right|thumb|200x200px| Kievdagi I. V. Stalinning vaqtinchalik haykali. 1952-yil Stalin haykali — Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi Bosh kotibi — sobiq Sovet Ittifoqi rahbari Iosif Vissarionovich Stalin sharafiga oʻrnatilgan yodgorlik.

Birinchi yodgorlik 1930-yillarning oxirida tiklangan. III Internatsional maydonida, parkga kiraverishda oʻrnatilgan. Bu yerda avval imperator Aleksandr II haykali oʻrnatilgan. Undan keyin „Qizil Armiya askari — xalq himoyachisi“ haykali boʻlgan. Uning oʻrnida esa, I. V. Stalinning 5 metrli beton haykali oʻrnatilgan. 1941-yili Kiyev fashistlar tomonidan bosib olinganida vayron qilingan.

1950-yil boshida Stalin maydoni deb atalgan (hozirgi Yevropa maydoni) nomi berilgan maydonda vaqtinchalik yodgorlik oʻrnatildi. U kelgusida yanada monumental boʻlishi rejalashtirilgan edi.

1956-yilda, KPSS XX qurultoyidan keyin bu yodgorlik demontaj qilindi.

1950-yillarda Pionerlar bogʻi yaqinida Stalin va Lenin, Stalin va Gorkiy yodgorliklari ham oʻrnatilgan edi.

Stalinga qoʻyilgan barcha yodgorliklar 1956-1961-yillardagi stalinsizlantirish davrida demontaj qilingan.

Manbalar

Adabiyotlar

Kategoriya: 1937-yilgi haykallar Kategoriya:1941-yilda vayron qilingan bino va inshootlar Kiev Stalin, Kiev Stalin Turkum:1937-yilda Ukrainada qurilgan bino va inshootlar