„Topoliniy pux“ (, yaʼni „Terak momigʻi“) — „Ivanushki International“ rus guruhi ijro etgan qoʻshiq. 1988-yil singl oʻlaroq chiqarilgan. 1999-yil guruhning „Ob etom ya budu krichat vsyu noch“ nomli albomiga beshinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Topoliniy pux“ guruh repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlardan biridir: 2020-yil holatiga koʻra, Spotify hamda Apple Music platformalarida aynan shu qoʻshiqni guruh muxlislari eng koʻp tinglagan.
„Topoliniy pux“ qoʻshigʻi matnini shoir Mixail Andreyev yozgan, kuyini esa guruh produseri Igor Matviyenko bastalagan. Qoʻshiq Adreyevga katta shuhrat olib kelgan: unga muxlislar pochta orqali terak momigʻini yubora boshlagan. Qoʻshiq uchun rejissor Oleg Gusev olgan klip rus musiqa telekanallarida keng ommalashgan. „Topoliniy pux“ „Ivanushki International“ guruhiga Oleg Yakovlev qoʻshilganidan keyin yozilgan ilk ashuladir.
„Topoliniy pux“ qoʻshigʻi „Zolotoy grammofon 1998“ hamda „Pesnya goda 1998“ mukofotlari bilan taqdirlangan. Qoʻshiqni bugunga qadar ber necha sanʼatkor kaver qilgan. Ashula 2021-yil rejissor Jora Krijovnikov olgan „Lyod 2“ filmi saundtrekiga kiritilganidan keyin yangidan ommalashdi.
Qoʻshiqning „Terak momigʻi, jazirama issiq, iyul“ () misrasi tanqidga uchragan: koʻpchilik Rossiyada terak momigʻi may oyi oxiri, iyun oyi boshlarida tarqalishini aytib, qoʻshiqni keskin tanqid qilgan. Ammo shoir Andreyev Tomsk shahrida iyul oyida ham terak momigʻi koʻrganini aytib, tanqidlarni rad etgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Ivanushki International qoʻshiqlari Turkum:1998-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar