thumb|286x286px| Uilyam Bleyk: Dantening „Ilohiy komediyasi“ uchun rasm, Dante, Doʻzah, VII bob, 1-15, Plutos, Dante va Vergiliy. Plutos ( „boylik“, ) — yunon mifologiyasidagi boylik xudosiMifi narodov mira. M., 1991-92. V 2 t. T. 2. S. 317, Lyubker F. Realniy slovar klassicheskix drevnostey. M., 2001. V 3 t. T. 3. S. 108, Demetra va Iasionning oʻgʻliGesiod. Teogoniya 969—974; Gigin. Astronomiya II 4, 7, Kritdagi Tripolda tugʻilganDiodor Sitsiliyskiy. Istoricheskaya biblioteka V 77, 1. Gomerning „Odisseya“sida Demetra va Iasion afsonasi eslatib oʻtilgan, unga koʻra ular Plutni uch marta shudgorlangan mevali Krit dalasida tugʻadilar; Demetrani rashk qilgan Zevs esa Iasionni chaqmoq bilan oʻldiradi. Gesiodning fikriga koʻra, Plutos (boylik) tugʻilishi timsolida Demetraning Iasion bilan uch marta haydalgan yerlarda qoʻshilishi bilan uning odamlarni dehqonchilikka oʻrgatgani koʻrsatilgan. Koʻpincha moʻl-koʻlchilik shohi bilan tasvirlangan — unumdorlik va boylik ramzi Δημήτηρ // Реальный словарь классических древностей / авт.-сост. Ф. Любкер ; Под редакцией членов Общества классической филологии и педагогики Ф. Гельбке, Л. Георгиевского, Ф. Зелинского, В. Канского, М. Куторги и П. Никитина. — СПб., 1885..
Uning ismi po-ro-u-te-u, po-ro-u-te-wo Miken ismlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkinPredmetno-ponyatiyniy slovar grecheskogo yazika. Mikenskiy period. L., 1986. S. 116.
Plutos Demetra va Persefona bilan bogʻliq. Demetra Garmoniyaning toʻyida boylik — bugʻdoy sovgʻa qiladiDiodor Sitsiliyskiy. Istoricheskaya biblioteka V 49, 4. Bu maʼbudalarning sevgisiga sazovor boʻlgan har bir kishi, odamlarga moʻl-koʻl zahiralar va podalar bergan Plutosning homiyligi ostiga tushgan. Ikkala maʼbudaga sigʻinish bilan birlashish, shuningdek, Plutus (Πλοῦτος) va Pluton (Πλούτων) yoki Hades (ᾍδης) ni tenglashtirishga olib keldi, chunki oʻliklarning xudosi son-sanoqsiz yer osti boyliklari xoʻjayini deb hisoblangan.
Plutos koʻr deyiladiGipponakt, fr. 36 Uest, Zevs u halol odamlarni noinsoflardan ajrata olmasligi uchun uni koʻr qilib qoʻyadiAristofan. Plutos 90, Asklepiy koʻrish qobiliyatini tiklaydiAristofan. Plutos 738.
Adabiyot va sanʼatda U haqda OrfiklarOrficheskie gimni LXVIII 9 eslatib oʻtgan. Aristofanning „Plutos“ komediyasining bosh qahramoni. Afinada uning bolaligidagi haykali boʻlganPavsaniy. Opisanie Elladi I 8, 3. U Tixaning qoʻllarida tasvirlanganPavsaniy. Opisanie Elladi IX 16, 1.
Aristofanning „Plutos“ komediyasida Xudo boylikni adolatli taqsimlashga qodir boʻlmagan koʻr chol sifatida tasvirlangan. Keyin Asklepiy ibodatxonasida shifo topgan Plutos boylikni boylardan tortib olib kambagʻallarga beradi, bu esa kulgili vaziyatlarga olib keladi: hech kim ishlashni xohlamaydi va xudolar boyigan kambagʻallarga kunlik ishchi sifatida yollanadi.
Dantening „Ilohiy komediya“ asaridagi Plutos (Pluto) (Doʻzaxning VII qoʻshigʻi) hayvonga oʻxshash iblis boʻlib, jahannamning toʻrtinchi doirasiga kirishni qoʻriqlaydi, u yerda baxillar va isrofgarlar qatl qilinadi.
Plutus qahramoni Gyotening Faust asarida gavdalantirilgan va asardagi boylik xudosi hisoblanadi. Plutos, Ahmoqlik maqtovida, Rotterdam Erazmga oʻzini xudolar va odamlarning yagona va haqiqiy otasi deb tamishtiradi. „Qadim zamonlarda, hozirgi kabi, hamma narsa amalga oshgan va amalga oshmoqda — muqaddas narsalar ham va dunyoviy narsalar ham“. „Urush, tinchlik, davlat hokimiyati, kengashlar, sudlar, xalq majlislari, nikohlar, ittifoqlar, qonunlar, sanʼat, oʻyin — kulgu, ilmiy ishlarning barchasi uning hukmlariga bogʻliq, nafas ham yetmaydi — qisqasi, tirik jonning barcha jamoat va xususiy ishlari“. „Uning yordamisiz barcha mana shu sheʼriy xudolar, — hatto oliy xudolar ham umuman dunyoda boʻlmagan boʻlardi yoki ular eng dahshatli tarzda maqsadsiz yashagan boʻlar edilar. U kimga gʻazablansa (Plutos), unga Pallada ham yordam bermaydi. Aksincha, unga kim yoqsa, Yupiterning oʻz momaqaldiroqlari bilan uning ishi boʻlmaydi“.
Manbalar
Havolalar Плутос на сайте «Мифология. Народ. Ру» Ploutos or Plutus Turkum: qadimgi Yunon xudolari Turkum: alifbo tartibida xudolar Turkum: boylik xudolari