Rustam Mirzayevich Joʻrayev (1968-yil 26-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan) – oʻzbekistonlik yurist va davlat arbobi. 2026-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi. 2020—2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoniOʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi rahbariyati.

Biografiya 1968-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1986—1988-yillarda muddatli harbiy xizmatni oʻtagan.

Oliy maʼlumotli, 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

Xizmat faoliyatini 1989-yilning aprel oyida Yunusobod tumani ichki ishlar boshqarmasi jinoyat-qidiruv boʻlimining kichik inspektori lavozimidan boshlagan.

1994-yildan 2003-yilga qadar Toshkent shahar Yunusobod tumani ichki ishlar boshqarmasida tergovchi, katta tergovchi boʻlib ishlagan.

2003—2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi ichk ishlar vazirligi jinoyat qidiruv va tergov bosh boshqarmalarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

2008—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida inspektor, yetakchi inspektor, bosh inspektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2012—2015-yillarda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – tergov boshqarmasi boshligʻi.

2015-yil fevral-oktyabr oylarida – Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2015—2017-yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi

2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziriOʻzbekiston FVVga yangi rahbar tayinlandi.

2018—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻiRustam Joʻrayev Toshkent shahar IIBB boshligʻi etib tayinlandi.

2020-yil 16-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni etib tayinlangan.

2026-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimiga tayinlandi. 17-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi.

Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlar qoʻl jangi federatsiyasi raisi, Oʻzbekiston kamondan otish federasiyasi raisi lavozimlarida ishlagan.

2018-yil 14-fevral kuni general-mayor unvoni berilgan. 2026-yil 17-iyul kuni general-leytenant unvoni berilgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston sport amaldorlari Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bitiruvchilari