„Freelove“ () — „Depeche Mode“ ingliz musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2001-yilning 5-noyabrida guruhning „Exciter“ nomli albomining uchinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiqni guruh aʼzosi Martin Gore yozgan.

Qoʻshiqning singl va albom versiyalari mavjud boʻlib, sing versiyasi qisqaroqdir. Singling orqa tomonidan „Zenstation“ nomli instrumental asar oʻrin olgan. Qoʻshiqqa ingliz produseri hamda ovoz muhandisi Mark Flood Ellis produserlik qilgan.

„Freelove“ „Depeche Mode“ guruhining DVDda ham eʼlon qilingan ilk qoʻshigʻidir. DVD relizdan guruh Filadelfiya shahrida bergan konsertdan tasvirlar hamda boshqa ikki qoʻshiq audioyozuvi oʻrin olgan. Shuningdek, diskka guruhning toʻrtta 30 soniyali bonus videoklipi ham kiritilgan. DVDdagi videolarga Anton Corbijn rejissorlik qilgan.

Guruh vokalisti Dave Gahan „Freelove“ qoʻshigʻini 1993-yil eʼlon qilingan „Condemnation“ qoʻshigʻidan keyin kuylagan eng yaxshi qoʻshigʻi ekanligini aytgan. Ammo tanqidchilar qoʻshiqni yaxshi kutib olmagan. 2002-yil nemis qoʻshiqchisi Sandra oʻzining „The Wheel of Time“ albomi uchun „Freelove“ qoʻshigʻining kaverini yozgan.

Klipi „Freelove“ qoʻshigʻi klipiga John Hillcoat rejissorlik qilgan. Videoda „Depeche Mode“ guruhi yuk mashinasi ustida qoʻshiq kuylab, kambagʻal mahallada boʻylab aylanayotgani tasvirlangan. Mahalla turgʻunlari bir-birdan mashinaga chiqadi va raqsga tusha boshlaydi. Video yakunida mashina va uning ustidagilar gʻoyib boʻlib, faqat oʻpishayotgan juftlik qoladi. Klip 2016-yilda „Video Singles Collection“ albomida ilk marotaba rasman eʼlon qilingan.

Manbalar

Havolalar (singl versiya) (albom versiyasi)

Turkum:Depeche Mode qoʻshiqlari Turkum:2001-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar