Oqtepa futbol klubi — Toshkent shahridagi oʻzbek futbol klubi. 2000-yilda asos solingan jamoa hozir Oʻzbekiston „A“ Pro-Ligasi oʻyinlarida ishtirok etmoqda.
Tarixi „Oqtepa“ futbol klubi 2000-yilda Gʻanisher Shogʻulomov tomonidan tashkil etilgan. 2000—2005-yillarda Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida oʻynagan, Rustam Hamdamov esa jamoaga bosh murabbiylik qilgan.
2005-yilda Ikkinchi liganing final bosqichida oʻz guruhida gʻalaba qozondi va Birinchi ligada oʻynash huquqini beruvchi oʻtish turniriga kirdi.
2006-yilda „Oqtepa“ Birinchi ligada debyut qildi va jamoani birdaniga 2 nafar murabbiy — Nizom Nortojiev va Otabek Mansurov boshqarib, uni 11-oʻringa olib chiqdi.
2007-yilgi mavsumda Otabek Mansurov klubning yagona bosh murabbiyi boʻlib qoldi va uni 7-oʻringa koʻtardi. 2008-yilda esa jamoani u bilan birga 6-oʻrinni egallagan Ravil Imomov boshqargan.
Bir necha sabablarga koʻra „Oqtepa“ keyingi yili Birinchi ligada ishtirok eta olmadi. Ammo 2010-yilgi mavsumda u oʻz oldiga yuqori maqsadlar qoʻyib, ushbu divizionga qaytdi.
Jamoaga Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Yevstafeyev yordamchisi — Aleksandr Mochinov taklif etildi, lekin u bilan „Oqtepa“ bor-yoʻgʻi 11-oʻrinni egalladi.
2011-yilda Mochinov oʻz ishini davom ettirdi, ammo yakunida jamoa 16-oʻringa tushib ketdi. Bu natijalar klub rahbariyatini qoniqtirmadi va mutaxassis egallab turgan lavozimidan chetlatildi.
2012-yilda jamoa boshqaruvi Vohid Xolboev qoʻliga oʻtdi, lekin u futbolchilarga ishonch bera olmadi va mavsum oxirigacha jamoaga Farhod Abdurasulov murabbiylik qildi. Natijada jamoa 8-oʻrinni egalladi.
2013-yilgi mavsumda „Oqtepa“ ning sobiq futbolchisi Aleksandr Tokov klub murabbiyi boʻldi va u 10-oʻrinni egalladi.
2014-yil boshida Aleksandr Mochinov yana klubga bosh murabbiy etib tayinlandi, biroq u 1-bosqichda isteʼfoga chiqdi. 2-turga qadar jamoani tajribali murabbiy Furqat Esanboev boshqardi.
2-bosqichdan esa bu lavozim Ildar Sakayevga ishonib topshirildi. 2014-yilgi mavsumda „Oqtepa“ Birinchi ligada 4-oʻrinni, keyin esa 2-oʻrinni egalladi (bu klub tarixidagi eng yuqori oʻrin).
Klub ramzlari
Mahalliy tarix MavsumLigaOʻzbekiston kubogiEng yaxshi toʻpurarMurabbiyDiv.Pos.OʻyinGʻDMUGOʻGOIsmLiga20062st1138146185763481/4 Final Nizom Nortojiev Otabek Mansurov20072st73819811675965 Vladimir Gavrilov29 Otabek Mansurov20082st63415811615353 Ravil Imomov2009Professional klub sifatida faoliyati toʻxtatilgan va Oʻzbekiston ikkinchi ligasi baxslarida faoliyat olib borgan20102st113819316654660 Aleksandr Mochinov20112st16381252137694120122st83821017877963 Maʼruf Ahmadjonov23 Vohid Xolboev Farhod Abdurasulov20132st103614812535650 Maʼruf Ahmadjonov16 Aleksandr Tokov20142st4382648844682 Aleksandr Mochinov Furqat Esonboyev
Eldor Sakayev20152st2342347722473 Eldor Sakayev20164stProfessional klub sifatida faoliyati toʻxtatilgan va Oʻzbekiston ikkinchi ligasi baxslarida faoliyat olib borgan20174st20184st20192st3281639594251 Pavel Purishkin19 Ravshan Bozorov20202st6206410233122 Idris Bikmaykin7 Yaroslav Krushelnitskiy20214stProfessional klub sifatida faoliyati toʻxtatilgan va Oʻzbekiston ikkinchi ligasi baxslarida faoliyat olib borgan20224st2023
Stadion va baza „Oqtepa“ oʻz uy uchrashuvlarini Toshkentdagi Oqtepa massividagi stadionda oʻtkazadi. Futbol maydonining oʻlchamlari — 105x68 metr.
2012-yilgacha maydon tabiiy qoplamaga ega edi, ammo klub rahbariyati tashabbusi bilan keyin sunʼiy qoplama yotqizildi.
Klub boshqaruvi Prezident Sarvar Shogʻulomov Vitse prezident Ulugʻbek Olimov Prezident maslahatchisi Gʻanisher Shogʻulomov Klub rahbari Farhod Abdurasulov Bosh murabbiy Aleksandr Yejov „Oq-tepa“ futbol maktabi direktori Vladimir Gavrilov Bosh kotib Ravshan Rixsiyev Matbuot kotibi Furqatbek Nishonov Jamoa bosh shifokori Marat Xuziyaxmetov
Murabbiylar Yil Murabbiy 2000-2005 Rustam Hamdamov 2006 Nizom Nartajiyev va Otabek Mansurov 2007 Otabek Mansurov 2008 Ravil Imomov 2010-2011 Aleksandr Mochinov 2012 (1-bosqich) Vohid Xolboev 2012 (2-bosqich) Farhod Abdurasulov 2013 Aleksandr Tokov 2014 (1-bosqich) Aleksandr Mochinov 2014 (2-bosqich) Furqat Esanboev 2014- 2019 Ildar Sakaev2019-h.v. Aleksandr Yejov U19
U21
Havolalar Ofitsialniy sayt FK. Aktepa Rukovodstvo kluba Tekuщiy sostav komandi FK Aktepa na soccernews.ru Ofitsialniy sayt PFL Uzbekistana
Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:2000-yilda tashkil etilgan futbol klublari