Pauline Louise Hammarlund (1994 - yil 7-mayda tugʻilgan) — shvetsiyalik futbolchi, Shvetsiya chempionatida Gyoteburg klubi (2016-yilda u Pitea shahridan koʻchib oʻtgan) va Shvetsiya terma jamoasi tarkibida xalqaro turnirlarda toʻp suradi.
Hayoti
Dastlabki yillar 15 yoshiga qadar Paulina oʻgʻil bolalar jamoasi tarkibida xokkey oʻynagan, ammo oʻyin vaqtidagi toʻqnashuv tufayli miya chayqalishi va qoʻlidan jarohat olganidan keyin u xokkeyni tark etgan tark etgan. Natijada futbol bilan shugʻullana boshlaganTT (2015-09-20): «Pauline Hammarlund valde rätt». fotbollskanalen.se. Läst 10 mars 2017..
Jamoalardagi faoliyati Hammarslund jamoasining farm klubi Skogo-Trongsund klubi maktabi tarbiyalanuvchisi. U 16 yoshida Tyureshoning asosiy jamoasida debyut qilgan«Pauline Hammarlund». svenskfotboll.se. Läst 10 mars 2017.. 2013-yilda u Linköpingga koʻchib oʻtdi va u yerda bir yil oʻynadi. 2014 va 2015-yillarda u Piteada toʻp surdi va u yerda ishonchli hujumchiga aylandi: u 16 marta gol urdi, uchta golga assistentlik qildi. 2015-yilda Hammarlund Shvetsiyaning eng yaxshi ayol futbolchilari roʻyxatida 3-oʻrinni egalladi.
2016-yil boshlanishidan oldin u klubni tark etgan gollandiyalik futbolchi Manon Melis oʻrniga Gothenburg bilan ikki yillik shartnoma imzoladiBråstedt, Mats (2015-10-30): «Hammarlund lämnar Piteå för Göteborg». expressen.se. Läst 10 mars 2017..Gothenburg safida u 12 marta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.
Terma jamoadagi karyerasi Hammarlund 2010-yildan buyon milliy terma jamoalarga jalb etilgan. U 17 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida 8 ta, 19 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida 27 ta, 23 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida 14 ta oʻyin oʻtkazgan«Landslagsdatabasen». svenskfotboll.se. Läst 10 mars 2017.. 2015-yilning 17-sentyabr kuni Shvetsiyaning asosiy ayollar terma jamoasida Moldova bilan oʻyinda debyut qilgan. 2017-yilning martiga qadar u 16 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urdi. Rio-de-Janeyrodagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida kumush medali sovrindori.
Xalqaro maydondagi gollar
thumb|200px GolSanaJoyRaqib#HisobNatijaTurnir12015-09-17 Orhei, Moldova Moldoviya1.10-30-3Yevro 201- saralash 22016-01-26 Gothenburg, Shvetsiya Shotlandiya2.15-06-0Oʻrtoqlik32.26-042020-10-22 Gothenburg, Shvetsiya Latviya3.15-07-0Yevro 2021 saralash53.26-0
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik ayol futbolchilar