiga aylangan. Gerd Yevrokuboklarda 77 ta oʻyinda 69 ta gol urgan (2010-yil 20-oktyabrda bu rekord ispaniyalik Raúl González tomonidan yangilangan). Gerd 1970/1971-yilgi „Yarmarkalar kubogi“ musobaqasida ham 7 ta gol urgan. Bu musobaqa UEFA tomonidan oʻtkazilmagan edi. Gerdning bir taqvimiy yilda eng koʻp gol urish boʻyicha rekordi uzoq yillar yangilanmagan. Müller 1972-yilda 85 ta gol urgan. 2012-yilda Lionel Messi bu rekordni yangiladi.

1979-yilda Müller Amerika Qoʻshma Shtatlarga joʻnab ketgan. Shimoliy Amerika futbol ligasining „Fort-Lauderdale Strikers“ klubida 3 mavsum davomida oʻynagan. Bu mavsumlarda 40 ta gol urgan. U jamoasi bilan „Soccer Boul“ musobaqasi finaligacha chiqdi va finalda „New-York Cosmos“ klubiga 0:3 hisobda magʻlub boʻlishgan.

Terma jamoadagi faoliyati Gerd Olmoniya terma jamoasidagi debyutini 1966-yil 12-oktyabrda Turkiyaga terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Terma jamoada 62 ta oʻyin oʻtkazib, 68 ta gol urgan. Müller oʻtkazgan oʻyinlaridan koʻra urgan gollari koʻp boʻlgan kam sonli futbolchilardan biridirTurkey vs West Germany, 12 October 1966.

Futbolchi terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini Germaniyada boʻlgan 1974-yilgi Jahon chempionati finalida oʻtkazgan. Finalda Gʻarbiy Germaniya Gollandiya terma jamoasini 2:1 hisobda magʻlub etgan va oltin toʻpni Müller olgan edi. Müller 28 yoshida terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Bunga sabab sifatida esa oilasi bilan koʻproq vaqt oʻtkazishini aytgan.

Futbolchilik faoliyatidan soʻng 1982-yil nafaqaga chiqqan Gerd depressiyaga tushib, alkogolga ruju qoʻygan. Uning klubdagi doʻstlari davolanish kursi oʻtashga koʻndirishgan. Keyin unga „Bavariya“ havaskorlar jamoasiga murabbiylik qilishni taklif etishganwww.abendblatt.dewww.faz.net. Adidas kompaniyasi Gerd Müller nomi bilan liboslar kolleksiyasini chiqargan.

2015-yilda Gerd qariyalar uyiga tushib qoldi. Bu vaqtda alsgeymer kasalligi bilan ogʻrigan ediBOLYeZN GYeNIYa. KAK GYeRD MYuLLYeR ZAKANChIVAYeT JIZN V DOMYe PRYeSTARYeLIX.

Gerd xotini bilan ajrashgan va qizi bor. 2021-yil 15-avgustda 75 yoshida vafot etgan.

Yutuqlari right|thumb|336x336px|Gerd Müller Jahon kubogi bilan. 1974-yil. Bavariya safida 4 marta Germaniya chempioni – 1969, 1972, 1973, 1974. 4 marta Germaniya kubogi sohibi – 1966, 1967, 1969, 1971. 3 marta UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi – 1974, 1975, 1976. UEFA kubok egalari kubogi sohibi – 1967. Qitʼalararo kubok sohibi – 1976.

Germaniya terma jamoasida Jahon chempioni – 1974. Yevropa chempioni – 1972.

Individual yutuqlar „Oltin toʻp“ sohibi – 1970 „Oltin butsa“ sovrindori – 1970, 1972 Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi – 1967, 1969 Germaniya chempionatining eng yaxshi toʻpurari-1967, 1969, 1970, 1972, 1973, 1974, 1978 Gʻarbiy Germaniya kubogi toʻpurari – 1967, 1969, 1971 Yevropa Chempionlar kubogi toʻpurari – 1972/73, 1973/74, 1974/75, 1976/77 Jahon chempionati toʻpurari – 1970 1972-yilgi Yevropa Chempionati saralashining eng yaxshi toʻpurari – 7 gol Yevropa chempionatining eng yaxshi toʻpurari – 4 gol Bundesliga tarixidagi eng yaxshi toʻpurar – 365 ta gol. Gʻarbiy Germaniya kubogi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar – 78 gol. „Bavariya“ tarixidagi eng yaxshi toʻpurar – 571 gol. Bir mavsumda barcha musobaqalarda gollar soni boʻyicha „Bavariya“ rekordchisi – 67 gol. Nemis futbolchilari orasida Yevrokuboklarda gol urish boʻyicha rekordchi – 66 gol. FIFA „Xizmatlari uchun“ ordeni sohibi – 1998. FIFA-100 roʻyxatiga kiritilgan. „Golden Foot“ mukofoti sovrindori („Futbol afsonalari“ yoʻnalishi boʻyicha) – 2007 „Bravo Otto“ mukofoti sovrindori Oltin haykalcha – 1973, 1974 Kumush haykalcha – 1975 Bronza haykalcha – 1972, 1976 IFFHS nashri Yevropaning XX asrdagi ramziy terma jamoasi roʻyxatiga kiritgan

Manbalar

Havolalar

Gerd Müller – Player profile at FIFA.com Portrait of Gerd Müller at FIFA.com Statistics on Müller’s matches and goals // RSSSF

Turkum:Erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Bayern Munich futbolchilari Turkum:Germaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oltin toʻp sohiblari Turkum:FIFA 100 Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:1970-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:1974-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasining eng yaxshi toʻpurarlari