Otabek Shukurov (1996-yilning 22-iyunida tugʻilgan) – oʻzbek professional futbolchisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Saudiya Arabistonining „Al-Fayha“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadiPlayer profile: Otabek Shukurov. int.soccerway.com.. Otabek Shukurov Oʻzbekiston respublikasi „Mard oʻgʻlon davlat mukofoti“ bilan taqdirlangan.

Jamoalardagi faoliyati Muborakning „Mashʼal“ jamoasining akademiyasida taʼlim olgan. Birinchi murabbiyi Dilshod Andayev edi. 2014-yilda Muborakning „Mash’al“ jamoasi tarkibida professional futboldagi faoliyatini boshlagan. 2014-yilning 21-iyunida „Metallurg Bekobod“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

Bunyodkor 2015-yilning 1-yanvarida „Bunyodkor“ klubi tarkibiga doʻsti Eldor Shomurodov bilan birgalikda oʻtgan. Dastlabki mavsumida Toshkent klubida atigi 2 ta oʻyin oʻtkazgan va asosiy jamoa tarkibidagi raqobat sababli 2015-yilning 15-iyulida „Buxoro“ jamoasiga ijara asosida oʻtgan.

Otabek Buxoro jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida 14 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan va mavsumni muvaffaqiyatli oʻtkazgan. 2016-yilning 1-yanvarida „Bunyodkor“ jamoasi tarkibiga qaytgan Navbatdagi ikki mavsum davomida „Bunyodkor“ jamoasining muhim futbolchilaridan biri boʻlgan va 53 oʻyinda 5 ta gol muallifi boʻlgan.

Al Sharja 2017-yil mavsum yakunida Bunyodkor jamoasini tark etgan va BAAning „Al Sharjah“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. BAA jamoasi tarkibida besh mavsum davomida oʻynagan va 95 ta 10 ta gol muallifi boʻlgan. 2019-yilgi mavsum Birlashgan Arab Amirliklarining yuqori ligasi chempionligi va BAA Superkubogini qoʻlga kiritgan.

Fatih Karagumruk 2022-yil 27-iyulda Turkiyaning Fatih Karagumruk jamoasi Otabekni Sharjah jamoasidan sotib olganini va futbolchi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Karagumruk jamoasi tarkibida 1,5 mavsum davomida oʻynagan va italiyalik murabbiy Andrea Pirlo qoʻl ostida mashgʻulotlarda ishtirok etgan. 2023-yil 30-dekabrda turk jamoasi tarkibi tark etganini eʼlon qilgan.

Kayserispor 2024-yil 6-fevralda Turkiyaning „Kayserispor“ jamoasi bilan shartnoma kelishgani toʻgʻrisida xabar berilgan va 9-fevral shartnoma imzolangan.

Turkiya jamoasi yarim mavsum davomida oʻynaganidan soʻng 2024-yil 1-sentyabrda Saudiya Arabistonining „Al-Fayha“ jamoasi tarkibiga oʻtgan.

Al Fayha 2024-yil 3-sentyabrda Al Fayha jamoasi Shukurov bilan shartnoma imzolganini eʼlon qilgan.

Xalqaro martaba Shukurov turli yosh toifalarida oʻz mamlakati sharafini himoya qilgan. Otabek 2016-yilning 14-fevralida Livanga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida debyut qilgan. Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarMashʼal Muborak2014Oʻzbekiston Superligasi4030––70Bunyodkor2015202000–40Buxoro201514200––142Bunyodkor20162506070–38020172857270–427Total737182140–1059Sharjah2017–18BAA Pro ligasi11000––1102018–1917200––1722019–201933050102832020–212411070103312021–222443161–336Total9510711812012212Fatih Karagümrük2022–23Turkiya Superligasi28130––3112023–2415000––150Kayserispor2023–2412000––120Al Fayha2024–25Saudiya Professional Ligasi0000––00Career total223182833212028522

Xalqaro Terma jamoaYilOʻyinlarGollarOʻzbekiston2016101201750201871201991202020202171202210020231142024101Jami719 2024-yil 17-oktabr kuni boʻlib oʻtgan oʻyindagi aniq statistika

Xalqaro maydon № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2016-yil 11-oktabr Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 2. 2018-yil 23 mart Stade Mohamed V, Kasablanka, Marokash Oʻrtoqlik uchrashuvi 3. 2019-yil 14-noyabr Paxtakor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 4. 2021-yil 26 mart Markaziy stadioni, Namangan, Oʻzbekiston1–0}} | | rowspan="3" | Oʻrtoqlik uchrashuvi |- | 5. || 2023-yil 12-sentyabr || Mercedes-Benz Stadium, Atlanta, Amerika Qoʻshma Shtatlari|| || || |- | 6. || 2023-yil 16-oktyabr || Dalian Sports Centre Stadium, Dalian, Xitoy|| || || |- | 7. || rowspan=2| 2023-yil 16-noyabr|| rowspan="2" | Ashxobod Stadioni, Ashxobod, Turkmaniston|| rowspan="2" | || || rowspan=2; align=center| 3–1 || rowspan=2|2026 FIFA Jahon chempionati saralashi |- | 8. ||align=center|2'''–1

Yutuqlar

Oʻzbekiston

Oʻzbekiston Superligasi Ikkinchi oʻrin: 2016 Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2017 Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2014 Oʻzbekiston PFL kubogi sohibi: 2014

Birlashgan Arab Amirliklari

BAA Ligasi chempioni: 2018/2019 BAA Ligasi Ikkinchi oʻrin: 2021/2022 BAA Superkubogi sohibi: 2019/2020 BAA Superkubogi Ikkinchi oʻrin: 2020/2021

Futboldan tashqari faoliyati 2021-yil COVID-19 pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan karantin paytida Otabek Shukurov oʻzi tugʻilib oʻsgan Chiroqchi tumanidagi kam taʼminlangan oilalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olib tarqatgan.

Mukofotlari 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Havolalar

Otabek Shukurov Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Sharjah FC futbolchilari Turkum:Fatih Karagümrük S.K. futbolchilari Turkum:Kayserispor klubi futbolchilari Turkum:Al-Fayha FC futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:„Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar