Ubaydulla, Ubaydulloh, Ubaydulla ( Allohning bandasi) — arabcha ism boʻlib, Abdulla ismiga oʻxshash, «Ubayd» — «Abd» (qul) ning kichraytiruvchi shaklidir.
Taniqli shaxslar Ubaydulloh al-Ahrariy Ubaydulloh al-Mahdiy Abu Zura Ubaydulloh ar-Roziy musulmon olimi, hadis ilmining mutaxassisi, asli Raydan (Shimoliy Eron). Ubaydullaxon (1487 — 1540) — Buxoro xonligidagi Shayboniylar sulolasidan boʻlgan beshinchi oʻzbek xoni. Ubaydullaxon II (1675 — 1711) — joniylar sulolasidan chiqqan Buxoro xonligining yettinchi xoni. Ubaydulla Yamanqulov (1963) — oʻzbek oʻqituvchisi. Ubaydulla Abdurazzoqov (1932 — 2014) — Oʻzbekiston davlat arbobi, diplomat, 1992–1993-yillarda tashqi ishlar vaziri boʻlgan. Ubaydulla Saydaliyev (1950) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Ubaydulla Burhonov (1921 — 1998) — aktyor, rejissor, badiiy soʻz ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Ubaydulla Omon (1948) — aktyor va rejissor. Oʻzbekiston xalq artisti. Ubaydulla Omon nomi bilan mashhur. Ubaydulla Uvatov (1940 — 2020) — atoqli oʻzbek sharqshunos olimi, tarixchi, tarix fanlari doktori, professor.
Familiyalar Ubaydullayev Ubaydullayeva
Manbalar
Havolalar
Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari Turkum:Arabcha erkaklar ismlari