Aziz Said (asl ismi: Aziz Joʻraqulovich Saidov; 1961-yil 25-sentyabr Denov, Surxondaryo viloyati, O‘zbekiston SSR) — shoir, jurnalist va tarjimon. Doʻstlik ordeni sohibi.

Tarjimai holi Aziz Said (Saidov) (asli Buxorolik) 1961-yil 25-sentyabrda Denov shahrida tugʻilgan. 1984-yili Toshkent davlat universitetining (hozirgi OʻzMU) jurnalistika fakultetini, 1992-yilda filologiya fakulteti aspiranturasini tugatganhttps://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-sheriyati/zamonaviy-o-zbek-she-riyati/aziz-said-1961 .

Faoliyati Oʻrta Osiyo temir yoʻl qurilishi koʻchma stansiyasida yoʻl montyori, Navoiy viloyati Qiziltepa parrandachilik fabrikasida ishchi, „Qizil tong“ gazetasida korrektor, boʻlim boshligʻi, Gʻafur Gʻulom nashriyotida muharrir, „Yosh kuch“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosari, „Sinfdosh“ jurnali bosh muharriri, „Jahon adabiyoti“ jurnali masʼul kotibi, „XXI asr texnologiyalari“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining davlat tili boʻyicha maslahatchisi vazifalarida faoliyat koʻrsatgan. Ayni paytda „Sharq yulduzi“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosarihttps://m.kun.uz/uz/news/2020/10/13/intervyu-shoir-aziz-said-sherni-baholovchi-mezonlar-1970-80-yillar-ijodkorlari-orzusidagi-ozbekiston-va-abduvali-qutbiddin-haqida Kun.uz Aziz Said bilan intervyu.

Ijodi Aziz Saidning „Chiltor“ (1987), „Dili qani Bedilning“ (1994), „Fursat darvozasi“ (2011), „Vaqt manzili“ (2021) sheʼriy toʻplamlari, „Gʻoyibdan doʻst bilan suhbatlar“ (2004) adabiy-tanqidiy maqolalar toʻplami nashr etilgan. Sheʼrlari fransuz, turk, ozarbayjon, rus, bolgar, ingliz, tojik, qozoq, venger va hind tillariga tarjima qilinib, turli adabiy-badiiy jurnal va almanaxlarda chop etilgan.

Mashrab, Choʻlpon, Nozim Hikmat haqida qator adabiy-ilmiy tadqiqotlar qilgan.

Tarjimalari Tarjimon sifatida Uolt Uitmen (sheʼrlar), Nozim Hikmat (sheʼrlar va „Yusuf va Zulayho“ dramasi), Muin Bsisu (sheʼrlar), Yevgeniy Yevtushenko (sheʼrlar), Yozef Rubak (sheʼrlar), Donat Shayner (sheʼrlar), Pokiston sheʼriyatidan (Josh Malihobodiy, Ahmad Faraz, Vazir Ogʻa, Anis Nagi, Shahzod Ahmad), Rene Aviles Fabila (hikoyalar), Migel de Astiruas (hikoyalar), Tomas Ouen (hikoyalar), Frensis King (hikoyalar), Bertold Brext (adabiy maqolalar), Paulo Koelo („Alkimyogar“, roman), Nikolay Shmelev (hikoyalar), Aleksandr Volkov („Zumrad shahar“, qissa), Yana Vagner („Shogird“, drama), Sergey Mogilsev („Egizaklar“ drama), Vitol Gombrovich („Ivonna, Burgund malikasi“, drama), Marta Kim (sheʼrlar) asarlaridan namunalarni oʻzbek tiliga oʻgirgan.

Yutuqlari 1987-yildan beri Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

2021-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan.

Asarlari „Chiltor“ (1987),

„Dili qani Bedilning“ (1994),

„Gʻoyibdan doʻst bilan suhbatlar“ (2004)

„Fursat darvozasi“ (2011),

„Vaqt manzili“ (2021)

Manbalar

Adabiyotlar Qiziltepa tarixi / Q. Rajabov, R. Maqsudov; maʼsul muharrir S.Inoyatov. — T.: „Muharrir“ nashriyoti, 2011, 301-bet

Havolalar Aziz Said: Xalq muhabbati nisbiy mezon qaraldi: 11-avgust 2023-yil Aziz Said. Sheʼrlar | Азиз Саид. Шеърлар

Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak shoirlar