Ankraofobiya, shuningdek, anemofobiya sifatida ham tanilgan, shamol yoki shabbodadan haddan tashqari qoʻrqishdirJohn G. Robertson. (2003). An Excess of Phobias and Manias. Senior Scribe Publications. (p. 24).. Bu kasallik juda kam uchraydi va uni davolash mumkin. U inson miyasiga turli xil taʼsir koʻrsatadiWhat is Phobia of Wind . Living Healthy. Retrieved February 11, 2014.. Qoʻrquvning ushbu turi kasallik bilan ogʻruvchilar uchun vahima hurujlarini keltirib chiqarishi hamda odamlarni koʻchaga chiqish kabi muntazam kundalik mashgʻulotlardan mahrum etilishiga sababchi boʻlishi mumkin.

Kelib chiqishi Har bir inson ushbu kasallik bilan tugʻilishi yoki keyinchalik orttirib olishi mumkin. Fobiya bu turi, odatda, oʻtmishdagi kuchli esgan shamol tufayli qattiq taʼsirlangan odamning salbiy kechinmalaridan kelib chiqqan psixologik travma (jarohat) natijasidir. Bu kabi xotiralar esda qolishi yoki shikastlangan odamning ongsiz ravishda xayol va oʻylariga „muxrlanib“ qolgan boʻlishi mumkin.

Bu kabi fobiyaga ega odamlar ob-havoning oʻzgarishidan, masalan, boʻronlardan qoʻrqishadi. Ular shamolning oʻldirish va yoʻq qilish salohiyatiga ega ekanligiga ishonishadi. Bundan tashqari, ular okean toʻlqinlari kabi shamolni eslatuvchi narsalardan qochishadi. Ankraofobiya, shuningdek, aeroakrofobiya, yaʼni ochiq baland joylardan hamda havo aynishi holatlaridan qoʻrqish vaziyatlarini taʼrifi sifatida belgilanuvchi anemofobiya atamalar bilan bogʻliq. thumb| Meksikaning Monterrey shahridagi turar-joy hududiga shamolli momaqaldiroq

Belgilari Qoʻrquv darajasi va boshqa alomatlar ham odamlar orasida katta farq mavjud. Belgilarning toʻrtta umumiy turi mavjud: psixologik, jismoniy, aqliy va hissiyWhat is Phobia of Wind . Living Healthy. Retrieved February 11, 2014..

Psixologik Psixologik alomatlar shamol taʼsirida haddan tashqari tashvish, shamol odamga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan his-tuygʻularni va shamolga duch kelmaslik uchun oʻzini oʻzi majburlashi kabi holatlarni oʻz ichiga oladi. Shamoldan qoʻrqish ongning shamoldan kelib chiqadigan xavfni haddan tashqari baholab, shamol haqiqiy xavfdir, deb oʻylashidan kelib chiqadi. Biroq asliyatda bunday boʻlmasligi mumkin.

Jismoniy Jismoniy alomatlar orasida ogʻiz qurishi, titroq, koʻkrak qafasidagi siqilish, tez nafas olish, kaftlarning terlashi, koʻngil aynishi, yurak urishining buzilishi va shamol oʻtishiga doimiy ehtiyoj borligi kabi vaziyatlar misol boʻla oladi.

Ruhiy

Obsesif fikrlar Qoʻrquvdan boshqa narsa haqida oʻylashda qiyinchilik Gʻayrioddiylik yoki oʻzidan ajralganlik hissi Nazoratni yoʻqotishdan qoʻrqish Hushdan ketish qoʻrquvi

Hissiy

Oldindan tashvishlanish: havo harakati bilan bogʻliq boʻlajak voqealar haqida doimiy tashvish. Terror: doimiy va kuchli qoʻrquv Qochib ketish istagi: vaziyatni tark etishning kuchli ehtiyoji

Sabablar Ankraofobiya tugʻma ravishda hech qachon boʻlmaydi. Shamol qoʻrquvi koʻpincha odamning oʻtmishidagi salbiy xotiralari natijasi orqali paydo boʻladi. Bu tajriba odamning ongida esga olinishi yoki esga olinmasligi mumkin, biroq bu holat uning xotiralariga muhrlangan boʻladi. Koʻpincha ankraofobik odam shamol kuchli esadigan vaziyatni boshdan kechiradi va ular shamol ularni yoʻq qilishi yoki oʻldirishi mumkinligidan qoʻrqishdi. Bu xotiralar shamol bilan bogʻliq boʻlib, „umumiy shartli javob“ deb nomlanadi. Bu fobiya tashqi hodisalar va ichki moyillik kombinatsiyasidan kelib chiqadi. Tashqi hodisalar — bu travmatik hodisalar, ichki moyillik — irsiyat yoki qon chizigʻidan oʻtgan. Fobiya koʻpincha sodir boʻlgan salbiy voqealarga bogʻliq boʻlishi mumkin; eng tez-tez uchraydigan hodisa — bu erta yoshda travmatik tajriba.

Davolash Olimlar bemorlarning qoʻrquvini kamaytiradigan dori-darmonlarni ishlab chiqdilar. Ushbu dori tashvishlanishga qarshi dori sifatida tanilgan. Biroq, dori-darmonlar jiddiy boʻlishi mumkin boʻlgan yon taʼsirlariga ega boʻlishi mumkin. Davolashning eng mashhur shakli kognitiv terapiya, psixolog, psixiatr, hipnoterapist yoki gipnozist kabi shifokorlar qabuliga yozilishdir. Shifokorlar tomonidan qoʻllanilajak muolajalar bemorlarga nimadan qoʻrqayotganini unutishga yordam berish uchun foydalaniladi. Baʼzi asosiy terapiya seanslari bemorni fanat oldida turishini yoki bemorni xavfsiz muhitda oʻz qoʻrquviga duchor qilishni oʻz ichiga oladi. Gipnoterapiya yordamida odamning ongsiz ravishda hayollari boshqaruviga erishish mumkin hamda bu holar qoʻrquvni yoʻq qilishga juda katta hissa qoʻshadi.

Yana qarang

Fobiyalar ro'yxati Lilapsofobiya — tornado yoki boʻronlardan qoʻrqish

Manbalar

Turkum:Fobiya