Urush bolalari uchun „Argʻimchoq“ yodgorligi — 2014-yilda Eski Oskolda ochilgan Ulugʻ Vatan urushi bolalariga bagʻishlangan haykaltaroshlik janridagi kompozitsiya.

Tarixi Eski Oskolda „Argʻimchoq“ yodgorligi Davlat Dumasi deputati Sergey Muravlenko tashabbusi bilan oʻrnatilgan. Uning maketi 2014yil yanvar oyida fuqarolarga taqdim etilgan. Loyiha Belgorod viloyati gubernatori Yevgeniy Savchenko va viloyat madaniyat boshqarmasi boshligʻi boʻlgan tanlov komissiyasi tomonidan tanlab olingan. Yodgorlik loyihasining muallifligi Moskva viloyati , Jukovskiy shahri jamoasiga tegishli („Lit Art“ ustaxonasi): haykaltaroshlar Zaxar Karamyan va Denis Melnikov, meʼmorlar Andrey Shipunov va Konstantin Ashixmin.

2014- yil 11-iyulda Eski Oskolning Makarenko mikrorayonida yodgorlikning tantanali ochilishi boʻlib oʻtgan. „Argʻimchoq“ haykaltaroshlik kompozitsiyasidagi ramziy qizil lentani Eski Oskol shahar okrugi maʼmuriyati boshligʻi Aleksandr Gnedix , Davlat Dumasi deputati Sergey Muravlenko va Eski Oskol shahar okrugi faxriylar kengashi raisi Vladislav Polkovnitsin kesishgan.

Tavsif Mitishi shahrida bronzadan quyilgan, balandligi uch metrdan bir oz koʻproq boʻlgan haykal kichik granit poydevorga oʻrnatilgan.

Kompozitsiya realistik janrda taqdim etilgan va ogʻir urush davridagi bolalikka tegishli tuygʻularga qaratilgan. Yodgorlik qayishtirilgan toʻpning tumshugʻiga bogʻlangan argʻimchoq shaklida yasalgan. Argʻimchoqda bir bolakay uchib oʻtiribdi, yonida katta o‘lchamli va eskirgan kiyimdagi bir qiz turibdi. Manbalar

Turkum: Eski Oskol Yodgorliklari