Boeing P-8 Poseidon ( Poseido) — koʻp maqsadli dengiz samolyoti dasturi boʻyicha ishlab chiqilgan suv osti kemalariga qarshi patrul samolyoti. Patrul, razvedka, kemalarga qarshi va qutqaruv operatsiyalarida ishtirok etishda hamda qirgʻoqboʻyi hududlarida, okeanlarda dushman suv osti kemalarini aniqlash va yoʻq qilish uchun moʻljallangan. U yangilangan Boeing 737-800 laynerining dizayniga asoslangan boʻlib, u oʻzining avvalgi rusumidan qanotlari bilan farq qiladi. Tarixi P-8 samolyoti P-3 oʻrnini bosdi. Dastlab, u yangi texnologiyalarni oʻz ichiga olish uchun keyinchalik yangilangan tizimlar bilan qayta jihozlandi. Dengiz havo tizimlari qoʻmondonligi (NAVAIR) P-8A uchun magnit anomaliyalarni aniqlash (MAD) uskunasi bilan jihozlangan boʻlish talabini, ogʻirlikni kamaytirish chorasi sifatida, chidamlilik darajasini oshirdi. Uglevodorod sensori dizel bilan ishlaydigan suv osti kemalari va kemalardagi yonilgʻi bugʻlarini aniqlaydigan radarlar oʻrnatildi. 2014-yil yanvar oyida dengiz havo tizimlari qoʻmondonligi P-8A ni toʻliq ishlab chiqarishni boshladi. 1-bosqich tizimlari doimiy suv osti kemalariga qarshi urush (ASW) qobiliyatlarini va oʻrnatilgan sensorlar toʻplamini oʻz ichiga oldi; 2016-yildagi 2-bosqich yangilanishi koʻp statik faol kogerent akustika, avtomatlashtirilgan identifikatsiya tizimi va yuqori balandlikdagi suv osti kemalariga qarshi qurollarni oʻz tizimiga qoʻshishni boshladi. 2020-yilda 3-bosqich „Toʻr orqali qoʻllab-quvvatlanadigan sirtga qarshi urush“ imkonini beradigan texnologiyalarni joriy etdi. Avionika left|thumb| Joʻnashga tayyorgarlik koʻrayotgan elektron razvedka operatori kamera linzalarini tozalayotgan lavhasi thumb| P-8A Poseidon bortida terminal ekranlari oldida 16 ta operator faoliyat olib boradi thumb| 2021-yildagi Boeing P-8 Poseidon Dubay havo koʻrgazmasida ishtiroki.
Raytheon APY-10 — koʻp maqsadli quruqlikni aniqlashga asoslangan qidiruv radari. Elektron qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻplami — AN/ALQ-240 SIGINT moduli bilan ilgʻor samolyot sirtini qidirish radarlari.
Qurollanish Boeing P-8 Poseidon 9 tonnagacha qurolli yukni koʻtara oladi, har xil turdagi qurollar uchun 5 ta ichki va 6 ta tashqi mustahkam nuqtaga ega. Qurollar quyidagilardan iborat:AGM-84 Harpoon, Mark 54 (torpedo), dengiz minalari, havo bombalari.
Oʻzgartirishlar left|thumb| Amerikalik texniklar AGM-84K raketasini VP-30 P-8A samolyotiga osib qoʻyishmoqda.
P-8A " Poseidon " — Boeing 737-800ERX layneri asosida AQSh dengiz floti uchun ishlab chiqarila boshlangan. P-8I „Neptun“- P-8A „Poseidon“ ning Hindiston dengiz floti talablariga moslashtirilgan versiyasi boʻlib, Hindistonda ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan bir qator tizimlarni oʻz ichiga oladi. U Harpoon kemalarga qarshi raketalar, Mk.54 suv osti kemalariga qarshi torpedalar va Mk.82 bombalari bilan qurollangan.thumb| P-8A ekipaj aʼzosi Koreya harbiylariga suvosti bombalarini yon tomondan qanday tushirishni koʻrsatmoqda.
Hozirgi kunda foydalanayotgan davlatlar
— 2020-yil may holatiga koʻra 100 dona 122 P-8A Poseidon buyurtma bergan — 2018-yil uchun 2 P-8A Poseidon samolyotidan 10 ta buyurtma bergan. —2016-yil uchun 8 P-8I „Neptun“ samolyotidan 4 ta buyurtma bergan. — 2016-yilda 9 ta P-8A samolyotidan buyurtma qilingan. 2019-2021-yillarda yetkazib berishga kelishilgan. Times gazetasining yozishicha, buyurtmaning birinchi partiyasi 2020-yil 5-fevralda kelgan. Aprel oyiga rejalashtirilgan jangovar navbatchilik xulosasi quyida havolada keltirilgan.. — 5 ta R-8A samolyotiga buyurtma qilingan. 2022-yilda yetkazib berishga kelishilgan. — 4 ta R-8A samolyotiga buyurtma qilingan. Toʻrtta samolyotni yetkazib berish 2023-yilga moʻljallangan.
Texnik xususiyatlari:
Ekipaj: 9 kishidan (2ta uchuvchi, 7 taoperator)iborat Uzunligi: 39,47 m Qanotlari kengligi: 37,64 m Balandligi: 12,83 m Qanot maydoni: 133,59 m² Boʻsh vazni: 41 434 kg Maksimal uchish ogʻirligi: 85 820 kg Ichki baklarda yoqilgʻining ogʻirligi: 34 096 kg Quvvat qurilmasi: 2 × CFM International CFM56-7B turbofan Tortish kuchi: 2 × 120 kN
Parvoz xususiyatlari:
Maksimal tezlik: 907 km/soat Kruiz tezligi: 815 km/soat Patrul / qidiruv tezligi: 60 m balandlikda 333 km / soat Jang radiusi: 3700 km Parom masofasi: 8300 km (4500 milya) Amaliy shift: 12 500 m
Manbalar
Havolalar P-8 Poseidon Turkum:Amerika Turkum:Samolyotlar Turkum:Reaktiv