thumb| Qirollik sarkofaglari Sigismund cherkovi ; shuningdek, Qirollik ibodatxonasi yoki Yagellonka cherkovi) Krakovdagi Avliyo Stanislav va Vatslav bosh cherkovini qurshab turgan oʻn toʻqqizta ibodatxonadan biri.

Nemis sanʼatshunos tarixchisi Avgust Ottmar Essenveyn (1831-1892) uni 1867-yilda „Alp togʻlarining shimoliy qismidagi Uygʻonish davri marvaridi“ deb atagan. Cherkov Italiyadan tashqari hududda joylashgan Florensiyaning Uygʻonish davriga xos boʻlgan sof namunasidir.

Tarixi Qirol Sigismund I birinchi xotini Varvara Zapolya vafotidan soʻng oʻz sulolasi uchun maqbara qurishga qaror qildi. Qirol cherkovni barpo etishni florensiyalik arxitektor Bartolomeo Berechchiga (, 1480-1537) topshirdi. U 1517-yilda qirolga ibodatxonaning birinchi chizmalarini taqdim etgan edi. Ish 1519-yilda Buyuk Kazimir III ning eski ibodatxonasi vayron qilinganidan keyin boshlangan. 1525-yilda ibodatxona dastlabki koʻrinishda qurilgan, 1526-yilda gumbaz barpo etilgan, qurilish ishlari 1531-yilda yakunlangan. 1533-yilda cherkov muqaddaslashtirilgan.

Qurilish jarayonida meʼmor Berechchiga boshqa italiyalik ustalar: Antonio da Fyezole (), Nikkolo Kastilyone (), Filippo da Fyezole (), Bernardino Zanobi de Janotiss (), Jovanni Soli (), Jovanni Chini da Siena () va Jovanni Mariya Padovano () lar ham yordam berishgan.

Arxitektura Cherkov kvadrat rejaga muvofiq qurilgan. Elliptik gumbaz dumaloq derazali sakkiz burchakli peshayvonga tayanadi. Gumbaz zarhal misdan yasalgan „baliq tangachalari“ (cherepitsa) bilan qoplangan.

Fasadlar pilyastra va karnizlarga ajratilgan. Yagona kirish joyi cherkovning dekorativ panjarali arkada qismi orqalidir.

Cherkov loyihasi Berechchining mustaqil ishi boʻlib, Italiyada uning birorta ham oʻxshashi yoʻq. Leonardo da Vinchi tomonidan yaratilgan chiqmalarda uzoq oʻxshashlik borligi aytiladi.

Interyer Kirish eshigi qarshisida mehrob mavjud, Katta Sigismund I va Sigismund II Avgust sarkofagi oʻng tomonda, oʻrindiq-taxt esa chap tomonda joylashgan. Devorlarda avliyolarning suratlarini koʻrish mumkin.

Devorlari mifologik naqshlar va panopliya (ritsarlik zirhlari) bilan bezatilgan.

Gumbaz tosh rozetkali kassetlarga boʻlinadi. Chiroqning ochiq qismi atrofida lotincha yozuv bor: BARTHOLOMEO FLORENTINO OPIFICE

Qirol Sigismund I sarkofagi Berechchi tomonidan yaratilgan, qirol Sigismund II sarkofagining muallifi Santi Guchchi hisoblanadi.

Taxt qirolicha Anna Yagellonka qabrining marmar plitasi bilan jihozlangan — bu ham Santi Guchchining ishidir

Mehrob (1531-1538) nyurnberglik bir guruh hunarmandlar tomonidan Hans Dyurer loyihasi asosida yaratilgan.

Eshiklarning ichki qismidagi relyeflar Piter Flyother loyihasiga koʻra Melhior Bayer tomonidan kumush tunukadan oʻyib ishlangan. Eshiklarning tashqi tomonidagi rasmlar Georg Penchga tegishli.

Polsha, Litva va Sforza oilasi (1530-1532) gerblari tushirilgan kiraverishdagi panjara muallifi Xans Fisher hisoblanadi.

Galereya

Manbalar

Adabiyotlar

Mixal Rozek, Krakowska katedra va Vavelu. Wydawnictwo św. Stanisława BM Archidiecezji Krakowskiej, Krakov 1989-yil Turkum:Krakovning binolari va inshootlari Turkum: Krakow Ibodatxonalari Krakow Ibodatxonalari Turkum: Malopol voivodizmining madaniy yodgorliklari Turkum:Krakovning me'moriy yodgorliklari Turkum: 1519-yilda qurilgan bino va inshootlar Turkum: 1533-yilda qurilgan bino va inshootlar