Annemieke Kiesel (turmushga chiqquncha Griffioen, 1979-yil 30-noyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq futbolchi va murabbiy. U Gollandiya, Qo'shma Shtatlar, Angliya va Germaniya klublarida o'ynagan, Gollandiya va Germaniya klublari bilan unvonlarni qo'lga kiritdi. U shuningdek, 1995—2011-yillar oralig'ida Gollandiya terma jamoasida o'ynagan va 156 o'yin bilan nafaqaga chiqqan, bu natija uni Gollandiya terma jamoasida (erkaklar va ayollar) barcha davrlarda eng ko'p o'yin o'tkazgan ikkinchi futbolchiga aylantirgan. Futbolchilik faoliyatidan so'ng u murabbiylik faoliyatini boshladi va murabbiy yordamchisi yoki bosh murabbiy sifatida ishlagan.
Jamoalardagi faoliyati Kockengen shahrida tug'ilgan, u 7 yoshida Nieuver Ter Aa shahridagi OSV Nita havaskorlar klubida futbol o'ynashni boshlagan, klubda qizlar jamoasi yo'q edi, u o'g'il bolalar jamoasida o'ynagan. 11 yoshida u klubini o'zgartirdi va CS Vilnisning qizlar jamoasida o'ynadi va bir necha yildan so'ng klubning birinchi ayollar jamoasida o'ynagan. 1994-yilda u Hoofdklasse (birinchi divizion) klubi SV Saestumga keldi va u yerda 10 yil o'ynadi, olti marta Gollandiya ligasi va uch marta Gollandiya kubogini qo'lga kiritdi. U 2002-yilning 25-sentyabrida 2002-03-yilgi UEFA ayollar kubogi doirasidagi SK Trondxayms-Ornga qarshi o'yinda debyut qilgan.
2004-yilning yozida u Gollandiyani tark etdi va Qo'shma Shtatlarga jo'nadi va u yerda 2004-yilgi USL W-League mavsumida Charlotte Lady Eagles uchun 8 ta o'yin o'tkazgan.
O'sha yili (2004) u Yevropaga qaytib keldi, Angliya FA Ayollar Premer-ligasi klubi Bristol Academyga qo'shildi va jami 20 o'yin o'tkazib(16 liga va 4 kubok) o'zining bir mavsumida 5 gol (3 liga va 2 kubok) urdi.
2005-yilda u Germaniya Bundesligasining FCR 2001 Duisburg klubiga qo'shildi. U klubda ligada g'alaba qozona olmadi, to'rt marta ikkinchi o'rinni egalladi, lekin ikki marta Germaniya kubogini qo'lga kiritdi(2008-09 va 2009-10) va 2008-09da UEFA ayollar kubogini qo'lga kiritdi. 2010-11-yilgi mavsumdan so'ng u futboldagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. CR 2001 Duisburg uchun barcha musobaqalarda (104 liga o'yini) 120 dan ortiq rasmiy o'yinlarda qatnashdi.
Xalqaro karyera Uning Gollandiya ayollar terma jamoasidagi debyuti 16 yoshida, 1995-yil 9-dekabrda 1997-yilgi UEFA Ayollar yevro saralashi doirasidagi Fransiyaga qarshi oʻyinda boʻlgan. Yillar davomida u muntazam ravishda asosiy tarkibga kiritildi va ko'plab o'yinlarda maydonga tushdi, lekin jamoa faqat kichik turnirlarda o'ynadi (u 2001-yilgi Universiadada kumush medalni qo'lga kiritgan), chunki u asosiy o'yinlarga qatnasha olmagan.
UEFA Ayollar Yevro-2009da, ayollar jamoasi o'ynagan birinchi yirik turnirda Kiesel-Griffioen juda yaxshi turnir o'tkazgan va Gollandiya yarim himoyasida muhim rol o'ynagan. Jamoa guruh bosqichida Ukraina va Daniyani mag'lub etdi (Finlandiyaga yutqazdi), keyin chorak finalda Fransiyani (penaltilar seriyasida) mag'lub etdi va yarim finalda yana bir bor penaltilar seriyasiga 3 daqiqa qolganida, gol o'tkazib mag'lubiyatga uchradi. Yarim final uchrashuvi Kizel-Griffioenning Gollandiya termasi uchun 141-uchrashuvi bo'ldi (Marlin Vissink rekordiga teng).
Uning 2011-yil 18-may kuni Shimoliy Koreyaga qarshi milliy terma jamoadagi oʻyini uning 156-uchrashuvi boʻldi va bu ocirgi o'yin bo'lgan.
Xalqaro maydondagi gollar
thumb|300x300px GolSanaJoyRaqibNatijaHisobTurnir1.06.03.1996Sportpark Budel, Budel, GollandiyaBelgiya3–04–0O'rtoqlik2.08.09.1996Stadion SK Union Vršovice, Prague, ChexiyaChexiya 1–12–11997 UEFA Yevro saralash3.14.08.1997Sportpark De Kloet, Grootebroek, GollandiyaAvstraliya1–01–1O'rtoqlik4.16.09.1997KNVB Academy, Zeist, GollandiyaBelgiya1–03–05.01.04.2000Polman Stadion, Almelo, GollandiyaIspaniya1–11–22001 UEFA Yevro saralash6.18.09.2000Sportpark Panhuis, Veenendaal, GollandiyaShotlandiya2–13–1O'rtoqlik7.14.10.2000Sportcentrum Bük, Bük, VengriyaVengriya3–03–02001 UEFA Yevro saralash8.06.03.2001Sportpark De Hoge Neerstraat, Etten-Leur, GollandiyaBelgiya3–15–1O'rtoqlik9.08.05.2001West Lothian Courier Stadium, Livingston, ShotlandiyaShotlandiya1–04–010.23.03.2002Zuiderpark Stadion, The Hague, GollandiyaAngliya1–21–42003 FIFA jahon kubogi saralash11.27.11.2002Sportpark Rijsoord, Ridderkerk, GollandiyaBelgiya2–04–0O'rtoqlik12.3–013.11.07.2009Olympic Stadium, Amsterdam, GollandiyaShveysariya3–05–014.29.10.2009Oosterenkstadion, Zwolle, GollandiyaShimoliy Irlandiya1–013–12011 FIFA jahon kubogi saralash15.4–016.9–017.10–118.01.04.2010NTC Stadion, Senec, SlovakiyaSlovakiya1–01–019.03.04.2011Kras Stadion, Volendam, GollandiyaShotlandiya5–16–2O'rtoqlik
Murabbiylik karyerasi Futbolchi sifatida nafaqaga chiqqanidan beri u ayollar jamoalariga murabbiylik qilishni boshladi va birinchi marta 2011-yilda Gollandiyaning VVV-Venlo klubiga yordamchi murabbiy etib tayinlandi. U Duysburgga qaytib, 2012 va 2014-yillarda FCR 2001 Duisburg va keyinchalik MSV Duisburg (2014-yilda FRC 2001 Duisburgni qabul qilgan) yoshlar jamoalarida yordamchi va bosh murabbiy sifatida ishlagan. U murabbiylikdan voz kechdi va Gollandiya Qirollik Futbol Assotsiatsiyasida (KNVB) skaut sifatida ishladi, 2013-yilgi UEFA Ayollar Yevro va 2015-yilgi FIFA Ayollar Jahon chempionatida raqiblarni kuzatdi va KNVB xodimlarini ular haqida xabardor qildi.
Yutuqlar
Klublar
SV Saestum
Hoofdklasse : Gʻolib (6) 1995–96, 1996–97, 1997–98, 1998–99, 1999–2000, 2001–02 Gollandiya kubogi gʻolibi (3) 1997–98, 1998–99, 2003–04
FCR 2001 Duisburg
Bundesliga : 2-oʻrin (4) 2005–06, 2006–07, 2007–08, 2009–10 Germaniya kubogi gʻolibi (2) 2008–09, 2009–10, 2-oʻrin (1) 2006–07 Ayollar o'rtasidagi UEFA kubogi : g'olib (1) 2008–09 Eng yaxshi futbolchi Hoofdklasse: 2002–03
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik ayol futbolchilar Turkum:Ayollar futboli yarim himoyachilari